Shayboniylar davrida tibbiyot rivoji uchun hissa qo’shgan olimlar. Muhammad husayn al-Miroqiy as- Samarqandiy 1545-yilda dorishuoslikka oid asar yozadi. Unda shifobaxsh o’simliklarning xossalari, ularni izlab topish, dori tayyorlash va ishlatish usullarini batafil bayon etadi. Ubaydulla ibn Yusuf al-Kaxxol ham toshkentlik ko’zga ko’ringan tabiblaridan bo’lgan. Bu tabib Toshkent hokimi Muhammad Darvesh Bahodirxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulla ibn Yusuf al-Kaxxolning mashxur asari “Bemorlar muolajasi” dir. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismi muqaddima, 18 bo’lim va xulosadan iborat. Unda turli a’zolarning kasalliklari haqida ma’lumot berilgan. Ikkinchisi esa turli dori-darmonlarga bag’ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |