O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Alisher  Navoiy  nomli  O‘zbekison  Milliy  kutubxonasi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Alisher  Navoiy  nomli  O‘zbekison  Milliy  kutubxonasi
axborot  va  bibliografiya  markazi  sifatida
Mamlakatimizda uzoq tarixga ega bo‘lgan kutubxona Alisher
Navoiy  nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasidir.  1867- yili
16- avgustda Òurkiston general-gubernatori K. P. Kaufman Xalq
maorifi vazirligiga Òurkistonda kutubxona tashkil etish va kitob
omborlaridan dublet nusxali kitoblarni ajratish hamda shu asosda
kutubxona tashkil etishga yordam so‘rab murojaat qiladi. 1870-
yil  mayida  200  nomdagi  2200  adabiyot  to‘planib,  Òoshkent
ommaviy  kutubxonasi  yadrosi  tashkil  etiladi  va  kutubxona
ochiladi. O‘lkashunos olim, kuchli bibliofil va kutubxonashunos
N.  V.  Dmitrovskiy  shu  kutubxonaning  birinchi  direktori  etib
tayinlanadi.
Navoiy  nomidagi  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  kutub-
xonasi  2002- yil  20- fevralda  e’lon  qilingan  Respublikamiz
Prezidentining  „Ilmiy-tadqiqot  faoliyatini  takomillashtirish
to‘g‘risida“gi Farmoniga ko‘ra Respublika ilmiy-texnika kutubxo-
nasi  bilan  birgalikda  qo‘shilib,  Alisher  Navoiy  nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi“ deb qayta tashkil etildi. Shu yil
4- iyuldagi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  bilan  Milliy  kitob
palatasi ham Milliy kutubxona tarkibiga o‘tkazildi. Milliy kutubxona
respublikamizning  davlat  kutubxonasi,  axborot  va  madaniy-


156
ma’rifiy  muassasasi  bo‘lib,  kutubxonachilik,  bibliografik,  ilmiy-
tadqiqot,  ilmiy-uslubiy  va  axborot  faoliyatini  olib  boradi.
Kutubxonaning  asosiy  maqsadi — butun  insoniyat  bilimini  aks
ettirgan,  O‘zbekistonga  va  uning  milliy  manfaatlariga  taalluqli
barcha  turdagi  hujjatlarning  universal  fondini  yig‘ish,  saqlash
hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir.
Hozirgi  kunda  kutubxona  jahonning  75  tilidagi  deyarli  10
mln nusxa hujjatga ega, undan 3 mln dan ortig‘i o‘zbek milliy
matbuotini  tashkil  etadi.  Har  yili  kutubxonaga  15 — 20  ming
nusxa  hujjat  olinadi.  Kutubxona  1956- yildan  Xalqaro  kitob
almashuv tizimida ish olib boradi va jahonning 24 davlatidan 30
dan ortiq tashkilot bilan hamkorlik qiladi. Kutubxonada 20 dan
ortiq  bo‘lim  mavjud  bo‘lib,  kitobxonlarga  kutubxonachilik,
bibliografik va axborot xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 250 mingdan ortiq
nashrga  ega  bo‘lgan  „Noyob  va  nodir  adabiyotlar  bo‘limi“,  7
mln dan ortiq hujjatni saqlovchi „Asosiy fondni saqlash bo‘limi“,
260  ming  hujjatni  saqlovchi  „Fondlarni  depozitlar  saqlash
bo‘limi“,  35  mingdan  ortiq  fondga  ega  bo‘lgan  „Bibliografik
ma’lumot nashrlar fondi“, 80 mingdan ortiq o‘zbek mumtoz va
jahon  musiqasi  ovozli  yozuvlari,  musiqa-nota  nashrlari,  150
mingdan  ortiq  tavsiriy  va  amaliy  san’at  asarlari  to‘plangan
„Madaniyat  va  san’at  bo‘yicha  ilmiy-axborot  bo‘limi“,  „Ku-
tubxonachilik  ilmiy-marketing  tadqiqotlari  markazi“,  „Avto-
matlashtirish  yangi  axborot  texnologiyalar  bo‘limi“,  „Ilmiy-
uslubiy  bo‘lim“,  „Milliy  bibliografiya  bo‘limi“,  „Axborot-
ma’lumot  xizmati  bo‘limi“  kabilar  mavjud.
Kutubxona  Respublikamiz  kutubxonalari  uchun  ancha  yil-
lardan beri kutubxonashunoslik, o‘lkashunoslik ishi va bibliografiya
ishi bo‘yicha asosiy uslubiy markaz va rahbar vazifasini bajarib
kelgan. Kutubxonaning birinchi direktori N. V. Dmitrovskiy rus
kitoblari fondining katalogini, keyingi direktori S. A. Lidskiy esa
alifbo  katalogini  tuzganlar.  Shuningdek,  boshqa  mamlakatlar
kutubxonalarining bibliografik nashrlari, respublikada tuzilayotgan
barcha turdagi bibliografik nashrlar, ma’lumotnoma-nashrlar ham
to‘plab  borilgan.  1980- yildan  Milliy  bibliografiya  bo‘limi,
ma’lumot-bibliografiya  bo‘limi,  axborot-bibliografiya  bo‘limlari
alohida  tashkil  etildi.  Bo‘limlar  tashkil  etilganidan  beri  nashr
qilingan barcha bibliografik mahsulotlar, har yili nashr etiladigan
kutubxonachilik va bibliografiya ishi, kitob ishiga oid barcha rasmiy
hujjatlar, davlat hujjatlari, vaqtli matbuot nashrlari, shuningdek,


157
Dmitrovskiy, Dorn, Maslova, Avsharova, Semyonovlar tomoni-
dan tuzilgan va bizga meros bo‘lib qolgan barcha ko‘rinishdagi
ko‘rsatkichlar  nodir  manba  sifatida  saqlanadi.  Hozirgi  paytda
quyidagi  kataloglar  yuritiladi:  alifbo,  sistemali,  guruhli  ishlash
materiallarining sistemali katalogi, avtoreferatlar sistemali katalogi,
notalarning  alifbo  katalogi,  geografik  kartalar  katalogi,  chet  el
adabiyotlarining alifbo va sistemali katalogi, jurnal va gazetalarning
alifbo  katalogi,  noyob  nashrlarning  alifbo,  predmet,  mavzuli
katalogi, elektron katalog, mamlakatning yig‘ma elektron katalogi.
Kutubxona turli yo‘nalishlarda bibliografik mahsulotlar tay-
yorlaydi  va  nashr  etadi:

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish