Ikralarni tashish. Otalangan ikralarni ularning rivojlanish dav- rining boshlang‘ich yoki oxirgi bosqichida tashish tavsiya etiladi. Chunki ayni shu bosqichlarda tashqi sharoitning mexanik ta’sir- lariga (tashilayotgan idishlarning devorlariga urilishi, idishlar qattiq chayqalganda hosil bo‘ladigan suv to‘lqinlarining ta’siri) chidamliligi yuqori bo‘ladi. Qisqa masofalarga ikralarni tashish oddiy shisha bankalardan foydalanib amalga oshiriladi.
Buning uchun bankadagi suvga ikralar solinib, ustiga sekin oxirigacha suv quyiladi. Bankaning og‘ziga doka yopilib, u orqali suv sirqitilib bankaning og‘zi mahkam yopilib, izotermik quti- larga joylashtiriladi, shunday qilib quti ichidagi harorat kerakli chegarada ushlab turiladi.
rasm. Lichinkalarni tashishda foydalaniladigan polietilen xalta.
Do'stlaringiz bilan baham: |