Epizootologik ma’lumotlar. Opistorxoz, asosan, o‘choqli, manbali ravishda tarqalgan. Kasallik qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘-
jayini molluskalari keng tarqalgan. Ob, Irtish, Volga, Kama, Dnepr, Janubiy Buga, Neman daryolarida ko‘proq uchraydi. Suv havzalarining zararlanish manbayi — bu opistorxoz bilan kasallangan odamlar va go‘shtxo‘r hayvonlar. Zararlanish ko‘p- roq bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Odam va go‘shtxo‘r hayvonlar xom va yaxshi pishirilmagan baliqlarni iste’mol qilganlarida kasallikka chalinadi. EI–75–80%, II–bir necha ming meta- tserkariylar bir boshda.
Qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘jayinlari — suvning oqimi past bo‘lgan daryolarda, o‘simliklari ko‘p bo‘lgan suv havzalarida ko‘proq uchraydi.
Patogenez. Opistorxuslar o‘t yo‘llarini jarohatlashi oqibatida o‘t suyuqligining oqishi qiyinlashib, jigarda turg‘unlik holati vujudga keladi. Organizmda zaharlanish kuzatilib, allergik holat paydo bo‘ladi. Xoletsistit, sirroz rivojlanadi. Metatserkariylar ko‘p miq- dorda baliq organizmiga parazitlik qilishi natijasida kapsulaga o‘ralgan uchastkalar hosil bo‘ladi, mushak tolasining elastikligi yo‘qoladi. Klinik belgilari. Kasal hayvonlar holsizlanadi, qaltirab, titrab tana harorati ko‘tariladi, qorin damlangan (assit), jigar katta- lashgan, qattiq, ko‘rinarli shilliq pardalar sarg‘aygan bo‘ladi. Qon tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi. Eozinofillar miqdori ko‘pay- gan, neytrofillar kamaygan, eritrotsit, gemoglobinlar miqdori
ham kamaygan.
Òashxis. Odam va go‘shtxo‘r hayvonlarda gelmintokoprologik, baliqlarda esa gelmintologik tekshirish o‘tkaziladi. Mushaklardan namuna olinib kompressorum oynasi orasiga qo‘yib mikroskopda tekshiriladi. Metatserkariylarning turlarini aniqlashda bioproba qo‘yiladi. Mushuk bolasiga zararlangan baliq go‘shtidan yediriladi va 25—30 kun o‘tgach tezak gelmintokoprologik usulda tekshiriladi. Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Go‘shtxo‘r hayvonlarga geksixol 0,2 g/kg, geksixol S–0,15 g/kg bir marotaba, go‘sht farshlari orasiga qo‘yib beriladi. Bunda hayvonlar 12 soat davomida och qoldirilishi shart. Kuchli invaziyalanganda esa preparat 0,1 g/kg miqdorda 2 kun davomida beriladi. Dronsit
(prazikvantel) 0,1 g/kg, 12 soat och qoldirib beriladi.
Kasallikning oldini olish maqsadida go‘shtxo‘r hayvonlarga hamda odamlarga xom, yaxshi qovurilmagan, qaynatilmagan baliqlarni bermaslik. Ayniqsa, Ob va Irtish daryolaridan, Volga va uning ilmoqlaridan ovlangan baliqlarni go‘shtxo‘r hayvonlar ratsioniga kiritmaslik. Motorli baliq ovlovchi kemalarda yopiq tipdagi hojatxonalarning bo‘lishi shart. Bundan tashqari, aholi- ning gelmintologiya sohasidagi bilimlarini, ayniqsa, baliqchilar, ovchilar, baliqchilik zavodlaridagi xodimlar, dengizchilarning bilimlarini yanada oshirish. Opistorxoz bo‘yicha nosog‘lom xo‘- jaliklardan ovlangan baliqlarni kamida ikki hafta davomida muz- latish. Bunda mushakdagi tuzning miqdori 14% ga yetishi kerak. Harorat 21—23 °C da bo‘lishi lozim. Òarg‘ibot-tashviqot ishlarni yo‘lga qo‘yish zarur.
Klonorxoz — bu odam va go‘shtxo‘r hayvonlarning invazion
(trematodoz) kasalligi bo‘lib, Opisthorchidae oilasiga mansub Clonorchis sinensis trematodasining jigar va o‘t yo‘llarida, o‘t xaltasida va oshqozon osti bezida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atiladi. Uning lichinkali shakli (metatserkariylar) qo‘- shimcha xo‘jayinlari 70 turdan ortiq chuchuk suv baliqlari organizmida parazitlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |