Trekerning asosiy vazifasi – belgilangan vaqt davomida inkubatsiya/akseleratsiya dasturining belgilangan ishtirokchisi bilan professional munosabatlarni rivojlantirishdir.
Treker yoʻnalishni koʻrsatib beradi va qaror qabul qilishda yordam beradi.
Treker rahbarga jamoa bilan va uning ichida aloqa oʻrnatishga yordam beradi.
Treker jamoa bilan oʻz tajribasini boʻlishadi.
Treker tashkiliy va texnik muammolarni hal qilishda yordam beradi.
Treker dastur ishtirokchisi haqidagi maxfiy maʼlumotlarni saqlaydi.
Treker individual ravishda kompaniya rahbari bilan ham, butun jamoa bilan ham ishlashi mumkin.
Uchrashuv davomida, hozirgi vaziyatni, maqsadlar va rejalarni tahlil qilish, jamoaning nima qilayotgani va buni nima uchun qilayotganini tahlil qilish, kelgusi hafta uchun asosiy ustuvor maqsadlarni shakllantirish.
Har qanday texnik va tashkiliy muammolarni muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish.
Belgilangan maqsadlarga erishish sari olgʻa siljish bor-yoʻqligini aniqlash uchun dastur ishtirokchisi ustidan monitoring olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |