O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Aleksandr  Ivanovich  Kormilitsin



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Aleksandr  Ivanovich  Kormilitsin — mashhur  kutubxona-
shunos,  bibliograf,  kitobshunos  va  o‘lkashunos  olimlardan  biri.
A. I. Kormilitsin 1915- yili 21- dekabrda Moskva viloyatida dehqon
oilasida tavallud topgan. Oilaviy sharoitga ko‘ra mehnat faoliyatini
juda  vaqtli  boshlagan.  7  yillik  maktab  dasturini  mukammal
o‘zlashtirib  olgandan  so‘ng,  Moskva  pedagogika  texnikumiga
o‘qishga  kiradi.  1936 — 1937- yillarda  boshlang‘ich  maktabda
geografiyadan  dars  beradi  va  institutga  o‘qishga  kirish  uchun
tayyorgarlik  ko‘radi.  1941- yil  Moskva  tarix-arxiv  institutini
tarixchi-arxivchi  mutaxassisligi  bo‘yicha  imtiyozli  diðlom  bilan
tugatadi.  1947- yildan  Kemerova  shahar  musiqa  bilim  yurtida
tarixdan dars beradi. 1953- yil oilaviy sharoitiga ko‘ra Òoshkentga
ko‘chib keladi. 19 yil Òoshkent davlat universiteti kutubxonasida
bibliograf,  katta  bibliograf,  bo‘lim  mudiri  vazifasida  ishladi.  U
ÒoshDU faoliyati haqida dastlabki materiallarni to‘plash borasida
ko‘pgina ishlar qildi va „ToshDU tarixiga oid materiallar“ nomli
annotatsiyalangan  ko‘rsatkich  tuzadi,  kutubxonaning  ma’lu-
mot-bibliografiya apparatini tuzishda ishtirok etadi. U „Gazeta-
jurnal  maqolalarining  umumiy  kartotekasini“,  „O‘rta  Osiyo  va
Qozog‘iston“  hududiy  o‘lkashunoslik  kartotekasini,  taqrizlar,
avtoreferatlar, universitet olimlari ishlarining kartotekasini tuzadi.
1968- yil ishlab chiqarishdan uzilmagan holda „Inqilobgacha
Òurkistonda  kutubxonachilik  ishi  tarixi“  mavzusida  nomzodlik


151
ishini tayyorladi va 1970- yili himoya qiladi. Kutubxonada „1936 —
1951- yillarda O‘zbekistonda himoya qilingan nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalarining  ko‘rsatkichi“ni  tayyorlab,  1954- yil  nashr
ettirdi.  Unga  592  ta  dissertatsiyaning  bibliografik  ma’lumotlari
kiritilgan, 1956- yili „O‘rta Osiyo davlat universitetining nashrlari
ko‘rsatkichi“ning 1922 — 1956- yillarda nashr etilgan materiallarni
aks ettirgan 2- sonini tayyorlashda ishtirok etadi. Ilmiy faoliyatdagi
yangilik  „Biologiya-tuproqshunoslik  fakulteti  antropologiya
kafedrasining  1923 — 1959- yillardagi  ekspeditsiyalari“  obzor
ko‘rinishidagi  ishini  1964- yil  nashr  ettirdi  va  unda  29  ta
antropologiyaga oid ekspeditsiyalar haqida ma’lumot beradi. 1968-
yil nashr etilgan „Inson va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasining
1925 — 1966- yillardagi  ekspeditsiyalari“  nomli  ishida  28  ta
fiziologiyaga oid ekspeditsiyalar va ularning Markaziy Osiyo va
O‘zbekiston  bo‘ylab  safarlari  haqida  ma’lumot  keltirilgan.
Kormilitsin 1970- yil nashr etilgan „ToshDU tarixi va faoliyatiga
oid materiallar“ nomli ishning tashabbuskori va ishtirokchisi edi.
Unda universitet faoliyatiga oid 1918 — 1966- yillarni o‘z ichiga
olgan 2000 dan ortiq bosma va qo‘lyozma asarlar haqida ma’lumot
berilgan.  Materiallar  fakultetlar,  kafedralar,  ilmiy-tadqiqot
isntitutlariga  ko‘ra  tartibga  solingan.  Kormilitsin  olimlarning
bibliografik ko‘rsatkichlarini tuzishda ham faol ishtirok etdi. Ham-
korlikda  „Nikolay  Leopoldovich“,  „Obid  Sodiqovich  Sodiqov“
(rus tilida), „Aleksandr Sergeyevich Uklonskiy“, „Toshmuham-
mad  Aliyevich  Sarimsoqov“,  „Ilariya  Alekseyevna  Raykova“,
„Vladimir Ivanovich Popov“ kabi biobibliografiyalarning nashrdan
chiqishida muhim rol o‘ynadi. Bibliografiya amaliyotida birinchi
marta  olim  rahbarligida  yoqlangan  dissertatsiyalar  haqida,
opponentlik  qilgan  ishlari  haqida  ma’lumotlar  beradi.  1974- yil
Abu  Rayhon  Beruniy  tavalludining  1000  yilligi  munosabati
bilan „Abu Rayhon Beruniy“ bibliografiyasini nashr etadi. Unda
olim hayoti va faoliyatining asosiy sanalari, asarlarining ro‘yxati,
u  haqdagi  ko‘plab  asarlar  ro‘yxati  berilgan.  Ustoz  20  yildan
oshiq  vaqt  Madaniyat  institutining  kutubxonachilik  fakultetida
dars berdi. Kutubxonachilik ishi, kitob ishi, qo‘lyozma kitoblar
tarixi, O‘zbekistonning madaniyati tarixiga oid ko‘plab maqolalar
e’lon qildi. So‘nggi ish biri „Âèäíûå áèáëèîòåêîâåäû è áèáëèî-
ãðàôû  Óçáåêèñòàíà“  nomli  ma’lumotnomada  respublikamiz
madaniyatida o‘ziga xos o‘rin tutgan, kutubxonashunos va biblio-
graflar  haqida  to‘la  ma’lumotlar  berilgan.


152

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish