O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari


O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari



Download 490,85 Kb.
bet9/13
Sana06.07.2022
Hajmi490,85 Kb.
#750395
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Samardinov O. O’ZBEK XONLIKLARI IQTISODIY VA SIYOSIY TARIXINING MANBASHUNOSLIK MASALALARI

O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari
“Tarixi Amir Haydar”
“Tarixi Amir Haydar” XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida о‘tgan buxorolik olimlari asaridir. Kitobning noma’lum muharrir tomonidan qisqartirilgan nusxasi yetib kelgan bо‘lib, qо‘lyozma О‘zRFA Sharqshunoslik institutida 1836 raqami ostida saqlanmoqda.
“Tarixi Amir Haydar” kichik hajmdagi asar, jami 96 varaqdan iborat, muhim tarixiy manbalar asosida yozilgan, Buxoro xonligining Ashtarxoniylar, shuningdek, asosan, Mang‘itlar sulolasidan bо‘lgan amir Haydar hukmronligi (1800-1826 yy.) davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini о‘z ichiga oladi. Asar 81 bob, yoki dostondan iborat.
1-2- boblari Buxoro shahri tarixiga bag‘ishlangan, 3-6- boblarda Ashtarxoniylar tarixi qisqacha bayon etilgan, 7-81- boblarida esa Buxoro amirligi amirzoda Haydarning tug‘ilishidan to uning 1826 yil 6 oktabridagi vafotigacha bо‘lgan tarixi hikoya qilinadi. Kitob 50- yillarda A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, lekin nima sababdandir qо‘lyozma nashr etilmay qolgan. Tarjima qо‘lyozmasi О‘zR FA SHI kutubxonasida saqlanmoqda.
“Fathnomayi sultoniy”
“Fathnomayi sultoniy” (“Sulton fathnomasi”) asari muallifi Mir Olim Buxoriy bо‘lib, kitobini Amir Nasrulloh davri (1826/27 – 1869/79 yy.)da G‘uzor hokimi bо‘lgan Muhammad Olimbekning xizmatida bо‘lgan va uning topshirig‘i bilan yozgan.
“Fathnomayi sultoniy” amir Shohmurod (1785/86-1800 yy.) davridan to Nasrulloh hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida bо‘lib о‘tgan voqealarni о‘z ichiga oladi, lekin Shohmurod va amir Haydar davrlari qisqacha (О‘zR FA SHI qо‘lyozmasi, inv. № 1838, vv.7b-55b), Nasrulloh davri esa batafsil yoritilgan.
Mazkur qо‘lyozma asarning birinchi jildi bо‘lib, ikkinchisi bizga ma’lum bо‘lmagan sabalarga kо‘ra yozilmay qolgan.
“Fathnomayi sultoniy”ning birinchi qismi marhum O.D.Chexovich tarafidan rus tiligatarjima qilingan. Tarjima qо‘lyozmasi О‘zR FA Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanmoqda.

Download 490,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish