Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish. Internet tarmog`iga nafaqat
kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida
simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog`iga simsiz ulanish komp`yuter orqali yoki mobil
telefonning o’zida amalga oshiriladi. Agar komp`yuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak
bo’lsa, u holda komp`yuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki
provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon
apparati zarur.
Agar mobil telefonning o’zida turib Internetga bog`lanish yoki undan foydalanish kerak
bo’lsa, u holda Internet xizmatlarini ko’rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo’lishingiz va unda
GPRS xizmati yoqilgan bo’lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan
foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil
aloqa tarmoqlarida so’rovlarni va ma`lumotlarni uzatish uchun GPRS transport xizmatidan
foydalaniladi.
Modem tushunchasi va uning vazifasi. Modem modulyator-demodulyator
so’zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi komp`yuterdan
olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni
analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo’ylab uzatishdan iborat.
Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo’ylab uzatishni ta`minlaydi.
Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog`i orqali bog`lanish mumkin.
Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil
etadi.
Modem ichki va tashqi turlarga bo’linadi va har ikkalasi ham internetga yoki
telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.
20
Tashqi faks
/
modem
Simsiz modem
Ichki modem
O’zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog`ining rivojlanishi. Respublikamizda
milliy Internet-segmentini rivojlantirish bo’yicha ishlar WzR Vazirlar Mahkamasining
“Komp`yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish chora-tadbirlari to’g`risida” 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan
“2002-2010 yillarda komp`yuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda.
Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish
bo’yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun
Internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari engil bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda
respublikamizda Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan
3,5 mln. kishi, ya`ni 1000ta fuqarodan 111tasi aloqa liniyalari orqali Internetga shaxsiy
komp`yuterlari orqali ulanadi. Mobil` Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 3,8
mln. kishini tashkil etadi.
Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo’lgan katta e`tibor tufayli Internet tarmog`ida
milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqdan. Hozirgi kunda respublikada .UZ domen zonasida
ikkinchi darajali domen nomlarini rwyxatga olish bo’yicha 7 ta registratorlar faoliyat ko’rsatadi:
Tomas, Billur.com, Arsenal-D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus.
Milliy axborot resurslarini rivojlantirish bo’yicha Hukumat qarorlari va chora-tadbirlar
rejasini amalga oshirish natijasida .UZ Milliy domen zonasidagi domen nomlarining soni yildan-
yilga ortmoqda. Jumladan, 01.01.2011y. holatiga .UZ Milliy domen zonasidagi domen
nomlarining soni 11088 tani tashkil etdi, yil boshiga nisbatan bo’lgan wsish 16%ni tashkil etdi.
Ma`lumotlarni uzatish, jumladan, Internet tarmog`iga ulash xizmatlarni taqdim etuvchi
xwjalik yurituvchi sub`ektlarning soni bugungi kunda 982tani tashkil etadi, jamoa foydalanish
punktlarining umumiy soni esa 1025taga etdi.
Provayder va operatorlarning aksariyat qismi Toshkent shahrida joylashganligiga
qaramay, respublikamizning boshqa hududlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham
provayder va operatorlar sonining barqaror wsishi kuzatilmoqda.
Internet tarmog`i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet tarog`inig vazifasi
internet tarmog`i abonetlariga web-hujjatlarni o’qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul
qilish, muloqotda bo’lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko’rsatish.
Internet tarmog`idan axborotlarni almashish, masofaviy ta`lim olish, konferentsiyalar o’tkazish,
veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o’rnatish va shu kabi
maqsadlaridafoydalaniladi.
21
Ma’ruza -6
Mavzu: Internet- global komyuter tarmog‘i
Reja:
1.
Đnternet tizimi haqida asosiy tushunchalar
2.
Đnternetning texnik tarkibiy qismi
3.
«Đnternet» tizimiga ulanish
Đnternet tizimi haqida asosiy tushunchalar.
Đnternet deb atalgan elektron ma`lumotlar uzatish tizimi kaysidir bir insonning ikki
komp`yuterni bir-biri bilan ulab, ma`lumot uzatish mumkinligini isbotlagandan so’ng paydo
bo’ldi desak hech ham mubolag`a qilmagan bo’lar edik. Dunyo miqyosidagi hisoblash
tarmog’ining ilk modeli xuddi shu tarzda vujudga keldi va shiddat bilan rivojlanib ketdi. Kurrai
zaminning deyarli barcha davlatlari xududlarida mavjud bo’lgan o’rgimchaksimon ma`lumot
almashinish va hisoblash tarmog’i (World Wide Web) planetamizning istalgan joyidagi insonlar
bilan aktiv muloqot qilishga imkon beradi va bu bilan xilma-xil mamlakatlardagi turfa xil
insonlarga ular orasidagi sigsiy, madaniy, irkiy, diniy va jugrofiy farklarga karamay, erkin
muloqot qilish imkonini beradi. Bu esa o’z navbatida informatsion fazodagi tub ma`nodagi
virtual informatsion erkinlikka olib keladi va ushbu doirada xur fikrlashga keng imkoniyatlar
yaratadi. Bu ma`noda biz xozir kelajakda shaxs erkinligiga katta imkoniyatlar yaratadigan tub
ma`nodagi va ozod informatsion jamiyat tashkil bo’lishi hamda rivojlanishi boskichidamiz desak
aslo yanglishmagan bo’lar edik.
Đnsonlar ushbu «virtual» muloqot vositasining axamiyati va uning insoniyat jamiyatining
rivojlanishiga revolyutsion va evolyutsion ta`sirini yana ko’p marta fikrlab hamda chukur
muloxoza kilib ko’radilar. Đnternet jamiyatning rivojlanishida va bu bilan boGlik xilma xil
imkoniyatlar xosil bo’lishida juda katta axamiyatga molik bo’lishi haqida shubxalanmasa ham
bo’ladi. Misol sifatida quyidagi dikkatga sazovor rakamlar va ma`lumotlarni keltirishimiz
mumkin. Ommabop ma`lumot olish va uzatish vositasi sifatida 50 millionlik faol mijozlarni
to’plash uchun radioga 30 yil, televideniyaga esa 13 yil ketgan bo’lsa, xuddi shu natijaga erishish
uchun internetga atigi 4 yil zarur bo’ldi xolos. Bundan bugun ham internet ommaviy axborot
vositalari orasida eng oldingi o’rinlardan birini egallab turishi aniqligi uning rivojlanishi va
amalda ko’llanishi imkoniyatlaridan yaqqol ko’rinib turibdi. Bugungi kunda internet tarmog’i
ko’rinishidagi kiberfazo 120 milliondan ortiq xilma xil turdagi kompyuterlarni bir biri bilan
birlashtirib turgan holda ularning samarali ishlashini ta`minlab turibdi. O’zbekistonda ham
internet tarmog’iga ulangan komp`yuterlarning soni kun sayin o’sib, foydalanuvchilar miqdori
ham ortib bormoqda. Maktablarda, oliy o’kuv yurtlarida, xilma xil turdagi litseylarda, kollejlarda
va boshqa turdagi o’kuv muassasalarida internetdan foydalanishni o’rganish darslari tashkil
etilgan va o’quvchi-talabalar uni katta qiziqish bilan o’rganmokdalar.
Đnternet - bu avvaldan qabul qilingan kelushuvlar asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon
global komp`yuter tarmog`idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U
mahalliy (lokal), mintaqaviy va global komp`yuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi
bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual (hayoliy, faqat komp`yuter
xotirasida mavjud bo’lgan) to’plamdan tashkil topadi.
Đnternet unga ulangan barcha komp`yuterlarning o’zaro ma`lumotlar almashish
imkoniyatini yaratib beradi. O’zining komp`yuteri orqali internetning hap bir mijozi boshqa
shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Toshkentdagi Navoiy kutubxonasi
katalogini ko’rib chiqishi, Amir Temur muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan eksponatlar
bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va
hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o’ynashi
mumkin.
22
Đnternet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli
butun jahon bo’ylab yoyilib ketgan yuz millionlab komp`yuterlarni yagona axborot muhitiga
biriktirish imkoniyati tug`ildi.
Foydalanuvchi nuqtai-nazaridan tahlil kiladigan bo’lsak, internet, birinchi navbatda,
tarmoq mijozlariga o’zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib
beruvchi axborot magistrali vazifasini o’taydi, ikkinchidan esa, unda mavjud bo’lgan
ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari, internet
bugungi kunda dunyo bozorini o’rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy
biznesning muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Đnternet o’zini o’zi shakllantiruvchi va
boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
texnik;
dasturiy;
axborot.
Đnternetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi komp`yuterlar, aloqa kanallari (telefon,
sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoq texnik vositalaridan
tashkil topgandir. Đnternetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik
asosda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi
Đnternet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi.
Đnternetning dasturiy ta`minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-xil
komp`yuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish,
ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni
qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim
vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuasidan iboratdir.
Đnternetning axborot tarkibiy qismi Đnternet tarmog`ida mavjud bo’lgan turli elektron
hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlar majmuasidan
tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo’ylab
taqsimlanishi mumkin. Masalan, komp`yuteringizda o’qiyotgan elektron darsligingizning matni
bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi
manbadan olinishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o’zaro moslashuvchan
"giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko’rinishida tashkil etish mumkin
ekan. Natijada millionlab o’zaro borlangan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan
axborot muhiti hosil bo’ladi.
Nega insonlar internet bilan ishlashga bunchalik qiziqadilar, degan savolga javob berish
uchun undan foydalanib xosil qilinagtgan imkoniyatlar bilan boGlik bir kancha misollar ko’rib
chiqamiz. Buni internetdagi «Rambler» deb atalgan rusiyzabon informatsion sistema bilan
sodda usulda tanishtirishdan boshlaymiz.
Uni katta shaxarning katta bir maydoni sifatida tushunib, undan bir kancha xar xil
nomlangan ko’chalar xilma xil tomonlarga tarkalib ketgan deb faraz kilsak, ko’chalarning biri
sportga qiziqkanlar uchun, ikkinchisi ta`limga qiziquvchilar uchun, keyingisi san`atga
ishkibozlar uchun,yana biri ishga kirish uchun imkonyat kidiruvchilar uchun va xakozolar desak
bo’ladi. Siz fakat nimani tanlaganingizni tegishli adresni tergan holda aniqlashingiz lozim
bo’ladi xolos. Ushbu elektron ko’chalarda xilma xil ranglarda virtual reklamalar – bannerlar
tovlanib turgan bo’ladi. Tanishuv klublari, yangi xajviyalar, turistik byurolar, virtual kazinolar va
shunga o’xshash qiziqarli imkoniyatlar sizda internet bilan ishlashga yana ham katta ishtigk
xosil kiladi.
Kerakli elektron adreslarni bilmagan kimsalarga rambler ma`lumotlar byurosini taklif
kiladi va undan juda ko’p xil ma`lumotlar olish imkoniyati yaraladi. Masalan, «klyuchevıe
slova» darchasida «kurs dollara» so’zini tersangiz, sizga o’sha zaxoti bunday ma`lumotlar
olinishi mumkin bo’lga bir kancha saytlarning elektron adreslari ko’rsatiladi. Agar internetda
ishlovchida biroz bo’sh vaqt bo’lsa, unda xilma xil joylarga sagxat qilish imkoniyati yaraladi.
Bunday sagxatni masalan
http://www.fourmilab/ch
boshlasak, tegishli tugmachalarni turtish
orqali kosmosga sagxat qilishimiz mumkin.
23
Ekranda erning geostatsionar yo’ldoshi orqali berilagtgan tasvirini real vaqt rejimida
ko’rishimiz mumkin. Materiklar, okeanlar, dengizlar, o’rmonlar va darglar sizning
kop`yuteringiz ekranida muxayyo bo’ladi. Kursordan foydalanib er sharining teskari tomonini
ko’rishga xarakat qilamiz. Masofani qisqartirib, uni 100, 50, 30 kilometr balandlikdan bo’lgan
holatlarga olib kelamiz. Katta shaxarlarning ko’chalari aniq ko’rina boshlaydi. Afsuski, xozirgi
er yo’ldoshlaridagi telekameralarning imkoniyatlari 10 kilometr balandlikdan ko’rishgagina
imkon beradi xolos, aks holda komp`yuter ekranida o’zingizning uyingizni ko’rish imkoni ham
yaratilar edi albatta. Đnternet tarmog’ida shunday adreslar ham mavjudki, ular yordamida 2
metrgacha aniqlikda kosmik suratlar ham olish mumkin. Demak, ushbu rasmlar orqali
mashinaning markasini aniqlash, dala xovlingizning rasmini olish gki xoxlagan joyning suratini
olish mumkin. Lekin bu xildagi saytlar pullik xizmat turlariga kiradi. Agar erdagi faoliyat turlari
bilan qiziqsangiz,
www.odci.gov/cia/ciakids/index.html
saxifasiga kirishingiz va boshlangich
josuslar maktabi saboklarini olishingiz mumkin.
Ushbu sayt markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan bo’lib, bu
soxada malakali kadrlar tayyorlashni ko’zda tutadi. Soxa bo’yicha malakali mutaxassislar o’z
tajribalarini o’rtoklashib, bu kasbning qiziqarli tomonlarni tushuntiradilar va amaliy ish
o’yinlarini taklif kiladilar. Angliyada esa moliyaviy ishlar bo’yicha on-layn (bevosita) sud o’z
ishini boshladi. Buning uchun Money Claim Online caytiga kirib, o’zingiz va javobgar bilan
bog’lik ma`lumotlarni va mablag’ miqdorini kiritish lozim bo’ladi. Usha kunning o’zidagi ushbu
murojaatni sud ko’rib chiqadi va tegishli qaror qabul qilinadi hamda ushbu qaror javobgarga
oddiy pochta orqali jo’natiladi.
«Đnternet» tizimiga ulanish.
Ko’pchilik ularda elektron pochta mavjudligi va u orqali ma`lumotlar olish va uzatish
imkoniyati borligi tufayli o’zlarini «Đnternet» tizimiga ulangan deb biladilar. Lekin ko’pchilik
xollarda bu ishonch o’zini unchalik oqlamaydi. «Đnternet» aloqa tarmog’iga ulanish uchun
avvalo qanday turdagi ulanish turlari mavjudligini va ular bizga qanday imkoniyatlar yaratishi
mumkinligini o’rganib chiqamiz.
Xozirgi paytda ko’pgina tashkilotlar to’liq tushunib etdilarki, internetda o’z saytlarini
tashkil etmaslik ushbu kiberfazoda mavjud bo’lmaslikka olib keladi va demak bunday tashkilot
rivojlanishdan nafakat ancha, balki judayam orqada qoladi. Shuning uchun ham internetni
insoniyat jamiyatining yangi informatsion yashash muhiti deb tushunadilar.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, keyingi yillarda «Đnternet» deb nomlangan xalqaro
komp`yuter aloqasi tizimi juda katta tezlik bilan rivojlanib, keng miqyosli aloqa vositasi
makomiga ega bo’ldi va uning foydalanuvchilari soni kundan-kunga ko’payib ketdi. Xar kuni
uni ishlatuvchilar soni o’ng minglab ko’payib, kit`alar va materiklardagi insonlarning bevosita
muloqoti uchun juda qulay vosita bo’lib bormoqda. Mamlakatlar orasidagi masofa, siyosiy
tuzum xilma-xilligi va ulardagi konunlarning bir-biridan tubdan fark qilishiga karamay, insonlar
«Đnternet» tizimi orqali erkin muloqot qilish va fikr almashinish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Bu tarmoq bilan ishlamoqchi bo’lgan xilma-xil sohalarning mutaxassislari hech
qiynalmasdan ishlashni, aloqaning ishonchli bo’lishini, ma`lumotlar bazasiga kirishga, undan
foydalanishga hech qanday to’siqlar bo’lmasligini hoxlaydilar, albatta. Shu bilan birga ular o’z
asosiy soxalaridagi mutaxassisliklarini o’zgartirmagan holda ushbu tizimda mustaqil faoliyat
ko’rsatishni istaydilar. Ya`ni, ular komp`yuter soxasida ikkinchi mutaxassislikka ega bo’lib, bu
yo’nalishda yuqori malakali mutaxassis bo’lishni aslo istamaydilar.
Chunki bunga ko’p kuch, mablag’ va vaqt sarf qilish lozimligi hammaga ham ayon. Ular
iqtisodchiliklaricha, buxgalterliklaricha, o’qituvchi, adabiyotchi, fizik yoki kimggarliklaricha
qolishni istaydilar. Lekin shu bilan birga ular tarmoq ta`minlab beradigan ma`lumotlarga juda
ham muhtojdirlar, chunki bu ular uchun xatiy muxim ma`lumotlar majmuasiga kiradi.
«Đnternet» tarmog’i quyidagi turdagi mutaxassislar uchun potentsial va foydali
ma`lumotlar man`bai bo’lishi mumkin:
24
•
Fan va texnikada katta natijalarga erishishni va yangiliklar yaratishni maksad kilib
ko’ygan ilmiy xodimlarga;
•
Fandagi eng ilgor yangiliklarni bilgan holda, yangi o’kuv dasturlari yaratmokchi
bo’lgan o’qituvchilarga;
•
Biror-bir muammo ustida bosh kotirayotgan yuristlarga;
•
Uziga o’xshagan yo’nalishda faoliyat olib borayotgan xamfikrlarini topish orzusida
yurgan jamoa a`zolariga;
•
Yaxshi mutaxassis bo’lib etishishni, chet eldagi o’kuv yurtlarida o’kishni va fanlarni
jaxon talablari darajasida o’zlashtirishni orzu kilgan talabalarga;
•
Xalkaro mikyosda faoliyat ko’rsatmokchi bo’lgan tadbirkorlarga.
•
Boshqa yo’nalishlardagi turfa xil insonlarga;
Masalan, xar qanday mutaxassis o’zini qiziqtirgan muammoga «Đnternet» tizimidan
kerakli javobni topishi va yoki bu yo’nalishda tegishli yo’l-yo’rik olishi mumkin. Buning uchun
esa «Đnternet» tizimining resurslari katalogi Sizga katta yordam berishi mumkin.
•
Agar siz «Đnternet» tizimini o’rganishda quyidagilarga aloxida axamiyat bersangiz,
foydadan holi bo’lmaydi:
•
Qanday kilib tarmoq orqali boshqa komp`yuterlarga kirish mumkin;
•
Qanday kilib fayllarni bir komp`yuterdan boshqasiga ko’chirish mumkin;
•
Qanday kilib tarmoqning boshqa ishtirokchilariga elektron ma`lumotlar yuborish
mumkin;
•
Qanday kilib telekonferentsiyalarda ishtirok etish mumkin va undagi munozaralarda
faol ishtirok qilish uchun nima kilmok lozim;
•
Qanday kilib tarmoq resurslarini topish va ular bilan ishlash mumkin.
«Đnternet» tarmog’i 1975 yillarda Amerika ko’shma Shtatlarida mavjud bo’lgan aloqa
tarmoqlarini birlashtirish natijasida vujudga keldi. Uning asosi ARPAnet (Advanced Research
Projects Agency Net – Đlgor loyixalar agentligi tarmog’i) tarmog’i bo’lib, shu yo’nalishdagi
ilmiy izlanishlarni va bu bilan boglik ma`lumotlar majmuasini birlashtirgan edi
Ma’ruza -7
Mavzu: Internet xizmatlari va ularning turlari
Reja:
1.
Internetning WWW-xizmati
2. HTML formati tushunchasi
2.
HTTP (Hyper text Transfer Protocol) - gipermatnlarni uzatish protokoli
INTERNETNING
WWW
XIZMATI.
. WWW, 3W yaki Web deganimiz nima? World Wide Web – Vsemirnaya pautina,
bizning tilda «dunyo yuzlik tur» ma’nosini anglatadı.
WWW – bu gipermatn asosidagi multimedik xarakterdagi axborot tizimi. Bu tusunshlarga
aniqliq kiritaniz.
Multimedia: ma’lıwmot faqat gina matn emas, ba’lki ikki-uch ulchamli grafika, video,
tovushdan iborat bo’ladi.
Gipertekst: WWW tegi mag’lıwmat saqlawshı ha’r bir xujjet gipertekstli xujjet dep ataladı
Xozirda WWW eng mashxur internet xizmatlaridan biri. Bu uz ma`nosiga kura eng
qulay, eng tez,katta kulamdagi ma`lumotlarni uz ichiga oluvchi tarmoq. WWW mijoz-tarmoq
tamoyili buyicha ishlaydi.Kuplab xizmatlar borki, mijoz talabiga muvofik turli ma`lumotlardan
iborat dokumentni matn, tovush grafik va boshqa kurinishlarda beradi. Kupincha WWW
25
ma`lumot etkazib berishi uchun kerak bulgan dokumentlar formati HTML(Hyper Text
Do'stlaringiz bilan baham: |