Bir yozlik baliqlar qishlovi
Vegetatsiya davrining oxirida kuzda mayda baliq o‘stirilishi yakunlanadi. Bir yozlik baliqchalar qishlash uchun qishlov hovuzlariga o‘tkaziladi. Qishda suv harorati past bo‘ladi, baliqlarda modda almashinuvi sustlashadi, ular oziqlanmay qo‘yadi, shu bois baliqlarni kattaroq zichlikda saqlash mumkin. Eng mu- himi — hovuzlar muzlab qolmasligi kerak. Baliqchilik xo‘jalik- larida baliqlar qishlashi uchun katta bo‘lmagan va chuqur (2 m va undan ortiq) maxsus qishlov hovuzlaridan foydalaniladi.
O‘zbekistonda yetishtiriladigan baliqlar uchun ularni sutkalik o‘rtacha harorat 10 °C past bo‘lgan sharoitda, ya’ni noyabrning oxiridan fevralning oxirigacha bo‘lgan davrdagi saqlashni qishlov deb aytadilar. Bunday haroratda zog‘orabaliqlar oziqlanishni to‘xtatadilar, shu bois ular qishlov davrida oziqlantirilmaydi.
Qishlov davrini o‘tkazish uchun quyidagi tadbirlar bajariladi:
hovuzlarning tubi tozalanib, har gektariga 120—200 kg hisobida ohak solinadi;
karp turidagi baliqlarning bir yozgi baliqchalari gektariga 500—800 ming dona zichlikka o‘tkaziladi;
qishlov davomida hovuzdan har kuni nobud bo‘lgan baliqlar olib tashlanadi.
Hovuzlarda har 15 kunda nazorat ovi o‘tkaziladi. Bunda ba- liqlarga odatdagi usulda yem berilib, katta bo‘lmagan baliq ov- laydigan to‘r yoki sochma to‘r yordamida tanlamasdan bir necha yuz dona baliq ovlab olinadi. Bir chelak baliq tarozida tortilib, undagi baliqlar soni sanaladi.
Omuxta yemlarni yetarli miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega va har bir gektardan 15—20 s zog‘orabaliqni yetishtirishni rejalashtirayotgan xo‘jaliklarning yem solish me’yorlarini hisoblab chiqish misolini keltiramiz.
Har bir baliq o‘rtacha vazni 1 g ni, o‘tkazish zichligi esa 1 gektarga 100 mingtani tashkil qiladi deb faraz qilaylik. U holda yem baliqlarning umumiy biomassasi — 1 g100000 ta baliq =
=100 kg ni tashkil qiladi. Shunda yem me’yori 10 foiz bo‘lsa, sutkalik yem miqdori 10 kg ni tashkil qiladi. 15 kundan so‘ng o‘tkazilgan nazorat ovi baliqlar 2 g ga o‘sganligini ko‘rsatadi.
? NAZORAT SAVOLLARI
Lichinkalarni baliqcha bosqichigacha o‘stirishda amalga oshiri- luvchi tadbirlar.
Lichinkalar oziqa bazasini yaxshilash uchun qo‘llaniladigan tad- birlarni sanab bering.
Yosh baliqchalar yetishtirishda qaysi tashqi omillar muhim hi- soblanadi?
Yurtimizda qaysi baliqlarni polikulturada yetishtirish usuli qo‘l- laniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |