O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet130/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Davolash va oldini olish tadbirlari. Oziqlantirish rejimiga rioya qilish, mavjud me’yorlarga asoslanib va sifatli oziqalardan foy- dalangan holda oziqlantirib borish. Kasallik kelib chiqqan taqdirda baliqlarning ratsionida qoramollarning talog‘i, yangi ovlangan baliq, baliq moyi yoki baliqlarning ratsionidan sifatsiz, uzoq muddat saqlangan go‘sht-suyak uni, baliqlarni butunlay chiqarib tashlash. Kombikormlarni vitaminlar bilan boyitish maqsadida ularning har bir kg ga 2—3 g dan pivo achitqichi qo‘shiladi. Og‘ir holatlarda 10—15 kunga och qoldirib, so‘ngra yengil hazm bo‘ladigan va vitaminlarga boy oziqalar berish tavsiya etiladi.


? NAZORAT SAVOLLARI




  1. Virusli gemorragik septitsemiya qanday kasallik?

  2. Baliqlardagi qizamiq (êðàñíóõà) kasalligi, asosan, qaysi mam- lakatlarda tarqalgan?

  3. Baliqlarda uchrovchi bronxiomikoz kasalligining klinik belgila- rini ayting.

  4. Rafidaskaridoz kasalligiga qarshi kurashish va oldini olish tadbir- lari nimalarni o‘z ichiga oladi?


XV bob. BALIQ DUSHMANLARI

Baliqchilik xo‘jaliklarida va tabiiy suv havzalarida baliqlar- ning bosh sonini saqlash uchun ularning dushmanlari bilan muntazam ravishda kurash olib borilishi zarurdir. Suv havza- larida baliqlarning zaxirasiga ziyon keltiruvchi ko‘plab hayvonlar turi uchraydi. Ularning ayrimlari baliqlar bilan oziqlansa, ayrimlari esa baliqlar oziqlanadigan oziqalar bilan oziqlanadi, uchinchilari yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining manbalari bo‘ladi.


Baliq dushmanlari orasida sutemizuvchilarning katta guruhi mavjud. Bular — yer qazuvchi jonivorlar — kutora, suvsar, norka, ondatra, suv kalamushlari va boshqalar bo‘lib, ular ba- liqlarga hujum qiladi. Masalan, norka, suvsar, ondatra katta hovuzlar, daryo, ko‘l va suv omborlarining qirg‘oqlari va sohil- larida makon qurib olgach, baliqlar bilan oziqlanadilar, ular- ning baliqlar urug‘ (ikra) qo‘ygan joylarida bo‘lishi xavflidir.
Kutoralar naslchilik xo‘jaliklari va baliqchilik zavodlariga, ayniqsa, yosh baliqlarni o‘stiruvchi xo‘jaliklariga katta ziyon yetkazadi, chunki ular yosh baliqlarni iste’mol qilib, kattalariga hujum qilishadi va ularning bosh miyasi va ko‘zlarini yeb yuborishadi.
Suv kalamushi, ondatra va suvsarlarning hayoti suv hav- zalari bilan chambarchas bog‘liqligi tufayli boshqa oziqalar qatorida baliqlarni ham iste’mol qilishadi. Ondatra nafaqat baliqlarni yo‘q qiladi, balki o‘z uyalarini kavlashi tufayli gidro- qurilmalarning izdan chiqishiga, suv havzalaridan suvning oqib ketishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, bu qishda ham ishlatiluvchi
hovuzlar uchun juda xavfli, chunki suvning ko‘zga ko‘rinmay- digan, sezilmaydigan darajada oqib ketishi oqibatida katta miq- dordagi baliqlar nobud bo‘lishi xavfi bor.
Ushbu hayvonlarning salbiy ta’sirlarini yo‘qotish unchalik murakkab emas. Buning uchun maxsus ovlaydigan, ushlaydigan asboblar, qopqonlarni qo‘yib, ularni ushlab, yo‘qotiladi, terisini esa tayyorlov tashkilotlariga topshiriladi.
Baliq dushmanlarining katta guruhini go‘shtxo‘r parrandalar tashkil qiladi. Bular: saqoqush, qorabuzov, qarqara, chayka, gagara hamda o‘rdak, daryo burgutlari va boshqalar. Bulardan eng xavf- lisi saqoqush va qorabuzovlardir. Bu parrandalar faqat baliqlar bilan oziqlanishi oqibatida katta miqdordagi baliqlarni yo‘q qilishi mumkin, masalan, har bir yosh katta saqoqush yoki qorabuzov kuniga 2—4 kg baliq iste’mol qiladi. Shuning uchun ham baliq- larni ko‘paytiruvchi, o‘stiruvchi xo‘jaliklarda bunday parranda- larning bo‘lishi xavflidir. Ular qirg‘oqlardagi qalin qamishzorlarda uya qurishadi.
Gagara va pogankalar esa faqatgina baliqlar bilan oziqlanadi. Qaysi hududda ular ko‘p sonda uchrasa, baliqchilik xo‘jaliklari uchun ular tomonidan keltirilayotgan zarar ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ayniqsa, pogankalarni baliq o‘stiruvchi xo‘jaliklarning hu- dudida joylashishiga, uya qurishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur, chunki ular o‘sayotgan yosh baliqlarga katta ziyon yetkazadi.
O‘rdaklarning baliqchilik xo‘jaliklaridagi ahamiyati ham sal- biy va ham ijobiy bo‘lishi mumkin. Ularning baliq o‘stiruvchi hovuzlarda bo‘lishiga ruxsat etilmaydi, chunki ular yosh ba- liqlarni iste’mol qilishadi, lekin boshqa suv havzalarida ular foyda keltiradi, bu yerda ular baqato‘nlarni, chirigan baliqlarni, zararkunanda hasharotlarni iste’mol qilishadi, hamda hovuz- larni o‘g‘it bilan boyitadi.
Biroq ularning zichligi jihatdan bir gektar maydondagi bosh sonini tartibga solib turish maqsadga muvofiq, 1 ga maydonga 200 bosh o‘rdak bo‘lishi kerak, agarda ortib ketsa, suv havzalari-
ning haddan tashqari ifloslanishi oqibatida baliqlarda bronxio- mikoz va bronxionekrozlar kelib chiqadi, bu esa odamlar uchun o‘ta xavfli hisoblangan salmonella guruhiga mansub mikroorga- nizmlarning rivojlanishiga va ko‘payishiga olib keladi.
Baliqlar uchun daryo burguti, skopa va oqdumli burgutlar juda ham xavfli dushmanlardir. Ular katta bo‘lmagan daryo, ko‘llarning qirg‘oqlaridagi baland tepaliklarda, daraxtlarning uchlarida uya qurishadi, katta hajmdagi baliqlar bilan oziqlanadi va har bir qush juda ko‘p miqdordagi baliqlarni yo‘qotishi mum- kin. Baliqlarga boshqa parrandalar ham (kalxat, qora qarg‘a, ko‘k- torg‘oq), ayniqsa, ularga oziqa yetishmagan paytda hujum qi- lishadi. Baliq zaxiralariga ayrim tuproq, sutemizuvchi va suvdagi umurtqasiz yirtqich hayvonlar ham hujum qilishlari mumkin. Baliq o‘stiruvchi xo‘jaliklarda baliq ikrasini iste’mol qiluvchi baqalar endigina hosil bo‘lgan baliq lichinkalarini yo‘q qiluvchi qalqondir.
Baliqlarga tipratikanlar ham katta ziyon yetkazishadi. 6 ming tipratikanlarning oshqozoni tekshiruvdan o‘tkazilganda, ularda 8 ming kg baliq borligi aniqlangan.
Parrandalar tomonidan keltirilayotgan zararlarni yo‘qotish, oldini olish maqsadida, parrandalarni suv havzalaridan uchirib yuborish, suv havzalari atrofida, yaqinida in, uya qurishlariga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rish zarur.
Ko‘pchilik Yevropa va Amerika davlatlarining baliqchilik havzalarida karbidli avtomatik pushkalar ishlatiladi, ular o‘zi- ning o‘q tovushi bilan qo‘riqlanayotgan suv havzalaridagi par- randalarni uchirib yuboradi. Qushlar galasini vayron qilish natijasida ularni boshqa joylarga, makonlarga ko‘chib ketishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, suv havzalar qirg‘og‘idagi o‘simliklarni yo‘qotish, qurigan o‘tlarni yoqib tashlash va boshqa usullar yaxshi samara beradi. Kichik hovuzlardagi baliqlarni esa ularning ustiga to‘r yopish bilan muhofaza qilish mumkin. Shuningdek, hovuzlarda baliqlar bosh sonining ko‘payishiga sezilarli ziyon yetkazuvchilardan biri suvilon hisoblanadi.
? NAZORAT SAVOLLARI




  1. Baliq dushmanlari orasida qaysi sutemizuvchilar alohida ajralib turadi?

  2. Kutoralarning baliqchilik xo‘jaligiga yetkazayotgan zarari nima- larda aks etadi?

  3. Baliqlarning ko‘payishiga ziyon yetkazuvchi hayvonlarning sal- biy ta’sirlarini yo‘qotish yoki kamaytirish uchun qanday tadbir- larni qo‘llash samarali deb o‘ylaysiz?

  4. Go‘shtxo‘r parrandalarning baliqlarga yetkazayotgan zarari ni- malarda o‘z aksini topadi?

  5. O‘rdaklarning baliqchilik xo‘jaliklaridagi ahamiyati qanday?

  6. O‘rdaklarning suv havzalarida 1 ga maydonga haddan tashqari ko‘payib ketishi oqibatida baliqlarda qanday kasalliklar avj oladi?

  7. Baliqlarga parrandalar tomonidan yetkazilishi mumkin bo‘lgan ziyon nimalarda o‘z aksini topadi?

  8. Baqalar, tipratikanlar baliqchilik xo‘jaligiga qanday zarar yetkazadi?

  9. Parrandalar tomonidan keltirilayotgan zararlarni yo‘qotish, ol- dini olish maqsadida ko‘riluvchi chora-tadbirlarni bayon eting.



Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish