O`zbekistan respublikasi xalq ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogik instituti


Mobil  aloqa  vositalari  yordamida  internetga  ulanish



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.10.2019
Hajmi1,32 Mb.
#23245
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kompyuter tarmoqlari


Mobil  aloqa  vositalari  yordamida  internetga  ulanish.  Internet  tarmog`iga  nafaqat 

kabel  yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari  yordamida 

simsiz  ulanish  ham  mumkin.  Internet  tarmog`iga  simsiz  ulanish  komp`yuter  orqali  yoki  mobil 

telefonning  o’zida  amalga  oshiriladi.  Agar  komp`yuter  orqali  Internetga  simsiz  ulanish  kerak 

bo’lsa,  u  holda  komp`yuterdan  tashqari  Internet  xizmatlarini    taqdim  etuvchi  operator  yoki 

provayderning  simsiz  ishlovchi  modemi  yoki  xuddi  shu  vazifani  bajaruvchi  mobil  telefon 

apparati zarur.  

Agar mobil telefonning  o’zida turib  Internetga bog`lanish  yoki undan foydalanish kerak 

bo’lsa, u holda Internet xizmatlarini ko’rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo’lishingiz va unda 

GPRS  xizmati  yoqilgan  bo’lishi  talab  qilinadi.  Mobil  aloqa  vositalari  yordamida  Internetdan 

foydalanilganda  WAP  texnologiyasi  internetdan  simsiz  foydalanish  imkonini  beradi.  Mobil 

aloqa  tarmoqlarida  so’rovlarni  va  ma`lumotlarni  uzatish  uchun  GPRS  transport  xizmatidan 

foydalaniladi. 

 

 

Modem  tushunchasi  va  uning  vazifasi.  Modem  modulyator-demodulyator 

so’zlarining  qisqartmasi  hisoblanadi.  Ushbu  qurilmaning  asosiy  vazifasi  komp`yuterdan 

olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni 

analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo’ylab uzatishdan iborat. 

Modem  signalni  (axborot)  telekommunikatsiya  kanallar  bo’ylab  uzatishni  ta`minlaydi. 

Modem  yordamida  internetda  oddiy  analog  telefon  tarmog`i  orqali  bog`lanish  mumkin. 

Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil 

etadi. 


Modem  ichki  va  tashqi  turlarga  bo’linadi  va  har  ikkalasi  ham  internetga  yoki 

telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi. 

 


 

20 


 

 

 



Tashqi faks

/

modem 



Simsiz modem 

Ichki modem 

 

O’zbekiston  Respublikasidagi  Internet  tarmog`ining  rivojlanishi.  Respublikamizda 

milliy  Internet-segmentini  rivojlantirish  bo’yicha  ishlar  WzR  Vazirlar  Mahkamasining 

“Komp`yuterlashtirishni  yanada  rivojlantirish  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 

joriy  etish  chora-tadbirlari  to’g`risida”  2002  yil  6  iyundagi  200-son  qarori  bilan  tasdiqlangan 

“2002-2010  yillarda  komp`yuterlashtirish  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 

rivojlantirish dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda. 

Respublika  telekommunikatsiya  tizimlarini  modernizatsiya  qilish  va  rivojlantirish 

bo’yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun 

Internet  xizmatlaridan  foydalanish  borgan-sari  engil  bo’lib  bormoqda.  Hozirgi  vaqtda 

respublikamizda  Internet  foydalanuvchilarining  umumiy  soni  7,3  mln.  kishidan  ortdi,  shundan 

3,5  mln.  kishi,  ya`ni  1000ta  fuqarodan  111tasi  aloqa  liniyalari  orqali  Internetga  shaxsiy 

komp`yuterlari orqali ulanadi. Mobil`  Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 3,8 

mln. kishini tashkil etadi. 

Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo’lgan katta e`tibor tufayli Internet tarmog`ida 

milliy  resurslar  soni  yildan  yilga  ortmoqdan.  Hozirgi  kunda  respublikada  .UZ  domen  zonasida 

ikkinchi darajali domen nomlarini rwyxatga olish bo’yicha 7 ta registratorlar faoliyat ko’rsatadi: 

Tomas,  Billur.com, Arsenal-D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus. 

Milliy  axborot  resurslarini  rivojlantirish  bo’yicha  Hukumat  qarorlari  va  chora-tadbirlar 

rejasini amalga oshirish natijasida .UZ Milliy domen zonasidagi domen nomlarining soni yildan-

yilga  ortmoqda.  Jumladan,  01.01.2011y.  holatiga    .UZ  Milliy  domen  zonasidagi  domen 

nomlarining soni 11088 tani tashkil etdi, yil boshiga nisbatan bo’lgan wsish 16%ni tashkil etdi. 

Ma`lumotlarni  uzatish,  jumladan,  Internet  tarmog`iga  ulash  xizmatlarni  taqdim  etuvchi 

xwjalik  yurituvchi  sub`ektlarning  soni  bugungi  kunda  982tani  tashkil  etadi,  jamoa  foydalanish 

punktlarining umumiy soni esa 1025taga etdi. 

Provayder  va  operatorlarning  aksariyat  qismi  Toshkent  shahrida  joylashganligiga 

qaramay, respublikamizning boshqa hududlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham 

provayder va operatorlar sonining barqaror wsishi kuzatilmoqda.  

Internet  tarmog`i  vazifasi  va  undan  foydalanish  maqsadlari.  Internet  tarog`inig  vazifasi 

internet  tarmog`i  abonetlariga  web-hujjatlarni  o’qish,  elektron  pochta,  fayl  uzatish  va  qabul 

qilish, muloqotda bo’lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko’rsatish. 

Internet  tarmog`idan  axborotlarni  almashish,  masofaviy  ta`lim  olish,  konferentsiyalar  o’tkazish, 

veb-saytlarni  tashkil  etish,  elektron  pochtani  joriy  qilish,  muloqot  o’rnatish  va  shu  kabi 

maqsadlaridafoydalaniladi. 



 

21 


Ma’ruza -6  

Mavzu: Internet- global komyuter tarmog‘i 

Reja: 

1.

 

Đnternet tizimi haqida asosiy tushunchalar 



2.

 

Đnternetning texnik tarkibiy qismi 



3.

 

«Đnternet» tizimiga ulanish 



Đnternet tizimi haqida asosiy tushunchalar. 

Đnternet  deb  atalgan  elektron  ma`lumotlar  uzatish  tizimi  kaysidir  bir  insonning  ikki 

komp`yuterni  bir-biri  bilan  ulab,  ma`lumot  uzatish  mumkinligini  isbotlagandan  so’ng  paydo 

bo’ldi  desak  hech  ham  mubolag`a  qilmagan  bo’lar  edik.  Dunyo  miqyosidagi  hisoblash 

tarmog’ining ilk modeli xuddi shu tarzda vujudga keldi va shiddat bilan rivojlanib ketdi. Kurrai 

zaminning  deyarli  barcha  davlatlari  xududlarida  mavjud  bo’lgan  o’rgimchaksimon  ma`lumot 

almashinish va hisoblash tarmog’i (World Wide Web) planetamizning istalgan joyidagi insonlar 

bilan  aktiv  muloqot  qilishga  imkon  beradi  va  bu  bilan  xilma-xil  mamlakatlardagi  turfa  xil 

insonlarga  ular  orasidagi  sigsiy,  madaniy,  irkiy,  diniy  va  jugrofiy  farklarga  karamay,  erkin 

muloqot  qilish  imkonini  beradi.  Bu  esa  o’z  navbatida  informatsion  fazodagi  tub  ma`nodagi 

virtual  informatsion  erkinlikka  olib  keladi  va  ushbu  doirada  xur  fikrlashga  keng  imkoniyatlar 

yaratadi.  Bu  ma`noda  biz  xozir  kelajakda  shaxs  erkinligiga  katta  imkoniyatlar  yaratadigan  tub 

ma`nodagi va ozod informatsion jamiyat tashkil bo’lishi hamda rivojlanishi boskichidamiz desak 

aslo yanglishmagan bo’lar edik. 

Đnsonlar  ushbu  «virtual»  muloqot  vositasining  axamiyati  va  uning  insoniyat  jamiyatining 

rivojlanishiga  revolyutsion  va  evolyutsion  ta`sirini  yana  ko’p  marta  fikrlab  hamda  chukur 

muloxoza  kilib  ko’radilar.  Đnternet   jamiyatning  rivojlanishida  va  bu  bilan  boGlik  xilma  xil 

imkoniyatlar  xosil  bo’lishida  juda  katta  axamiyatga  molik  bo’lishi  haqida  shubxalanmasa  ham 

bo’ladi.  Misol  sifatida  quyidagi  dikkatga  sazovor  rakamlar  va  ma`lumotlarni  keltirishimiz 

mumkin.  Ommabop  ma`lumot  olish  va  uzatish  vositasi  sifatida  50  millionlik  faol  mijozlarni 

to’plash uchun radioga 30 yil, televideniyaga esa 13 yil ketgan bo’lsa, xuddi shu natijaga erishish 

uchun  internetga  atigi  4  yil  zarur  bo’ldi  xolos.  Bundan  bugun  ham  internet  ommaviy  axborot 

vositalari  orasida  eng  oldingi  o’rinlardan  birini  egallab  turishi  aniqligi  uning  rivojlanishi  va 

amalda  ko’llanishi  imkoniyatlaridan  yaqqol  ko’rinib  turibdi.  Bugungi  kunda  internet  tarmog’i 

ko’rinishidagi  kiberfazo  120  milliondan  ortiq  xilma  xil  turdagi  kompyuterlarni  bir  biri  bilan 

birlashtirib  turgan  holda  ularning  samarali  ishlashini      ta`minlab  turibdi.  O’zbekistonda  ham 

internet  tarmog’iga  ulangan  komp`yuterlarning  soni  kun  sayin  o’sib,  foydalanuvchilar  miqdori 

ham ortib bormoqda. Maktablarda, oliy o’kuv yurtlarida, xilma xil turdagi litseylarda, kollejlarda 

va  boshqa  turdagi  o’kuv  muassasalarida  internetdan  foydalanishni  o’rganish   darslari  tashkil 

etilgan va o’quvchi-talabalar uni katta qiziqish bilan o’rganmokdalar. 

Đnternet  -  bu  avvaldan  qabul  qilingan  kelushuvlar  asosida  faoliyat  ko’rsatuvchi  jahon 

global  komp`yuter  tarmog`idir.  Uning  nomi  «tarmoqlararo»  degan  ma`noni  anglatadi.  U 

mahalliy  (lokal),  mintaqaviy  va  global  komp`yuter  tarmoqlarini  birlashtiruvchi  axborot  tizimi 

bo’lib,  o’zining  alohida  axborot  maydoniga  ega  bo’lgan  virtual  (hayoliy,  faqat  komp`yuter 

xotirasida mavjud bo’lgan) to’plamdan tashkil topadi. 

Đnternet  unga  ulangan  barcha  komp`yuterlarning  o’zaro  ma`lumotlar  almashish 

imkoniyatini  yaratib  beradi.  O’zining  komp`yuteri  orqali  internetning  hap  bir  mijozi  boshqa 

shahar  yoki  mamlakatga  axborot  uzatishi  mumkin.  Masalan,  Toshkentdagi  Navoiy  kutubxonasi 

katalogini ko’rib chiqishi, Amir Temur muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan eksponatlar 

bilan  tanishishi,  xalqaro  anjumanlarda  ishtirok  etishi,  bank  muomalalarini  amalga  oshirishi  va 

hatto  boshqa  mamlakatlarda  istiqomat  qiluvchi  tarmoq  mijozlari  bilan  shaxmat  o’ynashi 

mumkin. 


 

22 


Đnternet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli 

butun  jahon  bo’ylab  yoyilib  ketgan  yuz  millionlab  komp`yuterlarni  yagona  axborot  muhitiga 

biriktirish imkoniyati tug`ildi. 

Foydalanuvchi  nuqtai-nazaridan  tahlil  kiladigan  bo’lsak,  internet,  birinchi  navbatda, 

tarmoq  mijozlariga  o’zaro  ma`lumotlar  almashish,  virtual  muloqot  qilish  imkonini  yaratib 

beruvchi  axborot  magistrali  vazifasini  o’taydi,  ikkinchidan  esa,  unda  mavjud  bo’lgan 

ma`lumotlar  bazasi  majmuasi  dunyo  bilimlar  omborini  tashkil  etadi.  Bundan  tashqari,  internet 

bugungi  kunda  dunyo  bozorini  o’rganishda,  marketing  ishlarini  tashkil  etishda  zamonaviy 

biznesning muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Đnternet o’zini o’zi shakllantiruvchi va 

boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir: 



texnik; 

dasturiy; 

axborot. 

Đnternetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi komp`yuterlar, aloqa kanallari (telefon, 

sputnik,  shisha  tolali  va  boshqa  turdagi  tarmoq  kanallari)  hamda  tarmoq  texnik  vositalaridan 

tashkil  topgandir.  Đnternetning  ushbu  texnik  vositalarining  barchasi  doimiy  va  vaqtinchalik 

asosda  faoliyat  ko’rsatishi  mumkin.  Ulardan  ixtiyoriy  birining  vaqtinchalik  ishdan  chiqishi 

Đnternet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi. 

Đnternetning  dasturiy  ta`minoti  (tarkibiy  qismi)  tarmoqqa  ulangan  xilma-xil 

komp`yuterlar  va  tarmoq  vositalarini  yagona  standart  asosida  (yagona  tilda)  muloqot  qilish, 

ma`lumotlarni  ixtiyoriy  aloqa  kanali  yordamida  uzatish  darajasida  qayta  ishlash,  axborotlarni 

qidirib  topish  va  saqlash  hamda  tarmoqda  axborot  xavfsizlikni  ta`minlash  kabi  muhim 

vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuasidan iboratdir. 

Đnternetning  axborot  tarkibiy  qismi  Đnternet  tarmog`ida  mavjud  bo’lgan  turli  elektron 

hujjat,  grafik  rasm,  audio  yozuv,  video  tasvir  va  hokazo  ko’rinishdagi  axborotlar  majmuasidan 

tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo’ylab 

taqsimlanishi  mumkin.  Masalan,  komp`yuteringizda  o’qiyotgan  elektron  darsligingizning  matni 

bir  manbadan,  rasmlari  va  tovushi  ikkinchi  manbadan,  videotasvir  va  izohlari  esa  uchinchi 

manbadan  olinishi  mumkin.  Shunday  qilib,  tarmoqdagi  elektron  hujjatni  o’zaro  moslashuvchan 

"giper-bog`lanishlar"  orqali  bir  necha  manbalar  majmuasi  ko’rinishida  tashkil  etish  mumkin 

ekan.  Natijada  millionlab  o’zaro  borlangan  elektron  hujjatlar  majmuasidan  tashkil  topgan 

axborot muhiti hosil bo’ladi

Nega  insonlar  internet  bilan  ishlashga  bunchalik  qiziqadilar,  degan  savolga  javob  berish 

uchun  undan  foydalanib  xosil  qilinagtgan  imkoniyatlar  bilan  boGlik  bir  kancha  misollar  ko’rib 

chiqamiz.  Buni  internetdagi  «Rambler»  deb  atalgan  rusiyzabon  informatsion  sistema  bilan 

sodda usulda tanishtirishdan boshlaymiz.  

Uni  katta  shaxarning  katta  bir  maydoni  sifatida  tushunib,  undan  bir  kancha  xar  xil 

nomlangan  ko’chalar  xilma  xil  tomonlarga  tarkalib  ketgan  deb  faraz  kilsak,  ko’chalarning  biri 

sportga  qiziqkanlar  uchun,  ikkinchisi  ta`limga  qiziquvchilar  uchun,  keyingisi  san`atga 

ishkibozlar uchun,yana biri ishga kirish uchun imkonyat kidiruvchilar uchun va xakozolar desak 

bo’ladi.  Siz  fakat  nimani  tanlaganingizni  tegishli  adresni  tergan  holda  aniqlashingiz  lozim 

bo’ladi  xolos.  Ushbu  elektron  ko’chalarda  xilma  xil  ranglarda  virtual  reklamalar  –  bannerlar 

tovlanib turgan bo’ladi. Tanishuv klublari, yangi xajviyalar, turistik byurolar, virtual kazinolar va 

shunga  o’xshash  qiziqarli  imkoniyatlar  sizda   internet  bilan  ishlashga  yana  ham  katta  ishtigk 

xosil kiladi. 

 Kerakli  elektron  adreslarni   bilmagan  kimsalarga  rambler  ma`lumotlar  byurosini  taklif 

kiladi  va  undan  juda  ko’p  xil  ma`lumotlar  olish  imkoniyati  yaraladi.  Masalan,  «klyuchevıe 

slova»  darchasida  «kurs  dollara»  so’zini  tersangiz,  sizga  o’sha  zaxoti  bunday  ma`lumotlar 

olinishi  mumkin  bo’lga  bir  kancha  saytlarning  elektron  adreslari  ko’rsatiladi.  Agar  internetda 

ishlovchida  biroz  bo’sh  vaqt    bo’lsa,  unda  xilma  xil  joylarga  sagxat  qilish  imkoniyati  yaraladi. 

Bunday  sagxatni  masalan 



http://www.fourmilab/ch

  boshlasak,  tegishli  tugmachalarni  turtish 

orqali kosmosga sagxat qilishimiz mumkin.  



 

23 


Ekranda  erning  geostatsionar  yo’ldoshi  orqali  berilagtgan  tasvirini  real  vaqt  rejimida 

ko’rishimiz  mumkin.    Materiklar,  okeanlar,  dengizlar,  o’rmonlar  va  darglar  sizning 

kop`yuteringiz  ekranida  muxayyo  bo’ladi.  Kursordan  foydalanib  er  sharining  teskari  tomonini 

ko’rishga  xarakat  qilamiz.  Masofani  qisqartirib,  uni  100,  50,  30  kilometr  balandlikdan  bo’lgan 

holatlarga  olib  kelamiz.  Katta  shaxarlarning  ko’chalari  aniq  ko’rina  boshlaydi.  Afsuski,  xozirgi 

er  yo’ldoshlaridagi  telekameralarning  imkoniyatlari  10  kilometr  balandlikdan  ko’rishgagina 

imkon beradi xolos, aks holda komp`yuter ekranida o’zingizning uyingizni ko’rish imkoni ham 

yaratilar  edi  albatta.   Đnternet  tarmog’ida  shunday  adreslar  ham  mavjudki,   ular  yordamida  2 

metrgacha  aniqlikda  kosmik  suratlar  ham  olish  mumkin.  Demak,  ushbu  rasmlar  orqali 

mashinaning markasini aniqlash, dala xovlingizning rasmini olish gki xoxlagan joyning suratini 

olish mumkin. Lekin bu xildagi saytlar pullik xizmat turlariga kiradi. Agar erdagi faoliyat turlari 

bilan  qiziqsangiz, 



www.odci.gov/cia/ciakids/index.html

  saxifasiga  kirishingiz  va  boshlangich 

josuslar maktabi saboklarini olishingiz mumkin.  

Ushbu  sayt  markaziy  razvedka  boshqarmasi  tomonidan  tashkil  qilingan  bo’lib,  bu 

soxada  malakali  kadrlar  tayyorlashni  ko’zda  tutadi.  Soxa  bo’yicha  malakali  mutaxassislar  o’z 

tajribalarini  o’rtoklashib,  bu  kasbning  qiziqarli  tomonlarni  tushuntiradilar  va  amaliy  ish 

o’yinlarini  taklif  kiladilar.  Angliyada  esa  moliyaviy  ishlar  bo’yicha  on-layn  (bevosita)  sud  o’z 

ishini  boshladi.  Buning  uchun  Money  Claim  Online  caytiga  kirib,  o’zingiz  va  javobgar  bilan 

bog’lik ma`lumotlarni va mablag’ miqdorini kiritish lozim bo’ladi. Usha kunning o’zidagi ushbu 

murojaatni  sud  ko’rib  chiqadi  va  tegishli  qaror  qabul  qilinadi  hamda  ushbu  qaror  javobgarga 

oddiy pochta orqali jo’natiladi.  



«Đnternet» tizimiga ulanish.   

Ko’pchilik  ularda  elektron  pochta  mavjudligi  va  u  orqali  ma`lumotlar  olish  va  uzatish 

imkoniyati  borligi  tufayli  o’zlarini  «Đnternet»  tizimiga  ulangan  deb  biladilar.  Lekin  ko’pchilik 

xollarda  bu  ishonch  o’zini  unchalik  oqlamaydi.  «Đnternet»  aloqa  tarmog’iga  ulanish  uchun 

avvalo  qanday  turdagi  ulanish  turlari  mavjudligini  va  ular  bizga  qanday  imkoniyatlar  yaratishi 

mumkinligini o’rganib chiqamiz. 

Xozirgi  paytda  ko’pgina  tashkilotlar  to’liq  tushunib  etdilarki,  internetda  o’z  saytlarini 

tashkil etmaslik ushbu kiberfazoda mavjud bo’lmaslikka olib keladi va demak bunday tashkilot 

rivojlanishdan  nafakat  ancha,  balki  judayam  orqada  qoladi.  Shuning  uchun  ham  internetni 

insoniyat jamiyatining yangi informatsion yashash muhiti deb tushunadilar. 

Yuqorida  aytib  o’tganimizdek,  keyingi  yillarda  «Đnternet»  deb  nomlangan  xalqaro 

komp`yuter  aloqasi  tizimi  juda  katta  tezlik  bilan  rivojlanib,  keng  miqyosli  aloqa  vositasi 

makomiga  ega  bo’ldi  va  uning  foydalanuvchilari  soni  kundan-kunga  ko’payib  ketdi.  Xar  kuni 

uni  ishlatuvchilar  soni  o’ng  minglab  ko’payib,  kit`alar  va  materiklardagi  insonlarning  bevosita 

muloqoti  uchun  juda  qulay  vosita  bo’lib  bormoqda.  Mamlakatlar  orasidagi  masofa,  siyosiy 

tuzum xilma-xilligi va ulardagi konunlarning bir-biridan tubdan fark qilishiga karamay, insonlar 

«Đnternet» tizimi orqali erkin muloqot qilish va fikr almashinish imkoniyatiga ega bo’ldilar. 

 Bu  tarmoq  bilan  ishlamoqchi  bo’lgan  xilma-xil  sohalarning  mutaxassislari  hech 

qiynalmasdan  ishlashni,  aloqaning  ishonchli  bo’lishini,  ma`lumotlar  bazasiga  kirishga,  undan 

foydalanishga  hech  qanday  to’siqlar  bo’lmasligini  hoxlaydilar,  albatta.  Shu  bilan  birga  ular  o’z 

asosiy  soxalaridagi  mutaxassisliklarini  o’zgartirmagan  holda  ushbu  tizimda  mustaqil  faoliyat 

ko’rsatishni  istaydilar.  Ya`ni,  ular  komp`yuter  soxasida  ikkinchi  mutaxassislikka  ega  bo’lib,  bu 

yo’nalishda yuqori malakali mutaxassis bo’lishni aslo istamaydilar. 

Chunki  bunga  ko’p  kuch,  mablag’  va  vaqt  sarf  qilish  lozimligi  hammaga  ham  ayon.  Ular 

iqtisodchiliklaricha,  buxgalterliklaricha,  o’qituvchi,  adabiyotchi,  fizik  yoki  kimggarliklaricha 

qolishni  istaydilar.  Lekin  shu  bilan  birga  ular  tarmoq  ta`minlab  beradigan  ma`lumotlarga  juda 

ham muhtojdirlar, chunki bu ular uchun xatiy muxim ma`lumotlar majmuasiga kiradi. 

 

«Đnternet»  tarmog’i  quyidagi  turdagi  mutaxassislar  uchun  potentsial  va  foydali 



ma`lumotlar man`bai bo’lishi mumkin: 

 

24 


 

 Fan  va  texnikada  katta  natijalarga  erishishni  va  yangiliklar  yaratishni  maksad  kilib 



ko’ygan ilmiy xodimlarga; 

 



 Fandagi  eng  ilgor  yangiliklarni  bilgan  holda,  yangi  o’kuv  dasturlari  yaratmokchi 

bo’lgan o’qituvchilarga; 

 

 Biror-bir muammo ustida bosh kotirayotgan yuristlarga; 



 

 Uziga  o’xshagan  yo’nalishda  faoliyat  olib  borayotgan  xamfikrlarini  topish  orzusida 



yurgan jamoa a`zolariga; 

 



 Yaxshi  mutaxassis  bo’lib  etishishni,  chet  eldagi  o’kuv  yurtlarida  o’kishni  va  fanlarni 

jaxon talablari darajasida o’zlashtirishni orzu kilgan talabalarga; 

 

 Xalkaro mikyosda faoliyat ko’rsatmokchi bo’lgan tadbirkorlarga. 



 

 Boshqa yo’nalishlardagi turfa xil insonlarga; 



Masalan,  xar  qanday  mutaxassis  o’zini  qiziqtirgan  muammoga  «Đnternet»  tizimidan 

kerakli javobni topishi va yoki bu yo’nalishda tegishli yo’l-yo’rik olishi mumkin. Buning uchun 

esa «Đnternet» tizimining resurslari katalogi Sizga katta yordam berishi mumkin.  

 



Agar  siz  «Đnternet»  tizimini  o’rganishda  quyidagilarga  aloxida  axamiyat  bersangiz, 

foydadan holi bo’lmaydi: 

 

 Qanday kilib tarmoq orqali boshqa komp`yuterlarga kirish mumkin; 



 

 Qanday kilib fayllarni bir komp`yuterdan boshqasiga ko’chirish mumkin; 



 

 Qanday  kilib  tarmoqning  boshqa  ishtirokchilariga  elektron  ma`lumotlar  yuborish 



mumkin; 

 



 Qanday kilib telekonferentsiyalarda ishtirok etish mumkin va undagi munozaralarda 

faol ishtirok qilish uchun nima kilmok lozim; 

 

 Qanday kilib tarmoq resurslarini topish va ular bilan ishlash mumkin.  



«Đnternet»  tarmog’i  1975  yillarda  Amerika  ko’shma  Shtatlarida  mavjud  bo’lgan  aloqa 

tarmoqlarini birlashtirish natijasida vujudga keldi. Uning asosi ARPAnet  (Advanced Research 



Projects  Agency  Net  –  Đlgor  loyixalar  agentligi  tarmog’i)  tarmog’i  bo’lib,  shu  yo’nalishdagi 

ilmiy izlanishlarni va bu bilan boglik ma`lumotlar majmuasini birlashtirgan edi 



Ma’ruza -7 

Mavzu: Internet xizmatlari va ularning turlari 

Reja: 

1.

 



Internetning WWW-xizmati 

      2.   HTML formati tushunchasi 

2.

 

HTTP (Hyper text Transfer Protocol) - gipermatnlarni uzatish protokoli 



 

INTERNETNING

 

WWW

 

XIZMATI. 

.  WWW,  3W  yaki  Web  deganimiz  nima?    World  Wide  Web  –  Vsemirnaya  pautina, 

bizning tilda «dunyo yuzlik tur» ma’nosini anglatadı.  

WWW – bu  gipermatn asosidagi multimedik  xarakterdagi axborot tizimi. Bu tusunshlarga 

aniqliq kiritaniz.  

Multimedia:  ma’lıwmot  faqat  gina  matn  emas,  ba’lki  ikki-uch  ulchamli  grafika,  video, 

tovushdan iborat bo’ladi.  



Gipertekst: WWW tegi mag’lıwmat saqlawshı ha’r bir xujjet gipertekstli xujjet dep ataladı 

 

Xozirda  WWW  eng  mashxur  internet  xizmatlaridan  biri.  Bu  uz  ma`nosiga  kura  eng 



qulay,  eng  tez,katta  kulamdagi  ma`lumotlarni  uz  ichiga  oluvchi  tarmoq.  WWW  mijoz-tarmoq 

tamoyili  buyicha  ishlaydi.Kuplab  xizmatlar  borki,  mijoz  talabiga  muvofik  turli  ma`lumotlardan 

iborat  dokumentni  matn,  tovush  grafik  va  boshqa  kurinishlarda  beradi.  Kupincha  WWW 


 

25 


ma`lumot  etkazib  berishi  uchun  kerak  bulgan  dokumentlar  formati  HTML(Hyper  Text 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish