Biologik rivojlanishi. Qo‘zg‘atuvchining rivojlanishi xuddi boshqa ilmoqboshlilar singari biologik oraliq xo‘jayinlar ishtiro- kida kechadi. Oraliq xo‘jayin vazifasini Gammarus pulex, Pontoporeia affinis, Amphithae rubricata turlariga mansub yonbo- shida suzuvchi umurtqasiz chuvalchanglar bajaradi.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik tabiiy suv havzalarida qayd etilgan. Invaziyaning manbayi — zararlangan baliqlar va yonbosh suzuvchi umurtqasizlardir. Baliqlarning zararlanishi ko‘pincha yozda, ham parazitlar uchun va ham oraliq xo‘jayinlarning ri- vojlanishi uchun qulay haroratli sharoit vujudga keladi. Invaziya- ning ekstensivligi va intensivligi iyun oyidan avgust oyigacha ko‘- tarilib boradi. Masalan, Boshqirdiston ko‘llaridagi yelimbaliq turidagi baliqlarning zararlanishi avgust oyida 91% ga yetib, invaziyaning intensivligi 800 donani tashkil qilgan.
Kasallikning klinik belgilari va patogenezi. Kasal baliqlar oriqlangan, teri qatlami oqargan, shilliq pardalar anemiya holatida.
Ilmoqboshlilar o‘zining xartumi bilan ichak devoriga yopishishi oqibatida uni shikastlaydi. Parazit yopishgan joyda proliferativ yallig‘lanish, qon quyilish, biriktiruvchi to‘qimalarning o‘sishi, petrifikatsiya manbayi kuzatilib, ichaklar g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Ilmoqboshlilarning ichakda to‘planishi oqibatida oziqani hazm qilish jarayoni buziladi, baliqlar oriqlanadi, ba’zan esa nobud bo‘ladi yoki baliqxo‘r parrandalar tomonidan iste’mol qilinadi.
Òashxis. Kasal baliqlar gelmintologik yorib ko‘riladi va ilmoq- boshlilarni topish asosida qo‘yiladi. Òopilgan gelmintlar yig‘ib olinib, ularning turlari aniqlanadi.
Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari. Davolash usuli ishlab chiqilmagan. Kasallikning oldini olish maqsadida zararlangan baliqlar ovlanadi, nosog‘lom xo‘jaliklardan sog‘lom xo‘jaliklarga baliqlarni tashish chegaralanadi.
Kostioz — bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, tana terisi ustida kulrang dog‘larning paydo bo‘lishi, jabrasining zararla- nishi, suzgich qanotlarining ishdan chiqishi, yallig‘lanib to‘qima hujayralarning nekrozi — yemirilishi bilan xarakterlanadi. Ka- sallikka, asosan, yosh baliqlar moyil. Kasallik Sharqiy va G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Xitoyda, Ukrainada va Rossiyaning markaziy viloyatlarida qayd etilgan.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — xivchinlilar tipiga mansub Costia necatrix (Bodonidae oilasi) paraziti hisoblanadi. Parazitning tana uzunligi 5—20 mkm, eni 2,5—10 mkm. Uning qorin tomondan shakli ovalsimon yoki buyraksimon, oldingi tomoni zichlashgan, tanasi sitoplazma, kichkina o‘zak va ikkita qisqaruvchi vakuollardan iborat. Ikkita xivchini bor. Parazit shilliq moddasi, teri va jabraning ajralgan epitelial hujayrasi bilan oziqlanadi. Ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Noqulay sha- roitga tushib qolganida sistaga aylanib bir necha vaqt o‘zining hayotchanligini saqlab qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |