4-Trekerlik nima?
Treker IT-Parkning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlaridagi muhim boʻgʻin hisoblanadi. U yosh startapga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, uning ishlarini yoʻlga qoʻyishda u bilan ishlaydi va bosqichma-bosqich uni “gʻoya” dan “minimal rivojlangan mahsulot” darajasigacha amalga oshirishga va uni bozorga chiqarishga yordam beradi.
Treker uning rahbarligi ostida faoliyatini olib borayotgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishtirokchisining kasbiy rivojlanishi uchun javobgardir.
Treking – bu treker dastur qatnashchisiga yordam beradigan, startapga oʻz gʻoyasini mahsulot yoki xizmatga aylantirishi uchun yordam beradigan va uning ishini toʻgʻri yoʻnaltiradigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |