O`zbek xonliklari


-§. Amirlik davlat tizimi va ma`muriy boshqaruvi



Download 1,33 Mb.
bet3/47
Sana17.04.2022
Hajmi1,33 Mb.
#558276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Iii bob. Buxoro Amirligi 13-§. Buxoroda mang`itlar sulolasi hukm

14-§. Amirlik davlat tizimi va ma`muriy boshqaruvi


Davlat tizimiga ko`ra Buxoro - monarxiya davlati bo`lib, davlat tepasida amir, ya`ni yakka mustabid hukmdor turgan; hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo`lib, butun hokimiyat uning qo`lida to`plangan. Hukmdor davlatni o`zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlar (arkoni davlat)ga tayanib idora qilgan. Hukmdor amalda davlatni boshqarishda eng nufuzli qabilalarning boshliqlari bilan hisoblashib ish tutgan.
Ma`muriy jihatdan Buxoro amirligi: viloyatlarga va tumanlarga bo`lingan, amirlik davlati 40 viloyat va tumanliklardan iborat edi. Amirlikning er maydoni taxminan 270 ming km2, aholisi 2 mln. atrofida bo`lgan. Aholisini o`zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qolgan qismini qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa xalqlar tashkil etgan. Amir tayinlaydigan hokim boshqaradigan hudud viloyat deb atalgan.
Eng quyi ma`muriy bo`linma - amlokdorlik (bir nechta qishloqlar birikmasi) deyilib, uni amlokdor boshqargan. Boshqaruvda qishloq oqsoqollari, amin va miroblarga tayangan. Amlokdor (mulk egasi) – hosilni hisoblash, soliq va tushumlarni muddatida yig`ilishi uchun mas`ul bo`lgan. Amin (ishonchli, halol odam)ning asosiy vazifasi - soliq va tushumlarni yig`ish, aholini nazorat qilish, suvni ekinlarga taqsimlash bo`lgan. Qishloq mirobi – suv inshootlarini ta`mirlanishi, qishloqlarga ajratilgan suvning ariqlar bo`yicha to`g`ri taqsimlanishini ta`minlagan.
Yuqori davlat lavozimlari. Poytaxt Buxoro shahri va viloyatini qo`shbegi boshqargan. Xazina amirning mulki bo`lgan. Amirlik davlat muassasalari: ma`muriy, moliya, qozilik, mirshablik va harbiy idoralardan iborat bo`lgan, ularning har biriga tayinlangan amaldor rahbarlik qilgan. Buxoro amirligi saroyida 30 ga yaqin amaldor xizmat qilgan. Mahalliy boshqaruv muassasalarida xizmat qiluvchilarning soni 30 ming atrofida bo`lgan. Vilotlarning beklari (hokimlari) xon tomonidan tayinlangan. Markaziy hokimiyatda yuqori martabali lavozimlar: devonbegi, ko`kaldosh, qo`shbegi, mushrif, mirshab, dodxoh, inoq, miroxur, dasturxonchi, kitobdor, parvonachi, sadr, shayxulislom, qozikolon, muftiy, muxtasib joriy etilgan.
Eng katta davlat lavozimi - qo`shbegi (vaziri buzruk), ya`ni bosh vazir lavozimi edi, u xon Arkida yashagan. Qo`shbegiga davlatning barcha boshqaruv idoralari bo`ysunar edi, ya`ni barcha ijroiya hokimiyat uning qo`lida edi. Viloyat va tuman hokimlari qo`shbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi.
Devonbegi xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan, soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan. Mushrif - amaldorlar xonga in`om etgan buyumlarni va harbiy anjomlarni ro`yxatga olgan, soliq tushumlarini yozib borgan. Mirshab - tungi shahar soqchilari boshlig`i vazifasini bajargan. Inoqning vazifasi - amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga etkazishdan iborat bo`lgan. Miroxur - amir otxonasining boshlig`i bo`lgan. Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas`ul amaldor. Kitobdor - amir kutubxonasi boshlig`i. Parvonachi - harbiy qo`shin bosh sarkardasi.
Sadr - vaqf mulklarini boshqargan. Poytaxt qozisi (qozikolon) - "shariatpanoh" deb ham atalib, davlatning oliy qozisi (sudyasi), amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Muftiy - qozikolon murakkab deb hisoblagan diniy-huquqiy masalalar bo`yicha shariatga asoslanib, fatvo chiqaruvchi shaxs.
Shuningdek, ko`kaldosh, dodxoh, otaliq, shayxulislom, muxtasib kabi lavozimlar ham bo`lgan.



Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish