O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Buyuk Britaniya iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning tutgan o`rni



Download 2,09 Mb.
bet39/110
Sana31.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#238566
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110
Bog'liq
XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI

7.3. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning tutgan o`rni
Angliya Transmilliy kompaniyalari uzoq tarixiy davrlarni o`z boshidan kechirgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buyuk Britaniyada qaram davlatlar va mustamlakalarga kapital olib chiqish keng rivojlandi. 1893 yilda xorijiy mamlakatlarda joylashtirilgan Angliya kapitali Buyuk Britaniya Birlashgan qirolligining barcha boyliklarini 15 %ni tashkil qilgan. Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi tadbirkorlik kapitali shaklida amalga oshirilgan. Shuning uchun ham mamlakatning yirik monopollari tashkil topgan paytdan boshlaboq, xalqaro kompaniyalar sifatida faoliyat yurita boshlagan.

Ikkinchi jahon urushidan so`nggi yillarda ham bu mamlakat jahondagi eng yirik kapital eksport qiluvchi davlatlardan biri bo`lib qolavergan. Xorijiy mamlakatlarda kapital eksporti natijasida uning TMK nazorati ostida bo`lgan yirik ishlab chiqarish tizimi tashkil topdi. Angliyaning xorijiy mamlakatlardagi filiallari mahsulotlari mamlakat YaMM ga nisbatan 55,2% ni, xorijiy ishlab chiqarishning eksportga nisbati esa 261,3%ni tashkil etgan. Bu davrda xorijiy mamlakatlarda Angliya korporatsiyalarining ishlab chiqargan mahsulotlari qiymati Germaniya, Yanponiya va Frantsiyanikidan ham yuqoriroq bo`lgan.

Angliya sanoat kapitalining tashqi ekspansiyasida davlatning 10 ta eng yirik korporatsiyasi oldingi o`rinlardan birida turgan. Uning xorijiy mamlakatlardagi eng yirik aktiviga ega bo`lgan korporatsiyalari kimyo va nеft qazib olish, sanoat korxonalari, oziq-ovqat va ichimlik suvi hamda sharbatlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, tamaki ishlab chiqaruvchi korxonalar shuningdek elektr texnika, umumiy mashinasozlik kompaniyalari hisoblangan. Uning to`g`ridan-to`g`ri yo`naltirilgan investitsiyalari asosan sanoati rivojlangan Еvropa mamlakatlariga qaratilgan edi. Xullas, hozirgi kunda mamlakat kapital qo`yilmalarining 75 %i rivojlangan davlatlarga, 25%i esa rivojlanayotgan davlatlarga to`g`ri keladi.

Ma'lumki, tashqi iqtisodiy ekspansiya yirik kapital mablag`larni talab qiladi. Britaniya TMKning ustunlik tomoni shundaki, ular qudratli London banklarining yordamiga tayangan holda faoliyat ko`rsatadi. Angliyaning yirik “katta to`rtlik” banklari (“Barkleyz bank”, “Neshnl vestminster bank”, “Middland bank”, Lloyd bank”) xalqaro krеdit sohasida muhim ahamiyatga egadir. Xalqaro moliya markazlarida joylashgan, yirik resurslarga va keng masshtabda tarqalgan filiallar tizimiga ega bo`lgan ushbu banklar xalqaro ssuda kapitali bozori hisoblangan еvrovalyuta bozorida muhim rol o`ynamoqda.

Angliyaning TMKlari kapitalni nafaqat depozit banklardan, balki ixtisoslashgan savdo-investitsiya banklaridan (“bankirlar uyi”), shuningdek nafaqa jamg`armalari va sug`urta kompaniyalaridan ham oladilar. Shuning uchun ham xalqaro TMKlar doimo banklar bilan yaxshi munosabatda bo`ladi. Masalan, “British petroleum” kompaniyasi doimo “Neshnl Vestminster bank” ning mijozi va “Danlon xolding” kompaniyasi doimo “Barkleya bank”ning mijozi hisoblanadi.

Britaniya korporatsiyalari xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining muhim omillaridan biri texnika va texnologik jihatdan ustunligidir. Endi mamlakat yirik TMKlarining ba'zilari bilan tanishib chiqamiz.

Angliyaning “British petrolium PLK” korporatsiyasi jahonning eng yirik nеft monopollaridan biri bo`lib, u 1909 yilda tashkil topdi. Korporatsiya jahon mamlakatlarining sanoat korporatsiyalari orasida 6- o`rinda, noamerika korporatsiyalari ichida esa 2-o`rinda turadi. Korporatsiya aktsiyalarining 48-49 %i davlatga tegishlidir. “British petrolium” korporatsiyasi xalqaro kartellar tashkilotining a'zosi bo`lib, yiliga 163-165 mln.t. nеft mahsuloti -3,5-4 mlrd. kub m. tabiiy gaz, 17-18 mln. t. ko`mir qazib oladi. Bundan tashqari yiliga 2,5-3 mln. t. siqilgan gaz va shuningdek 114,5 mln. t.ga teng bo`lgan 111 ta tanker va 26 ta davlatda umumiy quvvati 120 mln. t.ga ega bo`lgan 38 ta nеftni qayta ishlash zavodlari ustidan (Angliya, Frantsiya, Germaniyada 4 tadan nеftni qayta ishlash zavodlari ustidan, AQSHda 3 ta zavod ustidan, Kanada va Avstraliyada 2 tadan zavodlar ustidan, Irlandiya, Belgiya, Gollandiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Turkiya, Kipr, Yaman, Sinegal, Burkina-Faso, JAR, Sеrra-Lione, Keniya, Nigeriya, Sudan va boshqa davlatlarda 1 tadan nеftni qayta ishlash zavodlari) ustidan o`z nazoratini o`rnatgan.

90-yillar boshida va hozirgi kunda ham “British petrolium” kompaniyasi mamlakatning kimyo sanoatidagi eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning etilen, propilen, bo`tadien, plastmassalari ishlab chiqaruvchi zavodlari 6 ta xorijiy mamlakatda joylashgan. XX asrning 70-yillaridayoq kompaniyaning ximiya sanoat korxonalari Еvropa Hamjamiyati davlatlari ichida birinchi bo`lib nеft va nеft mahsulotlaridan sintetik mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashdi.

Bat indastriz PLK” korporatsiyasi 1902 yilda tashkil topgan bo`lib, jahonda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksporti bo`yicha eng yirik monopoliyalaridan biridir. “BAT” korporatsiyasi yiliga 350 dan ortiq sigaretalar, jumladan, 210 xil tamaki, 130 xil sigara ishlab chiqaradi. 90-yillarda kompaniya eng yirik noamerika kompaniyalari ichida 24-o`rinda turgan. Aktsiyadorlik kapitali 2885 mln. funt sterlingga teng bo`lib, dunyoning 50 dan ortiq xorijiy davlatlarida joylashgan 120 dan ortiq tamaki fabrikalari faoliyat ko`rsatadi. Kompaniya o`z mahsulotlarining asosiy qismini (deyarli 90%) tamaki fabrikalar joylashgan davlatlarning ichki bozorlariga chiqaradi, qolgan mahsulotlarni esa 180dan otiq mamlakatlarga eksport qiladi.

“BAT” korporatsiyasining shu'ba korxonalari AQSH, Germaniya va boshqa davlatlarning bozorlarida oldingi o`rinlardan birida turadi. Masalan, “Braun end Uilyamson tobako korporatsiyasi” (AQSHdagi filiali) AQSH kompaniyalari orasida sotuvlar bo`yicha 3-o`rinda turadi. Firmaning Germaniyadagi filiali “X.B. Krenanfiltr” kompaniyasi esa nafaqat Germaniyada, balki butun G`arbiy Еvropa mamlakatlarida eng yirik tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. “BAT” kompaniyasining xomashyo еtkazib beruvchi bozorlari AQSH, Kanada, Turkiya, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari hisoblanadi.



Kompaniya jahon mamlakatlarida qog`oz ishlab chiqaruvchi 26 ta fabrika ustidan o`z nazoratini o`rnatgan. Qog`oz ishlab chiqaruvchi fabrikalarning 8 tasi Belgiya, Frantsiya, Irlandiya, Braziliya, Hindiston va Afrika davlatlarida joylashgan. “BAT” kompaniyasi qutilar ishlab chiqaruvchi 111 ta korxonaga ham ega bo`lib, ulardan 68 tasi Angliya va Irlandiyada, 31 tasi AQSH va Kanadada, qolganlari esa Germaniya, Frantsiya va JARda joylashgan. "BAT" kompaniyasi Buyuk Britaniyada atir-upa mahsulotlarini sotuvchi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniyaning atir-upa ishlab chiqaruvchi korxonalari 35 ta davlatda joylashgan bo`lib, ularning mahsulotlari 150 ga yaqin davlatlarda sotiladi.
Xulosa
Jahon bozorlarida Angliya bilan raqobat qila oladigan davlatlarning (Germaniya, Yaponiya va AQSH kabilar) soni oshib bordi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin mavqei kuchayib ketgan AQSH Buyuk Britaniyani ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan quvib o`tdi va u dunyoda sanoat mahsulotlarining eksporti bo`yicha birinchi o`ringa chiqib oldi. Xullas, Ikkinchi jahon urushidan so`nggi dastlabki yillarda Angliya sanoat mahsulotlarini 5 marta kam chiqarib, AQSH dan 3 barobar kam eksport qilgan edi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish