O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


O‘zbekistonning  turkum  ko‘rsatkichlari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

O‘zbekistonning  turkum  ko‘rsatkichlari
1950- yillar oxirlariga kelib, O‘zbekistonda yirik kutubxonalar
faoliyatini  koordinatsiya  qilib  borish  maqsadida  koordinatsiya
kengashi  tuziladi.  Bu  vazifa  Alisher  Navoiy  nomli  Respublika
davlat  kutubxonasi  (hozirgi  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi)
zimmasiga tushadi. Kengashning 1964- yilgi yig‘ilishida „O‘zbekiston
kutubxonalarining  ilmiy-axborot-bibliografiya,  ma’lumotnoma-
bibliografiya ishini koordinatsiyalash bo‘yicha namunaviy Nizom“
qabul qilinadi. Unga ko‘ra har bir yirik kutubxonaga ma’lum fan
sohasiga oid bibliografik qo‘llanma tuzish vazifasi beriladi. Navoiy
nomidagi Respublika davlat kutubxonasiga xalq xo‘jaligi, qishloq
xo‘jaligi  (paxtachilikdan  tashqari),  sanoat,  O‘zbekiston  tarixi,
madaniyatiga  oid;  O‘zFAning  Asosiy  kutubxonasi  va  Òoshkent
davlat universiteti ilmiy kutubxonasiga O‘zbekistonning tabiati va
tabiiy  boyliklariga  oid  adabiyotlar  bibliografiyasini;  Respublika
ilmiy meditsina kutubxonasiga O‘rta Osiyo, shuningdek, O‘zbe-
kiston tabobati va sog‘liqni saqlash masalalariga oid adabiyotlar
bibliografiyasini  tuzish  topshirildi.  Boshqa  kutubxonalarga  ham
o‘z  yo‘nalishlari  bo‘yicha  vazifalar  belgilandi.
„Turkum“  so‘zi  lotincha  qator  degan  ma’noni  anglatadi.
Mazmunan,  mavzusiga  ko‘ra,  maqsadi  va  kitobxonlik  guruhiga
ko‘ra  bir-biriga  yaqin  yoki  bir  tizimni  tashkil  etadigan,  bir  xil
yo‘nalishda bezatiladigan, umumiy nomda rasmiylashtiriladigan
nashrlar ana shunday qatorni tashkil etadi. Bibliografik turkum
bir  xil  maqsad  va  kitobxonlik  doirasiga  ega  bo‘lgan,  bir  xil
yo‘nalishda  rasmiylashtiriladigan  bibliografik  qo‘llanmalar
to‘plamidir.  Bibliografik  turkumlar  biror  mavzuning  turli
masalalariga  oid  alohida  nashr  etilishi  ham  mumkin.  Bunday
qo‘llanmalarni  sobiq  Ittifoq  kutubxonalari  tajribasida,  ayniqsa,
Moskva, Leningrad (Sankt-Peterburg) kutubxonalari faoliyatida
ko‘rish  mumkin.
1966- yildan  O‘zFA  Asosiy  kutubxonasi  „O‘zbekistonning
tabiati  va  tabiiy  resurslari“  nomli  turkumda  bibliografik  ko‘r-
satkichlar tayyorladi va nashr eta boshladi. Òurkumning birinchi
nashri A. Devyatkina tuzuvchiligida nashr etilgan „O‘zbekiston
geografiyasi“ ko‘rsatkichidir. U retrospektiv xarakterga ega bo‘lib,
mutaxassislarga ma’lumot berish maqsadida tuzilgan hamda 1917 —
1960- yillarda O‘zbekistonda geografiyaga, uning tarixiga, tabiiy
sharoitiga oid ma’lumotlar beruvchi adabiyotlar jamlangan. Unga
nafaqat O‘zbekiston, balki sobiq Ittifoq hududida nashr etilgan


131
kitoblar,  gazeta-jurnal,  to‘plamlar  maqolalari  ham  kiritilgan.
Materiallar  5  ta  yirik  bo‘limda  joylashtirilgan:  O‘zbekistonda
geografik  tadqiqot  tarixi;  fizik  geografiya,  gromorfologiya;  gid-
rologiya;  meteorologiya,  iqlim,  tuproq  qatlami.
Har  bir  bo‘limda  adabiyotlar  alifbo  tartibida  joylashgan,
ularning ayrimlariga annotatsiya berilgan. Unda 2000 dan ortiq
adabiyotning bibliografik yozuvi berilgan, ammo ikkinchi marta
boshqa bo‘limda  qaytarilgan yozuvga tartib  raqami berilmagan.
Ko‘rsatkich  yordamchi  apparatlardan  ismlar,  geografik  nomlar
ko‘rsatkichi  hamda  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yxati  bilan
ta’minlangan.  „O‘zbekistonning  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi“
ko‘rsatkichini ham A. V. Devyatkina tuzgan. Unda 1917 — 1952-
yillarda  nashr  etilgan  biologiya,  qishloq  xo‘jaligi,  geografiya,
geologiya,  ximiyaning  murakkab  masalalariga  oid  rus  tilidagi
ilmiy  ma’ruzalar,  axborotlar,  bulletenlar,  vaqtli  nashrlar,  to‘p-
lamlar, kitoblar asosida adabiyotlar to‘plangan. Deyarli hamma
manbalar ko‘rsatkichning to‘liq bo‘lishini nazarda tutgan holda
birma-bir  ko‘rib  chiqilgan.  Adabiyotlar  6  ta — flora  va  o‘sim-
likshunoslik,  gidrobiologiya,  mikrobiologiya,  parazitologiya,
hayvonot  dunyosi,  tabiatni  qo‘riqlash  kabi  bo‘limlarda  gu-
ruhlashtirilgan. Paxtachilikka oid adabiyotlar juda katta miqdorda
bo‘lganligi  sababli  ko‘rsatkichga  kiritilmagan.  Ko‘rsatkich  ichki
murakkab tuzilishga ega va mutaxassislarga mo‘ljallangan. Ko‘r-
satkichning  xronologik  davomi  sifatida  „O‘zbekistonning  suv
havzalari  gidrobiologiyasi“  ko‘rsatkichi  nashr  etildi.  Unda
1953 — 1962- yillarda  botanikaning  umumiy  masalalari,  zoolo-
giya,  parazitologiya,  gidroximiyaga  oid,  20  yil  ichida  suv
xo‘jaligiga  oid,  Orol  dengizidan  tortib,  O‘zbekiston  hududida
mavjud  ko‘llar,  hovuzlar,  buloqlar,  daryolarga  oid  nashrdan
chiqqan  adabiyotlar  kiritilgan.  Ko‘rsatkich  mavzusiga  ko‘ra
avvalgi  ko‘rsatkichdan  farq  qiladi  va  ichki  murakkab  tuzilishga
ega. Adabiyotlar alifbo tartibida quyidagi bo‘limlarda joylashgan:
O‘zbekistonda  gidrobiologiya  sohasidagi  izlanishlar;  gidro-
biologiyalar  personaliyasi tipidagi suv  havzalari gidrobiologiyasi;
suv  muhitlari  sharoiti  ekologiyasi  va  boshqalar.  Materiallarning
asosiy qismi annotatsiya bilan ta’minlangan, ismlar va geografik
nomlar  ko‘rsatkichi  ilova  qilingan.
1966- yilda nashr etilgan va yuqorida keltirilgan ko‘rsatkich-
ning  xronologik  davomi  sifatida  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi
uchun  alohida-alohida  ko‘rsatkichlar  ham  nashr  etilgan.  Ular


132
A.  V.  Devyatkina  tuzgan  va  1986- yil  nashrdan  chiqqan
„O‘zbekistonning  hayvonot  dunyosi“  1953 — 1968- yillardagi
adabiyotlarni o‘z ichiga oladi. Unga O‘rta Osiyo bo‘yicha bajarilgan
ishlar, O‘rta Osiyo uchun xarakterli bo‘lgan umumiy mazmundagi
muammoli  materiallar  kiritilgan.  1953- yildan  O‘zbekiston
hududiga  qo‘shilgan  Qozog‘istonning  Bo‘stonliq  tumaniga  oid
materiallar ham kiritilgan. Ko‘rsatkichda jami 3069 ta adabiyot
haqida bibliografik yozuv berilgan bo‘lib, sobiq Ittifoq hududida
nashrdan  chiqqanlari  ham  quyidagi  bo‘limlarda  joy  olgan:
parazitologiya,  umurtqasizlar  va  ularning  zoologiyasi,  umurt-
qalilar  va  ularning  zoologiyasi,  zoologlar,  poleozoologiya,
bibliografiya. 4 va 5- bo‘limlardan tashqari bo‘limlardagi materiallar
murakkab  ichki  tuzilishga  ega.  Materiallar  zoologiya  fanining
oldindan qabul qilingan tizimli kategoriyasi bo‘yicha joylashtirilgan.
Masalan,  bo‘lim,  sinfi,  guruhi,  oilasi,  turi.  Adabiyotlarning
asosiy qismiga annotatsiya berilgan, ular turli geografik hududlarda
olib  borilgan  ilmiy  izlanishlar  haqida  ma’lumot  beradi.  Unda
hayvonlarning  nomi  lotin  yozuvida  keltirilgan,  sarlavhalar  rus
tilida berilgan. Yordamchi apparatlardan ismlar, geografik nomlar
ko‘rsatkichi, hayvonlarning lotincha nomlari ko‘rsatkichi, vaqtli
va  davomli  nashrlarning  alifbo  ko‘rsatkichi,  foydalanilgan
adabiyotlar  ro‘yxati  ilova  qilingan.
„O‘zbekiston florasi va o‘simlikshunosligi“ 1992- yilda nashr
etilgan va dastlabki ko‘rsatkichning xronologik davomi hisoblanadi.
Unda  1953 — 1984- yillarda  nashr  qilingan  adabiyotlar  aks
ettirilgan. O‘zbekistonning tabiati va tabiiy resurslari“ turkumidan
ko‘p jildlik „O‘rta Osiyo geologiyasi“ FA Asosiy kutubxonasi va
ÒoshDU ilmiy kutubxonasi tayyorlangan va nashr etgan. Ko‘r-
satkichda  1917 — 1960- yillarda  nashr  etilgan  adabiyotlar  jam-
langan.1- jildida O‘rta Osiyoning geologik qidirish ishlari tarixiga
oid umumiy ishlar, umumiy geologik sharhlar haqida adabiyotlar
berilgan va 3 ta yirik bo‘limda joylashtirilgan: O‘rta Osiyoni geologik
o‘rganish  tarixi;  umumiy  geologik  sharhlar;  geologik  xaritalar.
Shaxslar  haqidagi  bo‘limda  o‘rganilayotgan  hududga  taalluqli
geologlararo  ishlar  haqida  materiallar  joylashtirilgan.  Umumiy
geologik sharhlar qismida materiallar respublikalar bo‘yicha alohida
guruhlashtirilgan. Qo‘llanmaga ismlar va geografik nomlar ko‘r-
satkichi ilova qilingan.
2- jildiga  geologiya,  geoximiya,  minerologiya,  petrografiya
masalalariga  oid  adabiyotlar  kiritilgan.  „Yer  haqidagi  fanlar“


133
bo‘limida  ilmiy  kutubxonalarga  tuzilgan  KBK  jadvali  bo‘yicha
tartibga solingan. Ba’zan ular yanada mayda ruknlarda berilgan.
Masalan,  „Geoximiya“  bo‘limida  bioximiya,  petroximiya,  kon,
qazilmalar  geoximiyasi,  cho‘kindilar  va  metomorfiklar,  qidi-
rishning  va  razvedkaning  geoximik  usullari,  neft,  ko‘mir  va
suvlarning geoximiyasi kabi bo‘limchalar ochilgan. Cho‘kindilar
va jinslar genetik prinsiðga oid tartibga solingan. Ruknlar orasida
materiallar  alifbo  tartibida  berilgan  va  annotatsiyalanmagan,
ba’zida  tumanning  geografik  joylashishini  aniqlash  maqsadida
qisqa tushuntirish berilgan. Qo‘llanmada 3000 ga yaqin adabiyot
jamlangan. Ismlar va geografik nomlar ko‘rsatkichi ilova qilingan.
Ko‘rsatkichning 3- jildi geologiyaning tektonika, gemorfologiya
masalalariga oid 4000 dan ortiq materialni o‘z ichiga oladi. Ba’zi
adabiyotlarga annotatsiya berilgan, ayrimlarida tadqiqot predmeti
va  geografik  hududlar  haqida  qisqa  ma’lumot  berilgan.  Geo-
morfologiya  bo‘limida  adabiyotlar  KBK  jadvali  asosida  joy-
lashtirilgan. Bunda ham ismlar va geografik nomlar ko‘rsatkichi
berilgan. 4- jildida yer qatlamining geologik tarixi, stratigrafiya,
paleografiya  masalalariga  oid  ilmiy  asarlar,  maqolalar  berilgan.
Bilim  sohasining  bo‘limchalari  bo‘yicha  adabiyotlar  guruh-
lashtirilgan  va  alifbo  tartibida  joylashtirilgan,  annotatsiya  be-
rilmagan, ayrim hollarda qisqa tushuntirishlar berib ketilgan. 5-
jildida foydali qazilmalarga oid 5000 dan ko‘p adabiyot to‘plangan.
Bunda  adabiyotlar  yuqoridagi  tartib  bo‘yicha  joylashtirilgan  va
ismlar hamda geografik nomlar ko‘rsatkichi bilan ta’minlangan.
6- jildiga gidrologiya, tuproqshunoslik va muhandislik geologiyasiga
oid  adabiyotlar  kiritilgan.  Bunga  O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston
hududida  shu  sohada  olib  borilgan  qator  ilmiy  izlanishlar,
tadqiqotlarga oid adabiyotlar kiritilgan. Ular Òoshkent shahridagi
barcha yirik kutubxonalar fondidan, FA kutubxonasidan, Sankt-
Peterburgdagi Butunittifoq geologiya kutubxonasidan, Moskvadagi
davlat  kutubxonasi  fondidan  olindi.  2000  dan  ortiq  adabiyot
alifbo  tartibida  joylashtirilgan.  Ko‘rsatkichlar  mutaxassislarga
ma’lumot  olishda,  tegishli  masalalar  tarixini  o‘rganishda,
nashriyotchilik va kitobatchilik ishi tarixini o‘rganishda yordam
beradi.
Respublikamiz  kutubxonalarida  mashhur  kishilar  hayoti  va
ijodini  o‘rganish,  targ‘ib  qilish,  uning  jamiyat,  fan,  madaniyat,
ilmiy  faoliyat  va  texnika  taraqqiyotida  tutgan  o‘rnini  ko‘rsatish
maqsadida  biobibliografiyalar  ham  tuzib  boriladi.  Ular  alohida


134
nashr sifatida va turkumlar nomi bilan chiqarilgan. 1962- yildan
boshlab  „O‘zbekiston  olimlari  biobibliografiyasiga  doir
materiallar“, „O‘zbekistonning fan va madaniyat arboblari“ nomli
bibliografik turkumlar nashr etilgan. Ularni tayyorlashda va nashr
etishda FA asosiy kutubxonasi, ÒoshDU ilmiy kutubxonasi, FA
tizimidagi  institutlar  kutubxonalari,  oliy  o‘quv  yurtlari  kutub-
xonalari ishtirok etgan. Ularning tuzilishi deyarli bir xil. Ayrim
bo‘limchlardagi farqlar olim ijodining xususiyatiga bog‘liq holda
o‘zgarib  kelgan.
1. Olim  hayoti va  faoliyatining asosiy  sanalari.
2. Ilmiy va jamoatchilik faoliyatiga oid qisqacha ocherk.
3. Ilmiy  ishlarining  (alifbo  yoki  xronologik)  ro‘yxati.
4. Nashriyotchilik ishiga oid guvohnomalari.
5. Ilmiy-ommabop  va  publitsistik  ishlari.
6. Muharrirlik  faoliyati.
7. Òo‘plamlarda, vaqtli matbuot nashrlarida bosilgan ishlari.
8. Uning rahbarligida himoya qilingan nomzodlik va doktorlik
ishlari  ro‘yxati.
9. Opponentlik  qilgan  dissertatsiyalar  ro‘yxati.
10. Hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar ro‘yxati.
Bunday  tuzilish  barcha  biobibliografiyalarga  xos.  Ammo
ayrim ko‘rsatkichlarda ma’lum bir o‘zgarishlar uchraydi. Masa-
lan,  E.  N.  Korovinga  tuzilgan  ko‘rsatkichda  uning  nomi  bilan
ataluvchi  o‘simliklar  ro‘yxati  berilgan  bo‘lsa,  ximik  olim
S. Y. Yunusovga tuzilgan biobibliografiyada „Õèìèÿ ïðèðîäíûõ
ñîåäèíåíèé“  jurnalida  chop  ettirgan  maqolalari  alohida  bo‘-
limchada joylashtirilgan.
Òurkumning 1- ko‘rsatkichi mashhur sayohatchi olim, tadqi-
qotchi N. L. Korjenevskiyga bag‘ishlab 1962- yili O. V. Maslova,
A.  I.  Kormilitsin,  K.  F.  Nechayevalar  tuzuvchiligida  nashrdan
chiqqan. Ko‘rsatkich shu turkumdagi dastlabki ish bo‘lgani uchun
birmuncha sodda tuzilishga ega, mundarija va yordamchi apparat
bilan  ta’minlanmagan.  Ayrim  bibliografik  tavsiflarda  hamma
elementlar ham berilmagan, muharrirlik faoliyati haqidagi ada-
biyotlar alohida ajratib berilmagan. Olimning hayoti va ijodi haqida
qisqacha ocherk, xronologik tartibda asarlarining ro‘yxati, olimning
hayoti  va  ijodi  haqidagi  adabiyotlar  ro‘yxati  berilgan.
1969- yili M. G‘ulomova tomonidan ximik olim S. Y. Yunu-
sovning  hayoti  va  ijodiga  oid  biobibliografiya  nashr  qilindi.  Bu
avvalgi  ko‘rsatkichdan  ancha  farq  qiladi.  Olimning  hayoti  va


135
faoliyatining asosiy sanalari, ilmiy, pedagogik, ilmiy-tashkilotchilik
va jamoatchilik faoliyati haqida qisqacha ocherk, publitsistik va
ilmiy-ommabop  ishlariga  mualliflik  guvohnomalari,  hayoti  va
faoliyati  haqida  materiallar  kabi  bo‘limlarda  adabiyotlar  tartib
bilan joylashtirilgan. Yana bir ijobiy tomoni shundaki, adabiyotlar
annotatsiyalangan.  Olimning  1979- yil  nishonlangan  70  yillik
yubileyi munosabati bilan F. A. Blyaxarskaya biobibliografiyani
keyingi yillardagi adabiyotlar bilan boyitib, ayrim o‘zgartirishlar
bilan qayta nashr ettirdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘zbek tiliga
davlat  tili  maqomi  berilgunga  qadar  bu  turkumdagi  biobiblio-
grafiyalar,  asosan, rus  tilida nashr  etilgan. 1992- yildan  turkum
biobibliografiyalar o‘zbek tilida ham nashr etila boshlandi. 1992-
yilda professor, fizik va matematik F. B. Abutaliyev, professor O.
Sodiqovga tuzilgan bibliografiyalar o‘zbek tilida nashr etildi.
„O‘rta Osiyo o‘lka patalogiyasi“ turkumidagi 3 ta ko‘rsatkichni
Respublika ilmiy-tibbiyot kutubxonasi nashrdan chiqardi. 1- nashri
„O‘rta Osiyoda bezgak“ 1878 — 1961- yillarda chiqqan adabiyotlar
olingan. Ular O‘rta Osiyoda kasallikning tarqalishi masalalariga
oid  o‘rta  osiyolik  tibbiyot  xodimlarining  alohida  asarlari  va
maqolalaridan  iborat.  Uni  tuzishda  barcha  yirik  kutubxonalar
fondi,  1771 — 1735- yillardagi  adabiyotlarni  o‘z  ichiga  olgan
„Áèáëèîãðàôèÿ  ìàëÿðèÿ“  ko‘rsatkichidan  foydalanilgan.
Ko‘rsatkich 9 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, 1405 nomdagi materiallar
meditsinaning sohalari bo‘yicha alifbo tartibida joylashtirilgan. U
ismlar  va  geografik  nomlar  ko‘rsatkichi,  manbalar  nomlarining
qisqartmalar ro‘yxati bilan ta’minlangan. 2- ko‘rsatkichi „Ëåéø-
ìàíèîçû. Ãåëüìèíòîçû (1871 — 1962 ãã)“ yuqumli kasalliklarga
oid  3  ta  mustaqil  ko‘rsatkichdan  iborat.  Unda  2067  nomdagi
materiallar  alifbo  tartibida  joylashtirilgan,  mualliflar,  geografik
nomlar ko‘rsatkichi, manbalar va ularning qisqartmalari ro‘yxati
berilgan.
Òurkumning 3- nashri „Çàáîëåâàíèå ëèõîðàäêè. Âîçâðàò-
íûé òèô. Ãåëèîòðîïíûé òîêñèîç. Ýíöåëüôàëèò (1900 — 1963
ãã.)“ ko‘rsatkichi 6 ta mustaqil ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Ular  rus  tilidagi  1736  nomda  adabiyotlar  alifbo  tartibida  joy-
lashtirilgan. Uchalasi uchun umumiy ismlar ko‘rsatkichi, geografik
nomlar  ko‘rsatkichi  berilgan.
Respublika  Ilmiy  tibbiyot  kutubxonasi  „O‘zbekistonda  tib-
biyot“  turkumida  retrospektiv  ko‘rsatkichni  nashrdan  chiqardi.
Ko‘rsatkich O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va tabobat masalalariga


136
oid deyarli 100 yillik (1868 — 1968- yillar) davrdagi adabiyotlarni
qamrab olgan, kurortologiya, venerologiya, dermatologiyaga oid
adabiyotlar berilmagan. Bu yo‘nalishda ko‘rsatkich tuzish vazifasi
Semashko  nomidagi  kurortologiya  va  fizioterapiya,  teri-
vennereologiya institutiga topshirilgan. Ko‘rsatkichga tabobatning
42  ta  yo‘nalishidagi  masalalarga  oid  adabiyotlar  kiritilgan.
Òurkumning  1-  ko‘rsatkichi  „O‘zbekistonda  sog‘liqni  saqlash,
tabobat  tarixi.  O‘zbekistonda  sog‘liqni  saqlash  ishining  tashkil
qilinishi. O‘zbekistonda tabobat, sanitariya, gigiyena“ nomi bilan
chiqqan.  Materiallar  3  ta  yirik  bo‘limda,  bo‘limchalar  ichida
alifbo tartibida joylashtirilgan. 2- ko‘rsatkich xirurgiya, ortopediya,
travmotologiya masalalariga oid. Bunda ismlar ko‘rsatkichi ilova
qilingan.  3- ko‘rsatkich  „Ichki  kasalliklar“  yuqoridagi  ko‘rsat-
kichlar  kabi  xususiyatlarga  ega.  „Tilshunos  olimlar“,  „TDMI
olimlari“  kabi  bir  qator  turkum  bibliografiyalar  nashr  etilgan.
Bular  o‘z  yo‘nalishida  mutaxassislarga,  talabalarga,  ishchi  va
xizmatchilarga, shu masalalarga qiziquvchi barcha kitobxonlarga
mo‘ljallangan,  ularning  mehnat  faoliyatida,  bilim  saviyalarini
oshirishda katta yordam beradi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish