Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda ta’lim jarayonida multimedia vositalari va materiallaridan foydalanish orqali o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini orttirish bilan birga fanni chuqur o’zlashtrishiga imkon bermoqda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan ko’zlangan maqsadlardan biri «jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishdan iborat». Mustaqil fikrlash shaxs xislati sifatida har qanday faoliyatda yutuqlarga yuqori darajada erishishning muhim omili sanaladi. «Endigi asosiy vazifa – kishilarimizning mustaqil fikrga
o’rganishi, o’ziga ishonchining ortib borishidir. Chunki tafakkur ozod bo’lmasa,
ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa, inson to’la ozod bo’la olmaydi»
Bugungi o’quvchilar umumiy o’rta ta’lim maktablarni tamomlab oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishida o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari as qotadi.
Darsning ta’limiy maqsadi: ushbu malakaviy ish asosida biologiya fanini o‘quvchilarga o‘rgatishda darsda multimedia materiallaridan va pedagogik
texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini aniqlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: -O’quvchilarning Ona-Vatanga, tabiatga, qadiriyatlarga bo‘lgan mehr-muhabbatini, qiziqishini yanada orttirish. Respublikamizda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarining muayyan bilimlarni egallashlari barobarida ularda bilim olishga bo’lgan ehtiyoj, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va ko’nikmalar ega bo’lishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy – axloqiy fazilatlarni, atrof – muhitga ongli munosabatni tarkib toptirish, ularni kasblar bilan tanishtirish orqali kasbga yo’llash ko’rsatilgan.
Shuningdek, ushbu Qonun va Dasturda barcha predmetlar qatori biologiya fani oldiga ham bir qator aniq vazifalarni qo’ydi. Jumladan, ushbu fanni o’qitish tizimini qayta ko’rib chiqish, uni davlat ta’lim standartlari talabiga moslashtirish, bunga asosan dastur hamda boshqa o’quv-uslubiy qo’llanmalirni ishlab chiqishni taqazo qiladi. Bundan maqsad, o’quvchilarni tirik organizmlarning hayoti, ularning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari, molekula, hujayra, organizm, populasiya-tur darajalaridagi biologik hodisa va jarayonlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish ularning bu fanni o’rganishga bo’lgan qiziqish va ijodiy qobiliyatini o’stirish hamda, kelgusidagi uzluksiz ta’lim tizimini davom ettirishlari uchun zamin yaratishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |