Karp turidagi baliqlarning psevdomonozi (qizamiqqa o‘x- shash) — bu baliqlarning infeksion kasalligi bo‘lib, kasallik ommaviy septik jarayonning rivojlanishi, umumiy suv to‘pla- nishi, tangachalarning to‘kilishi, teri va suzgichlarda manbali qon quyilish bilan xarakterlanadi.
Kasallik Xitoy, Isroil, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa davlatla- rining suv havzalarida uchraydi. Sobiq Ittifoqda o‘tgan asrning 60-yillarida zog‘orabaliq, tovonbaliq va peshanado‘ngbaliqlar- ning bir yoshdagilari (segoletka) hamda qishlovchi standartga ja- vob bermaydigan 2 yoshli zog‘orabaliqlar orasida qayd etilgan.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalar: Pseudomonas cyprinisepticum nov. species va P.capsulata, P.cyprinisepticum — harakatchan, monotrixial, gram- manfiy tayoqcha bo‘lib, uzunligi 1—2 mkm, eni esa 0,5—0,7 mkm, spora hosil qilmaydi, qonda kapsula hosil qiladi. Go‘sht (baliq)- peptonli bulyonda (pH 7,2—7,4) qo‘zg‘atuvchi muhitning biroz (yengil) xiralashuvini qo‘zg‘atishda to‘lqin va ahamiyatsiz cho‘kmani ko‘rish mumkin. Go‘sht-peptonli agarda (MPA)
o‘sishi o‘rtacha (mo‘tadil), birinchi sutkada hosil qilgan koloniyasi rosinchatli, 2—3-sutkalarda koloniyalar diametri 1,5—2 mm ga yetib, yarimtiniq, yon chetlari do‘mboq va yuzasi silliq bo‘ladi.
Qattiq oziqaviy muhitda bakteriyalar sarg‘ish-yashil fluo- ressensiyalanuvchi pigmentni hosil qiladi. Suyuq oziqaviy mu- hitda pigment hosil qilish jarayoni juda sekinlik bilan boradi. Bakteriya glukoza, laktoza, manit, saxaroza, maltoza, glitserin, rafinozalarni fermentlantirmaydi, indol va serovodorod hosil qilmaydi, jelatinani kosachasi, keyinchalik esa qatlami bilan yondiradi, lakmusli sutda o‘zgarmaydi, oziqaviy muhitda o‘sish- ning optimal harorati 25 °C, kulturalarni 3% li MPAda 3—5 °C haroratda saqlash mumkin.
Epizootologik ma’lumotlar. Psevdomonoz bilan zog‘orabaliq, sazan, ularning gibridlari, kumush rangli tovonbaliq, ola pe- shanado‘ng, oq peshanado‘ng baliqlarning bir yoshdagilardan to nasllilarigacha kasallanadi. Biroq kasallikning enzootik avj olishi bir va ikki yoshli baliqlar orasida kuzatiladi. Psevdomo- nozda yaqqol ko‘zga namoyon bo‘luvchi mavsumiyligi bor. Kasallikning avj olishi qishlash davrining ikkinchi yarmida — yanvar oyidan mart oyigacha kuzatilib, kasal baliqlarning ommaviy nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Yosh baliqlarning o‘limi 30—40% ga, agarda kasallik o‘tkir oqimda kechsa, barcha kasal baliqlar nobud bo‘ladi.
Kasallikning kelib chiqishi va kuchayishiga baliqlarning qish- lash sharoitiga qo‘yilgan veterinariya-sanitariya va zoogigiyenik talablarning buzilishi yordam beradi. Masalan, antisanitariya holatida turgan qishlovchi hovuzlar va unda o‘sgan suv va yerli o‘simliklarning yoz davomida qurimasligi qo‘proq psevdomo- nozning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bahorda, baliqlarni yayrovchi hovuzlarga o‘tkazilgandan ke- yin kasallik to‘xtaydi va butun yoz davomida kelib chiqmaydi.
Kasallik manbayi — bu kasal va kasallanib sog‘aygan hovuzli baliqlar hamda bosh hovuzlarda yashovchi yirtqich baliqlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |