Suv havzasidagi gaz rejimining baliqlarga ta’siri. Suv at- mosferadan azot, kislorod va karbonat angidrid olib, baliqlar- ning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan zoogigiyenik muhit yaratadi hamda suvdagi gaz miqdorining oshib ketishi yoki kamayishi baliqlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vodorod sulfid va metan gazining mavjudligi esa suv havzasining anti- sanitariya holatda ekanligidan dalolat beradi, bunday suvlarda har xil kasalliklar xuruji kuchayib, baliqlarning ko‘plab o‘limiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |