O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik  faoliyat — iste’molchilarning  bibliografik  axbo-
rotga  bo‘lgan  talabini  va  ehtiyojini  qondirish  bo‘yicha  faoliyat
sohasi  bo‘lib,  uning  mazmuni  bibliografik  axborotni  tayyorlash
va  uni  iste’molchiga  talabi  va  qiziqishiga  ko‘ra  yetkazib  berish
jarayonidan iborat. Bibliografik axborotni tayyorlash bibliografik
aniqlash,  bibliografik  qidirish,  bibliografik  qayta  ishlov  berish,
bibliografik  tanlash,  bibliografik  guruhlashtirish  jarayonlaridan
iborat bo‘lib, bibliografiyalash deb ataladi. Bibliografik axborotni
iste’molchiga ma’lum bir vositalar va usullar yordamida yetkazib
berish  jarayoni  bibliografik  xizmat  deyiladi.  Bunda  ma’lumot-
bibliografiya  apparatini  tashkil  etish,  ma’lumot-bibliografiya
xizmati  ko‘rsatish,  bibliografik  axborotlashtirish  va  axborot
ta’limi nazarda tutiladi.
Bibliografik faoliyatning hamma jarayonlari o‘zaro bog‘liq va
bir-birini to‘ldiradi. Hozirgi davrda ularning hammasi axborotga
birlamchi  ishlov  berish, olingan  natijalardan samarali  va  ko‘p
marta va  ko‘p  maqsadli  foydalanish, avtomatlashgan  texnolo-
giyani  qo‘llashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Bibliografiyalashning
obyekti bo‘lib hujjat yoki uning qismi xizmat qiladi. Bibliografik
axborotni  ishlab  chiqish  jarayoni  bir  qancha  o‘ziga  xos  xususi-
yatga  va  o‘ziga  mos  vositalar,  usullar,  yakuniy  xulosalarga  ega
jarayonlar  yig‘indisi  bo‘lib,  u  analitik-sintetik  ishlovga  asoslan-
gan yagona texnologik va ijodiy jarayondir. Bir vaqtning o‘zida bu
jarayonda zarur axborot to‘planadi va unga baho beriladi, olingan
ma’lumotlar  umumlashtiriladi,  tegishli  maqsadga  qaratilgan
yo‘nalishda va shaklda axborot uzatiladi.
Bibliografik aniqlash — belgilangan mezonlarga ko‘ra hujjatlarni
bibliografiyalash obyekti sifatida aniqlash jarayonidir. Bibliografik
tanlash — tanlangan  materiallar  orasidan  keyingi  bibliografik
ishlovga mos holda hujjatlarni ajratib olish. Bunda hujjatning ilmiy
ahamiyati, axborotga to‘laligi, obyektivligi, bibliografik axborotga
mosligi  hisobga  olinadi.  Bibliografik  qidirish — bibliografik
ma’lumotlarga asoslangan axborot qidiruvi. Bu adresli, mavzuli,
aniqlovchi, faktik va boshqa xil bo‘lib, zamonaviy axborot resurs-
larini,  bibliografik  qo‘llanmalarni,  ma’lumotlar  bazasi  va
ma’lumotlar bankini bilishga asoslanadi hamda ilmiy asoslangan


20
dastur  asosida  olib  boriladi.  Bibliografik  qidiruvning  umumiy
dasturi  o‘ziga  xos  mantiqiy  zanjirni  hosil  qiladi  va  maqsadga
hamda ilmiy natijalarga erishishga qaratilgan bo‘ladi. Bibliografik
ishlov —bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida,
kartotekalar,  bibliografik  ko‘rsatkichlar,  qo‘llanmalar  va  zamo-
naviy  elektron  katalogda  aks  ettirish  uchun  bajariladigan
jarayonlar  yig‘indisi.  Bibliografik  ishlov  bibliografik  tavsifni
tuzish,  bibliografik  yozuv  elementlarini  aniqlash,  tavsif  boshini
shakllantirish, indekslash, annotatsiyalash yoki referat tuzish va
boshqa  elementlarni  berish  bo‘lib,  uning  maqsadi  hujjatni
tanlash, o‘rganish, o‘qish, ko‘rib chiqish, qo‘shimcha materiallar
bilan  tanishish,  asar  haqidagi  ma’lumotlardan  foydalanish,
tanqidiy  maqolalarni  ko‘rib  chiqish  jarayonida  u  haqda  to‘liq
axborot  tayyorlash  va  uni  iste’molchiga  yetkazish  maqsadida
chiqish ma’lumotlarini tayyorlashdan iborat. Asarni indekslashga
asarni mazmuniga ko‘ra bilim sohalari yoki fan tarmoqlari bo‘yicha
sistemalashtirish va predmetlashtirish kiradi. Sistemalashtirish 
belgilangan axborot-qidiruv tili qoidasiga ko‘ra indekslar qo‘yib
chiqish va shu asosda tartiblashtirishdan iborat. Predmetlashtirish 
predmet  rubrikalari  tili  yordamida  predmetli  indekslash.  Bib-
liografik  guruhlashtirish — bibliografik  yozuvni  hujjatlarning
xususiyatlariga ko‘ra ajratish. Maqsad — samarali axborot berish
uchun  bibliografik  yozuvni  tartibga  solish,  bir  tizimda  yetkazib
berish. Bibliografik faoliyatda bibliografik tavsifni tuzish muhim va
mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Bibliografik tavsifni tuzishga oid
bir qator standartlar qabul qilingan. Lekin hali shu kunga qadar
O‘zbekiston  kutubxonalari  uchun  alohida  GOSÒ  qabul  qilin-
magan,  barcha  respublikalar  kabi  bizda  ham  GOSÒ  7.1.-84,
GOSÒ 7.12-93, GOSÒ 7.1-2003, GOSÒ 7.40-82, GOSÒ 7.70-
2003  lardan  foydalaniladi.  Bibliografik  tavsif  bir  qancha
elementlardan  iborat.  Òavsif  elementlari  majburiy  va  fakultativ
elementlardan  tashkil  topadi  va  quyidagi  tavsif  sohalarini  aks
ettiradi:
Òavsif  boshi.  Sarlavhalar  va  javobgarlik  haqidagi  soha.  —
Nashr  sohasi.  —  Chiqish  ma’lumotlari  sohasi.  —  Sonli
xarakteristika  sohasi.  —  Seriyalar  sohasi.  —  Eslatmalar  sohasi.-
Xalqaro  standart  kitob  raqami,  bahosi  va  adadi  sohasi.
Har bir soha boshqasidan nuqta va chiziqcha bilan ajratiladi.
Har  bir  element  ma’lum  bir  ma’noga  ega  bo‘lgan  bibliografik
belgi  bilan  ajratiladi  va  ular  matnni  tushunishga,  bibliografik


21
axborotni tayyorlashni avtomatlashgan holda olib borishga yordam
beradi. Sohalar va elementlar uchun quyidagi belgilar qo‘llaniladi:
(.-)  nuqta  va  chiziqcha;  (.)  nuqta;  (,)  vergul;  (:)  ikki
nuqta; (;)  nuqtali vergul;  (/) qiyshiq  chiziq; (//)  ikkita qiyshiq
chiziq;  ((  ))  dumaloq  qavs;  ([  ])  kvadrat  qavs;  (+)  qo‘shuv;
(=)  barobar.
Bibliografik  ma’lumotlar  nashrda  qanday  berilgan  bo‘lsa,
shundayligicha olinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar kutubxona kata-
loglaridan, ma’lumotnoma nashrlardan, bibliografik ko‘rsatkich-
lardan  olinadi.  Bibliografik  ma’lumotlar  uchun  muqova,  sar-
varaq,  avantitul,  titul  varag‘i  orqasi,  asar  matni  xizmat  qiladi.
Monografik  bibliografik  tavsif  namunasi  quyidagicha  (maj-
buriy  elementlar qora  rangda  berilgan).

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish