Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik zog‘orabaliqchilik min- taqalarida qayd etilgan. Sobiq Ittifoqning shimoliy rayonlarida kasallikni epizootik ko‘rinishi kuzatilmagan. Kasallik qishlovchi hovuzlarda ko‘proq mart-aprel oylarida kuzatilib, epizootik ko‘rinishda kechadi. Invaziyaning eng ko‘p rivojlanishi bahorda havo isiy boshlagan vaqtda namoyon bo‘ladi. Asosan, zog‘ora- baliq, sazan va ularning gibridlari hamda karp turidagi baliq- larning segoletkalari va oq amurlarning yoshlari kasallanadi. Biroq girodaktiluslar bilan baliqlarning malkilari (chavoqlari) va yoshi katta baliqlar ham zararlanadi, lekin ularda invaziya- ning jadalligi past bo‘lib, ular parazit tashuvchi bo‘lib xizmat
qiladi. Zararlanish darajasi 85—100% gacha yetib, invaziyaning jadalligi 75—100 donani tashkil qilishi mumkin. Ahamiyatli o‘lim kuzatilishi (50% va undan yuqori) mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |