SHunday qilib, Ashtarxoniylar hukmronlik qilgan davrda Movaraunnaxrda iqtisodiy va madaniy hayot sohasida unchalik siljish ko‘rinmadi. Bundan tibbiyot istisno edi. Bu sohada zarurat bo‘lganligi uchun ba’zi bir siljish alomatlari ko‘rindi. Ayrim shaharlarda kasalxonalar barpo etildi. Ularda bemorlarni davolash bilan birga talabalar ham o‘kitilar edi.

Bu vaqtdagi ko‘zga ko‘ringan tabiblardan biri–Subxonqulixon (Sayid Muhammad Subxonqulixon ibn Saydiodir Muhammadxon) dir. Subxonqulixon Buxoro amiri edi. U har xil fanlar bilan qiziqgan, ayniksa, tibbiyot bilan ko‘proq shug‘ullangan. Subxonqulixon saroyda tabiblarni yig‘ib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar o‘tkazib turar edi. Subxoniqulixonning amaliy tibbiyot bilan shug‘ullangani ma’lum emas, ammo tibga oid ikkita asari borligi ma’lum. Bular “Subxon tibbiyoti” va “Subxonning hayotbaxsh tibbiyoti” dir. Bu kitoblar o‘zbek (turkiy) tilda yozilgan.
“Subxon tibbieti” da muallif oson, tushunarli qilib har xil kasalliklarni aniqlash va davolash haqida so‘z yuritadi. Kitob unchalik aniq emas, asosiy davolash masalalari qisqa, lekin aniq bayon etilgan.
“Subxonning hayotbaxsh tibbiyoti (“Ix’e ut-tibbi Subxoniy)” esa asosan dorilarga bag‘ishlangan. Kitob sakkiz qismdan iborat. Јar bir qismda dorilarning sifati, tayyorlanishi va ishlatilishiga oid ayrim masalalar yoritilgan. Subxonqulixonning kitoblari o‘zbek tilida yozilgan birinchi tibbiy asarlar sifatida tibbiyot tarixida muhim o‘rin tutadi. Kitobning o‘zbek tilida yozilishi haqida muallif bunday deb yozgan edi:“ “O‘tmishdagi tabiblar bizga arab va fors tillarida yozilgan asarlar qoldirganlar. Men turk (o‘zbek) tilida yozilglan tibbiy kitob uchratmadim. Mahalliy aholi arab va fors tilida yozilgan kitoblardan foydalana olmaydi. SHuning uchun men o‘z kitobimni turk (o‘zbek) tilida yozddimki, undan o‘zimizning odamlar foydalansinlar”.

Subxonqulixonning farmoni bilan 1682 yilda Buxoroda kasalxona barpo etildi. U “SHifo beruvchi manzil” deb atalar edi. Kasalxona madrasa ko‘rinishida qurilgan. U 18 ta hujra (palata) dan iborat bo‘lgan. Kasalxona kompleksiga tibbiy maktab va kutubxona ham kirgan. Kasalxona va tibbiy maktabga (madrasaga) o‘sha zamonning ko‘zga ko‘ringan olimlaridan Mavlono Mirqosim Xakim rahbarlik qilgan. Buxoro madrasasida tabiblaridan yana Xoja Amin Rais, Oxund Mullo Abdug‘afur Xakim, Xoja YOqublar xizmat qilar edilar.
Kasalxonaga mablag‘ davlat hisobidan ajratilgan. U vaqf erlar va boshqa mablag‘lardan ta’minlangan.
Kichik shifoxonada etib davolanishlari zarur bo‘lmagan bemorlar davolangan. Kasalxona dorixonasi tabiblarning retsepti bilan bemorlarga dori tayerlab bergan. Dorixonada ikki dorishunos xizmat qilgan. Tibbiy maktab talabalari madrasa xonakoxida yashaganlar. Ular maosh (stipendiyalar) bilan ta’min etilgan.
Kutubxonada tibga oid kitoblar ko‘p bo‘lgan. SHular jumlasidan Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi va boshqa mashhur tabiblarnig asarlari bo‘lgan.
SHunday qilib, Subxonqulixon tibbiet ishini ancha rivojlantirdi.
ґzbekiston tibbiyoti tarixida yana bir davlat arbobi tib ilmi bilan shug‘ullangan. Bu Xorazm xoni Abulg‘ozixondir.
Abulg‘ozixon (Abulg‘ozi ibn Abulmuhammadxon Xorazmiy 1605-1664) tarix, rieziyot, adabiyot va tibbiyot sohasida chuqur bilim va tajribaga ega bo‘lgan. U o‘zi hukmronlik qilgan davrda mamlakatda obodonchilik ishlariga katta ahamiyat bergan. Madrasalarda turli bilimlarni o‘kitishni ancha yaxshilagan, o‘zi ham tarix, adabiyotga oid bir qancha asarlar yozgan. Abulg‘ozixonnig tibga oid kitobi “Insonga foydali kitob” deb atalgan. Abulg‘ozixon ham bu asarni o‘zbek tilida yozgan, so‘ng u fors tiliga tarjima qilingan.
Bu asar 4 qismdan iborat. Birinchi qismda oddiy dorilarning xossalari, ularni tayerlash va ishlatish usullari bayon etilgan. Ikkinchi qism murakkab dorilarga bag‘ishlangan. Bu qismda murakkab dorilarni tayerlash, saqlash, ishlatish usullari yoritilgan, uchinchi qismda tibbiyotda ko‘p ishlatiladigan umumiy dorilar haqida so‘z yuritiladi.
Kitobning to‘rtinchi qismi-tibbiyotning umumiy nazariy va amaliy masalalarda boshqa tabiblarning fikr-mulohazalirini ham keltiradi va o‘z fikr-mulohazalari bilan xulosa chiqaradi. Abulg‘ozixonning kitobi tabiblar o‘rtasida keng tarqalgan va undan ko‘p tabiblar foydalangan.
Sayid Muhammad Јasrat tibbiyotga oid bir necha asar yozgan. Ulardan eng mashhuri “Sihatlik nazmi” dir. Bu kitob o‘z nomiga ko‘ra she’riy usulda yozilgan. Kitobda asosan mijozlar, xiltlar, ovqat mahsulotlari va ularning salomatlikga ta’siri bayon etilgan. Ovqat mahsulotlaridan tuxum, go‘sht, parranda go‘shti haqida ma’lumot berilgan. Ovqatning kishi salomatligida qanday rol o‘ynashi ko‘rsatilgan. Bunda asosan unda “Issiqlik” yoki “Sovuqlik” xususiyati ko‘rsatilgan. Sayid Јasrat tabiblar bemorga dori va ovqat tavsiya etganlarida ularning qanday xususiyatlarga ega ekanligini hisobga olish kerak, deydi. Bunga o‘zi misol keltiradi. Masalan, tuxum haqida so‘zlar ekan, eng yaxshi tuxum tovuq tuxumi ekanligini ko‘rsatadi. Hasratning fikricha, tovuq tuxumining sarig‘i “issiqlik, oqi esa “sovuqlik xususiyatiga ega. YOngoq “issiq va quruq xususiyatga ega. YOngoq jigar, taloq va me’da kasalliklarida yaxshi foyda beradi.
“Sihatlik nazmi” Marv xokimi Bayramxonga bag‘ishlangan edi. Јasratning ikkinchi kitobi “Tuhfaiy Husayniy” Bayramxonning o‘g‘li Јusayinga bag‘ishlangan. Bu kitobda oddiy (yakka) dorilar bayon etilgan, ularning issiqlik va sovuqlik“ xususiyatlari ko‘rsatilgan.
SHunday qilib, Sayid Muhammad Hasrat tibbiyot haqidagi o‘z fikr va mulohazalarida boshqa tabiblar singari mijzolar nazariyasiga asoslanadi.