Elektr iste’molchilarning ishonchlilik darajasi. Bar-cha iste’molchilar elektr bilan ta’minlashning uzluk-sizligi bo‘yicha uchta ishonchlilik darajasiga bo‘linadi:
Birinchi darajali iste’molchilar jumlasiga elektr iste’moli uzilganda odamlarning hayotiga xavf tug‘di-ruvchi, ishlab chiqarish texnologiyasi uzoq muddatga
buzilib, katta miqdorda iqtisodiy zarar keltiruvchi iste’molchilar kiradi.
Ikkinchi darajali iste’molchi deb, elektr iste’moli uzilganda ishlab chiqarish mahsulotlarining katta miqdori buzilishiga olib keladigan iste’molchilarga aytiladi.
Uchinchi darajali iste’molchilar jumlasiga birin-chi va ikkinchi darajali iste’molchilarga kirmaydigan iste’molchilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |