42
dunyosi“, „Ibn Sino“, „Biblioteka“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“,
„Bibliografiya“, „Klub“, „KPR“ kabi jurnallar maxsus jurnal-
lardir.
„Inson va qonun“ — O‘zbekiston respublikasining huquqiy,
ijtimoiy ommabop jurnali Adliya vazirligi tomonidan 1996- yil
yanvardan boshlab nashr etiladi. Avval oyda bir marta, 1998-
yil yanvaridan mustaqil haftalik gazeta sifatida nashr etilgan.
Asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
shakllantirish, aholini O‘zbekiston va jahon qonunchiligidagi
o‘zgarishlar bilan tanishtirib, tushuntirib, sharhlab borish,
jinoyatchilik ildizlarini ochish va bu ishga keng jamoatchilikni
jalb etishdan iborat.
„O‘zbekiston matbuoti“ — O‘zbekiston Matbuot va axborot
agentligi, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston jurna-
listlari ijodiy uyushmasi ta’sis etgan 2 oyda bir marta chiqadigan
ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-siyosiy jurnal. Dastlab „Turkiston
matbaachisi“ („Òóðêåñòàíñêèé ïå÷àòíèê“, 1918 — 24- y.)
nomi bilan o‘zbek va rus tillarida yaxlit holda oyda 2 marta,
1928 — 38-yillarda uning o‘rniga o‘zbek tilida „Muxbirlar
yo‘ldoshi“, 1939 —1941- yillarda „Bolshevistik matbuot“, 1924 —
25- yillarda rus tilida „Íàø ðàáêîð“, 1927-28- yillarda
„Òðèáóíà ðàáêîðà“, 1952 — 1964- yillarda o‘zbek
va rus tillarida
„Mahalliy matbuot xodimlariga yordam“ („Â ïîìîùü
ðàáîòíèêàì ìåñòíîé ïå÷àòè“), 1965 — 68- yillarda
„O‘zbekiston matbuoti“ („Ïå÷àòü Óçáåêèñòàíà“), 1969 — 1990-
yillarda „Muxbir“ („Êîððåñïîíäåíò“), 1991- yildan boshlab
yana „O‘zbekiston matbuoti“ nomi bilan chiqa boshladi.
Jurnalda
respublika ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari,
nashriyotlar, bosmaxonalar, kitob savdosi, ijodiy uyushmalar
faoliyati haqida materiallar beriladi.
„O‘zbekiston tibbiyot jurnali“ — O‘zbekiston va Qoraqal-
pog‘iston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar
bo‘limlari, Òoshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqar-
masi bir yilda 6 marta o‘zbek va rus tillarida nashr qiladigan
ilmiy-amaliy jurnal. 1922- yildan „Turkiston tibbiyot jurnali“,
„O‘rta Osiyo tibbiyot jurnali“, 1926- yildan „O‘zbekiston tib-
biyot jurnali“ nomi bilan chiqqan. 1941 — 53- yillarda vaqtincha
nashr etilmagan. Jurnalning vazifasi O‘zbekistonda sog‘liqni
saqlash tizimidagi islohotlarni, ilmiy-amaliy yutuqlarni targ‘ib
qilish, epidemiologiya, sanitariya, ekologiya, dorishunoslik
44
chiqqan. Ikkinchi jahon urushi yillarida moddiy imkoniyat bo‘l-
maganligi sababli nashr etish to‘xtatilgan. 1946- yildan boshlab
„Sharq yulduzi“ nomi bilan chiqa boshlagan. Unda o‘zbek, qar-
dosh xalqlar, xorijiy adabiyot namunalari, adabiyotshunoslikka
oid materiallar nashr etiladi. Jurnalga Oybek, A. Qah-
hor, Uyg‘un, A. Muxtor, H. G‘ulom, Mirmuhsin, O‘. Hoshi-
mov, O. Muxtorlar muharrirlik qilganlar. 2005- yildan Minho-
jiddin Mirzo muharrirlik qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: