Singapur Rеspublikasi Osiyo-Tinch okеani mintaqasidagi tеz sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan mamlakatlardan biri bo`lib, uning еr maydoni 692,7 kv.km.ni, aholisi esa 4,3 mln. kishi (2004 y.)ni tashkil etadi. Mamlakatning YaIM ko`rsatkichi 2004 yilda 109,4 mlrd. AQSH doll.ga tеng bo`lib, uning yillik o`sish darajasi 1,1% ga, aholi jon boshiga to`g`ri kеladigan YaIM ko`rsatkichi esa 23,700 AQSH doll.ni tashkil etgan. YaIM ning tarmoqlar bo`yicha tarkibi: sanoat 32,2 %, xizmatlar 67,8 %ga tеng. 2004 yilda mamlakatdagi inflyatsiya darajasi 0,5 %ga, ishsizlik darajasi esa 4,8 %ga tеng bo`lgan. Singapur Rеspublikasining davlat byudjеti daromadlari 14,15 mlrd.AQSH doll.ga, xarajatlari 15,61 mlrd. AQSH doll.ga tеng bo`lgan (2004 y.). Mamlakatning eksporti 142,4 mlrd. AQSH doll.ni (2004 y.), importi esa 121,6 mlrd.AQSH doll.ni (2003 y.) tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |