O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet46/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Hovuzlarni yaxshilovchi ekologik melioratsiya tadbirlari. Melioratsiyalash — bu yerlarni tubdan yaxshilash, qishloq xo‘- jaligi uchun yerlarni yaroqli qilish chora-tadbirlari majmuyidir. Hovuzlarni me’yor asosida har xil o‘g‘itlardan tozalashda boronalardan keng foydalanish kerak. Borona hovuz tubidagi yumshoq o‘g‘itlarni yig‘ishdan tashqari, hovuz tubini yumshatish
natijasida u yerda oksidlanish jarayonlarining sodir bo‘lishidir.
Baliqchilik hovuzlarini zararsizlantirish maqsadida ko‘pincha yaxshilab maydalangan, so‘ndirilmagan ohak qo‘llaniladi. Ho- vuzlarning tubini 20—25 sm qalinlikda loyqa bossa, ularning biologik mahsuldorligi pasayadi.
Hovuz tubidagi yumshoq suv o‘tlarining haddan tashqari ko‘payishi, baliqlarning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hovuzlarni melioratsiya ishi bilan ta’minlashda uning xarita chizmasi to‘liq o‘rganiladi va so‘ngra ishga kirishiladi.
Hovuzlarni dezinfeksiyalashdan tashqari, ularni yanada to‘laroq zararsizlantirish maqsadida quyosh va shamol ta’sirida quritish zarur. Qishlash hovuzlarida baliqlar qishlab chiqishi bilan, hovuz bo‘shatilib, bahorgi-yozgi mavsum uchun quritiladi. Urchitish va semirtirish havzalari kuz va qish davrida suvsiz qoldiriladi.
Bo‘shatilgan hovuz ostining tubi tekshirilib, me’yor ostida o‘z holatiga keltiriladi, so‘ngra quritiladi. Muntazam tarzda (yoz bo‘yi kamida 3 marta) har bir hovuzdagi o‘simliklarni urib, chiqarib tashlansa, havzaning asosiy balchiqlanishining oldi oli- nadi. Agar baliqlarda yuqumli yoki invazion (sodda hayvon va gijjalar tarqatuvchi) kasalliklar bo‘lsa, veterinariya nazorati va- kilining ko‘rsatmasiga binoan barcha baliqchilik hovuzlari bu- tun yoz va qish davomida suvsiz qoldiriladi.
Bu tadbirni hovuz xo‘jaliklarida o‘tkazishdan maqsad ba- liqlarning yashashi va hayot kechirishini yaxshilovchi hamda baliqlar mahsuldorligini oshirish tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Suv o‘tlarining ma’lum miqdori baliqlar hayot faoliyatida mu- himdir. Ko‘pgina baliqlar suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga, suv omborlari va ko‘llarga, suv o‘simliklari yoki ular- ning qoldiqlari ustiga tuxum, uvuldiriq tashlaydi.
Hovuzlarda baliqlar mahsuldorligini oshirish tadbirlari ba- liqlarni urchitish va yosh baliqlarning o‘sish jarayonini yax- shilashga, mahsuldorligini oshirishga hamda baliqlarni tutishni qiyinlashtiruvchi holatlarning oldini olishga qaratilgan.
Hovuzlarni yaxshilashda hovuzning xarita chizmasidan to‘g‘ri foydalanish muhimdir. Baliqlarni tutishda qattiq o‘tlar bilan
qoplangan hovuzlar o‘z vaqtida o‘rilmasa yoki kesilmasa, baliq ko‘payib, ularni tutishda qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular bu- tun hovuz maydonini qamrab oladi.
Hovuzlarda har xil yoshdagi baliqlarning yashovchanligi va mahsuldorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarga quyidagi ish- larni kiritish mumkin:

  • tabiiy urchitish uchun foydalaniladigan mavjud hovuzlarni saqlab qolish sharoitini yaxshilash;

  • sun’iy urchitish hovuzlarini qurish va baliqlarni urchitib ko‘paytirish;

  • oqar suv basseynlarida jadal baliq yetishtirish;

  • iqlim suvi baliqchilik xo‘jaliklarida sun’iy urchitish va qimmatli baliqlarni saqlab qolishni yaxshilashda katta ahamiyatga ega;

  • kam suvli ko‘llarda, suv omborlarida va havzalarda baliq- larni urchitish, moslashish sharoitlarini inobatga olib, quyosh nuri tushadigan va kuchli shamollar yo‘lidan uzoqroq joylash- tirilishi zarur;

  • hovuzlarning tubiga qarag‘ay va boshqa daraxtlarning mayda bargli shoxlari siljib ketmaydigan qilib joylashtirilsa maqsadga muvofiq;

  • hovuz, suv omborlari kam suvli ko‘llarda, shuningdek, baliqlar urchitiladigan joylarni nazorat qilish baliqchilikning ri- vojlanishiga olib keladi;

  • melioratsiya ishlarida baliqlarni sifatli suv bilan ta’minlash;

  • hovuz yoki basseynda ifloslik bo‘lishi baliqlarning o‘lib qolishi, suv sifatining buzilishiga olib keladi. Buning uchun, eng avvalo, iflosliklardan tozalash, suvni yangi suv bilan to‘liq al- mashtirish zarur. Buning uchun suv kelmaydigan va suv chiqa- digan moslamalarni almashtirish kerak. Eng asosiy muammo- laridan biri — suvda erigan kislorodning tanqisligi natijasida ba- liqlar suv yuzasiga ko‘tariladi va havo yutadi, oziqlanmaydi, suv haroratining 20—24 foiz ko‘tarilishi bilan kislorod tanqisligi boshlanadi.

Suv hovuzlarining meliorativ holatini yaxshilash va hovuz baliqchiligini ixtisoslashtirish, naslchilikni to‘g‘ri tashkil qilish va
oziqlantirish baliq mahsulotini ko‘paytirishning asosiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda suv hovuzlarida gigiyena sha- roitlariga amal qilish muhimdir.
Hovuzlarda baliqlarni o‘stirish ikki usulda amalga oshiriladi: iliq suvli; sovuq suvli. Bunday o‘stirishga sabab baliqlarning bio- logik xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Iliq suvli hovuz baliqchiligi xo‘jaliklarida, asosan, zog‘orabaliq, amur oq balig‘i, do‘ngpeshana (oq va talg‘ir), do‘ngpeshanali, tillasi- mon tovonbaliq va boshqalar urchitiladi. Bu zotdagi baliqlar ba- hor va yozda o‘sadi va rivojlanadi. Havo isigandan keyin, uvul- diriq qo‘yilgan joyiga borib, o‘sha joyda ko‘payadi. Qishda suv- ning tubidagi chuqur joyiga borib yetadi va kam harakatlanadi.


? NAZORAT SAVOLLARI




  1. Ekologiya nima? Uning bo‘limlarini sanab bering.

  2. Yashayotgan hududlariga ko‘ra baliqlar shartli ravishda qaysi gu- ruhlarga bo‘linadi?

  3. Baliqlarning migratsiyasini izohlang.

  4. Mamlakatimizda urchitilayotgan baliqlarni ko‘chirish va iqlim- lashtirishdan avval nimalarga e’tibor berish kerak?



  1. Download 9,61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish