O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Asosiy  tushuncha — o‘lkashunoslik  bibliografik  qo‘llanmalar.


123
O‘lkashunoslik  bibliografik  qo‘llanmalar  tizimi
haqida  umumiy  tushuncha
O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar — mamlakatning bir
hududiga oid adabiyotlarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardir. Hozirgi
paytda  o‘lkashunoslik  bibliografik  qo‘llanmalar  tizimining
nazariyasi, metodologiyasi ishlab chiqilgan. Bu sohada pedagogika
fanlari  nomzodi  H.  Mamatraimova  maxsus  ilmiy-tadqiqot  ishi
olib borgan. Bu qo‘llanmalar kitobxonlarning u yoki bu o‘lkaga
oid  ilmiy,  o‘quv,  ishlab-chiqarishga  oid,  ilmiy-ommabop  ax-
borotga  bo‘lgan  talablarini  qondirishga  mo‘ljallangan.  Qo‘l-
lanmalarning  kitobxonlari  ilmiy  xodimlar,  talabalar,  professor-
o‘qituvchilar,  maktab  o‘qituvchilari,  o‘quvchilar,  rahbar
xodimlar,  madaniyat  va  san’at  xodimlari,  tashkilot  va  muassa-
salarning rahbarlari va boshqalar bo‘lib, ularning o‘z sohalarida
yutuqlarga erishishlari uchun, bilim malakalarini oshirib borishlari,
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari uchun yordam beradi.
Maqsadi — kitobxonlarni o‘lkaga, Vataniga mehr-muhabbat ruhida
tarbiyalash,  tarixiy-o‘lkashunoslik  bilimlarini  takomillashtirib
borish.  O‘lkashunoslik  o‘tmishdan  kelajakka  yo‘l  ochib  beradi.
O‘lkashunoslik kutubxona-bibliografik manbalarining bosh bo‘g‘ini
va  kitobxonlarning  hujjat  va  axborotlarga  bo‘lgan  talablarini
qondirishning asosi — o‘lkashunoslik fondidir. Unda kitob, risola,
boshqa turdagi matbuot asarlari, hatto qo‘lyozma manbalar ham
to‘planadi.  Bu  hujjatlar  mahalliy  hokimiyat  organlarining  ish
faoliyatini  yoritadi,  o‘lkada  hayotning  u  yoki  bu  tomonini
yaxshilashga,  rivojlantirishga  yordam  beradi,  bundan  tashqari,
o‘z kutubxonasiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes korxonalari,
ishlab chiqarish idora-tashkilotlari uchun zarur axborot manbayi
ham hisoblanadi. O‘lkashunoslik fondi muntazam va retrospektiv
tarzda to‘ldirib boriladi. Kundalik to‘ldirishda kutubxona fondiga
kelib  tushayotgan  adabiyotlar  va  hujjatlar  orasidan  o‘lkaga  oid
adabiyotlar  ajratib  olinadi.  Retrospektiv  to‘ldirishda  turli  man-
balardan  foydalanish  mumkin.
O‘lkashunoslik bibliografik manbalarning keyingi tarkibiy qismi
MBA o‘lkashunoslik fondi tarkibi va mazmuni yoritib boriladi,
iste’molchilarga  o‘lkashunoslik  kutubxona-bibliografiya  xizmati
ko‘rsatiladi, tashkilot va muassasalar o‘lka haqidagi bibliografik
axborot  bilan  ta’minlanadi.  MBA  o‘lkashunoslik  katalog  va
kartotekalaridan,  ma’lumotnoma  nashrlaridan,  o‘lkaga  bag‘ish-
langan  turli  bibliografik  ko‘rsatkichlardan,  bajarilgan  ma’-


124
lumotnomalar  fondidan  iborat  bo‘ladi.  Uning  eng  asosiysi
o‘lkashunoslik kartotekasidir. Unda o‘lkaga oid barcha hujjatlar
to‘planadi:  kitoblar,  risolalar,  ularning  bo‘limlari,  boblari,
qismlari,  maqolalar,  fotoalbomlar,  xaritalar,  kino-fotohujjatlar,
tasviriy  san’at  asarlari,  musiqa-nota  asarlari,  elektron  veb
sahifalar,  internet  materiallari,  multimedialar,  kompakt  disklar
va  boshqalar.  Ma’lumotnoma  nashrlari  fondi  ensiklopediyalar,
spravochniklar,  lug‘atlar,  fotoalbomlar,  yo‘l  ko‘rsatkichlari,
xaritalar  va  boshqalardan  tashkil  topadi.  O‘zbekistonda  viloyat,
shahar,  tumanlarga  oid  „Toshkent“  ensiklopediyasidan  boshqa
birorta ensiklopediya yo‘q.
Spravochniklar ko‘proq nashr etilgan. XX asrning 70 — 80-
yillarida respublikamizning deyarli barcha viloyatlari, shaharlariga
oid  ma’lumotnoma  nashrlar  chop  etilgan.  Masalan:  Andijon,
Samarqand,  Namangan,  Buxoro,  Bekobod,  Angren,  Chirchiq
va hokazo. Yo‘l ko‘rsatkichlaridan „Ìóçåè Òàøêåíòà“, „Óëèöû
Òàøêåíòà“, „Toshkent teatrlari“,„Samarqand“, „Toshkent dar-
vozalari“  va  boshqalar,  fotoalbomlardan  „Qashqadaryo“,
„Surxondaryo“,  „Termiz“,  „Xiva“,  „Buxoro  —  ochiq  osmon
ostidagi  muzey“,  „Xiva — ming  gumbaz  shahri“  va  boshqalar,
xaritalar,  to‘plamlar,  telefon-spravochniklar,  manzillarni  ko‘r-
satuvchi  kitoblar  va  boshqalar  o‘lkashunoslik  fondini  tashkil
etadi.  O‘lkashunoslik  qo‘llanmalari  mazmuni,  ahamiyati,  o‘lka
haqidagi adabiyotlarning nashr joyi belgilariga ko‘ra shakllanadi.
O‘lkaga  oid  bibliografik  qo‘llanmalar  tuzilmasi  o‘lka  haqidagi
adabiyotlarni  aks  ettiruvchi  qo‘llanmalar  va  mahalliy  matbuot
ko‘rsatkichlarini  o‘z  ichiga  oladi.  1983- yil  Òoshkentning  2000
yilligi  munosabati  bilan  „Toshkent“,  „Toshkent — o‘tmishda,
bugun va kelajakda“ (o‘zbek va rus tillarida), 1970- yil rus tilida
nashr  etilgan  „Èñòîðèÿ  Ñàìàðêàíäà  è  Ñàìàðêàíäñêîé
îáëàñòè“, 1974- yilda „×òî ÷èòàòü î Õèâå“, 1969- yilda „×òî
÷èòàòü î Ñàìàðêàíäå“ ko‘rsatkichlarini misol keltirish mumkin.
O‘lkaga  oid  adabiyotlarning  bibliografik  qo‘llanmalari:

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish