Epizootologik ma’lumotlar. Zararlangan baliqlarni ham yozda va ham qishda uchratish mumkin. Kasallik ko‘proq Boltiqbo‘yi respublikalarida, Sankt-Peterburgda, Arxangelsk, Òyumen ob- lastlarida, Orol dengizida uchraydi. Invaziyaning ekstensivligi 80—90%. Baliqlar, asosan, yilning bahor-yoz oylarida zararla- nadi. Odam yoki go‘shtxo‘r hayvonlar yilning barcha fasllarida zararlanishlari mumkin.
Patogenezi. Qo‘zg‘atuvchining jinsiy voyaga yetgan shakli odam va go‘shtxo‘r hayvonlarning organizmiga mexanik, toksik ta’sir etib, ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Baliqlar organizmida esa plerotserkoidlar quyidagicha ta’sir etadi. Organ va mushak to‘qimalarida o‘zgarish kuzatiladi, mushaklarning elastikligi yo‘qoladi, strukturasi o‘zgaradi, mu- shak bog‘lamlari o‘rtasida biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |