O'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/93
Sana09.07.2021
Hajmi1,01 Mb.
#114160
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93
Bog'liq
Qamariddin 2- qism

kvartali", »kambag'allar kvartali" va hokazolarga bo'linib yashasa, bizning Vatanimizdagi
mahallalarda aholining turli ijtimoiy tabaqalari yonma-yon yashab kelmoqda.
Mahalla  hayotining  jamoa  bo'lib  yashash  tarzi  jamoatchilik  asosida  faoliyat
yuritadigan  o'zini  o'zi  boshqarish  tizimini  keltirib  chiqardi.  Mahallaga  uning  hududida
yashaydigan aholi tomonidan saylab qo'yiladigan oqsoqol boshchilik qilgan.
El  ishonchiga  sazovor  bo'lgan  oqsoqol  katta-yu  kichikning  boshini  qovushtirib,
mahalladoshlarning og'irini yengillash-tirish ishlari bilan shug'ullanardi. Mahalla oqsoqoli,
uning maslahatchilari mahalladoshlarining to'ylari, ma'rakalari, rasm-rusumlarining boshida
turar, ularni kerakli ro'zg'or ashyolari idish-tovoq, samovar choynak, stol-stul, ko'rpacha-yu
dasturxon  bilan  ta'minlardi.  Shuningdek,  oilaviy  nizolarni  bartaraf  qilish,  bir-biri  bilan
kelisholmay  qolgan  kelin  va  qaynonaning  orasiga  tushish,  qo'ni-qo'shni  o'rtasidagi
kelishmovchiliklarga  hakamlik  qilish,  beboshroq  yoshlarni  tartibga  chaqirish  singari
vazifalarni ham bajarardi.
Xalqimizning  turmush  tarzi,  ruhiy-ma'naviy  ehtiyojidan  kelib  chiqqan  bunday
jamoatchilik  boshqaruvi  -    mahalla  qo'mitalari  davlat  ishlariga  aralashmasa-da,  sovet
tuzumi  ,,mahalla"  so'zini  mahalliychilik  o'zagi  deb  bilar,  faoliyatini  cheklashga  urinardi.
Biroq aholining noroziligiga sababchi bo'lmaslik uchun mahallalarni taqiqlay olmadi, lekin
uni  ja miyatni  boshqarish  tizimiga  kiritmadi.  Mahalla  qo'mitalari  o'zining  hayotchanligi
tufayli  mazkur  davrda  ham  o'zini  saqlab  qololdi.  Toshkent  shahrida  va  respublikaning
boshqa yirik shaharlarida o'nlab, yuzlab mahalla qo'mitalari faoliyat yuritardi.


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Ular  aholiga  yashash  joyi,  oila  tarkibi  to'g'risida  ma'luьotnomalar  ham  berardi.
Mahalla oqsoqoliga davlat tomonidan maosh ham berilmasdi.
Shuni  ham  ta'kidlash  joizki,  yirik  shaharlarda  qad  ko'targan  ko'p  qavatli  binolar,
gavjum  bo'lgan  turar  joy  mavzelari,  kvartallari  mahalla  maqomiga  ega  emasdi,  ularda
mahalla  qo'mitalari  ham  tuzilmasdi.  Nihoyat  mustaqillik  sharofati  bilan  1992-  yil
boshlaridan  boshlab  bunday  mavze  (kvartal)larga  ham  mahalla  maqomi  berilib,  ulaniing
har  biriga  joylashgan  hududining  tarixiy  atalishiga  mos  keladigan  nomlar  qo'yildi.  Yangi
mahallalarda fuqarolar yig'ini o'tkazilib, mahalla oqsoqoli va mas'ul kotiblar saylandi.
Sobiq  Ittifoq  davrida  O'zbekiston  qishloq  va  posyolka  (shaharcha)larida  vakillik
boshqaruv  organlari  tuzilgan  bo'lib,  ular  qishloq  sovetlari  yoki  posyolka  sovetlari  deb
atalardi  va  faoliyat  yuritardi.  Mazkur  sovetlar  mustaqil  hokimiyat  organi  bo'lmay,  xalq
deputatlari tuman yoki shahar kengashlari, ularning ijroiya qo'mitalariga bo'ysunar edi.
O'zini o'zi boshqarishning huquqiy asoslari
O'zbekiston  davlat  mustaqilligi  qo'lga  kiritilgach,  mahallaga  munosabat  tubdan
o'zgardi, mahalliy o'zini o'zi boshqarish tizimi tubdan isloh qilindi. Bu borada fuqarolarning
o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  tizimini  davlat  hokimiyati  tizimidan  ajratish  tomon  yo'l
tutildi.
Biz  fuqarolik  jamiyatini  qurishga  intilmoqdamiz.  Buning  ma'nosi  shuki,
davlatchiligimiz  rivojlana  borgan  sari  boshqaruvning  turli  xil  vazifalarini  bevosita  xalqqa
topshirish,  ya'ni  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarini  yanada  rivojlantirish  demakdir.  1.  A.
Karimov.  O'zbekistonning  siyosiy  -  ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining  asosiy  tamoyillari.
Asarlar, 4- jild, 1 1- bet.
O'zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarini
shakllantirishning huquqiy asoslari o'z ifodasini topdi.
O'zbekiston  Konstitutsiyasining  105-  moddasida  ,,Sha-harcha,  qishloq  va  ovullar,
shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqaro larning
yig'inlari  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  bo'lib,  ular  ikki  yarim  yil  muddatga  raisni
(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi", deb belgilab qo'yildi.
1993- 
yil  2-  sentabrda  ,,Fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari
to'g'risida"  O'zbekiston  Respublikasinhig  Qonuni  qabul  qilindi.  Unga  binoan,  qishloq,
posyolka  (shaharcha)larda  davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  —  qishloq,  posyolka
sovetlari tuzilmaydigan bo'ldi, ularning o'rniga o'zini o'zi boshqarish organlari — mahalla
qo'mitalari  tuzildi.  Shunday  qilib,  fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  mahaUiy
hokimiyat  tizimidan  ajratildi.  Biroq  ular  bir-biridan  mutlaqo  ajratilgan  holda  faoliyat
ko'rsatmaydi,  ularning  bog'liq  tomonlari  mavjud.  Ular  o'rtasidagi  munosabatlarning
huquqiy 
asoslari 
,,Mahalliy 
davlat 
hokimiyati
to'g'risida"  gi  Qonunda  belgilab  qo'yilgan.  Har  ikkalasi  ham  ma halliy  ahamiyatga  molik
masalalarni  hal  qiladi.  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  kengashlari  fuqarolarning
o'zini  o'zi  boshqarishni  rivojlantirishga  ko'maklashadi,  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari
faoliyatini yo'naltirib turadi.
Mahallalarga davlat homiyligi
Fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarini  shakllantirishga  davlat  ho-miylik
qilmoqda. 
Bu 
borada 
O'zbekiston 
Prezidentining 
Respublika 
,,Mahalla"
xayriyajamg'armasinituzish  to'g'risida  1992-yil  12-sentabrdagi  hamda  „Mahalla"  xayriya
jamg'armasiga mablag' ajratish to'g'risida 1992- yil 8- oktabrdagi farmonlari katta ijtimoiy


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
ahamiyatga  ega  bo'ldi.  Davlat  homiyligida  Respublika  ,,Mahalla"  jamg'armasi,  viloyat,
shahar,  tuman  „  Mahalla"  jamg'armalari  tashkil  etildi.  Mahallalar  faoliyatini  yurituvchi
,,Mahalla"  gazetasi  (1994-  yil)  ta'sis  etildi.  Davlatning  ,,Mahalla"  jamg'armalari  orqali
ko'rsatayotgan  homiyligi  mahalla  qo'mitalarining  o'z  hududlarida  istiqomat  qiluvchi  kam
ta'minlangan  oilalarga,  nogironlarga,  yolg'iz  keksalarga  moddiy  yordam  berish,  aholini
ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi ishlariga katta ko'makbo'lmoqda.
Hukumat  mahallalarga  dastlab  davlat  budjeti  hisobidan  25  mil lion  so'm  mablag'
ajratdi.  Viloyat,  tuman,  shahar  hokimliklari  to monidan  inahallalar  rolini  oshirish,  ular
faoliyatini  takomillashtirish  uchun  qulay  imkoniyatlar  yaratildi.  Fuqarolarning  o'zini  o'zi
boshqarish  organlarining  faoliyatini  yo'lga  qo'yish  uchun  tegishli  binolar  ajratildi,  ularni
jihozlashga  ko'maklashdi.  Mahalla  oqsoqoli  va  kotiblariga  oylik  ish  haqi  belgilandi.  Bu
maqsadlar uchun hokimiyatlar mahalliy budjetdan zarur mablag'lar ajratdilar.
1994- 
yilgi  ma'lumotlar  shuni  ko'rsatadiki,  butun  respublika  hududida  12
mingdan  ortiq  mahalla  shakllantirildi.  1994-  yilda  barcha  mahallalarda  fuqarolar  yig'ini
bo'lib, mahalla oqsoqollari va mas'ul kotiblar saylandilar. 
O'zini  o'zi  boshqarish  organlarining  vako  latlari  va  faoliyati  -  Fuqarolarning  o'zini
o'zi 
boshqarish
organlarining vakolatlari, vazifalari 
O'zbekiston  Respublikasining  ,,Fuqarolarning  o'zini
o'zi boshqarish organlari to'g'risida" gi Qonunda aniq belgilab qo'yilgan.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining vazifalari:
· fuqarolarga  jamiyat  va  davlat  ishlarini  boshqarishda  qatnashish  huquqini
amalga oshirishda ko'maklashish;
· o'z hududlarida ijtimoiy va xo'jalik vazifalarini hal qilish, ommaviy-madaniy
tadbirlarni o'tkazish;
· davlat  hokimiyati  organlariga  O'zbekiston  Respublikasi  qommlarini,
Prezident 
va 
hukumat 
hujjatlarini, 
xalq 
deputatlari
kengashlari  va  hokimliklarning  qarorlarini  bajarishda  yordamlashish
maqsadida fuqarolarni birlashtirish.
Fuqarolar  yig'ini  kollegial  organ  bo'lib,  uni  rais  (oqsoqol)  tegishli  xalq  deputatlari
Kengashi  yoki  hokim  bilan  kelishgan  holda,  zaruratga  qarab  chaqiradi.  Fuqarolar  yig'ini,
barcha aholini yig'ishning iloji bo'lmagan hollarda, belgilangan vakillik me'yorlari asosida
o'tkaziladi.  Rais  (oqsoqol),  uning  maslahatchilari  fuqarolar  yig'inida  saylanadi.  Fuqarolar
yig'ini  raisi  (oqsoqol)  doimiy  ishlovchi  bo'g'in.  Rais  o'z  mahkamasiga  ega  bo'lib,  uning
miqdori rais o'z vazifasini bajarishga imkoniyat yaratadigan darajada tuziladi.
O'zbekistonda  fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarini  takornillashtirish,
zarur holatlarda yiriklashtirish tadbir-lari ko'rilmoqda. Agar 1994- yilda 12 mingdan ortiq
o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  shakllantirilgan  bo'lsa,  ularning  soni  2001-yilda  7847  tani
tashkil  etdi.  1999-  yil  14-aprelda  qabul  qilingan  „Fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish
organlari  to'g'risida"gi  yangi  tahrirdagi  qonunda  ularning  vakolatlari  va  huquqi
kengaytirildi.  Fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlariga,  shuningdek,  mahalla
fuqarolar  yig'iniga:  aholi  manfaatlarini  ifodalash  va  uning  nomidan  qarorlar  qabul  qilish;
qonun  hujjatlarining,  shuningdek,  o'z  qarorlarining  ijro  etilishi  bo'yicha  jamoatchilik
nazoratini  amalga  oshirish;  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  obodonlashtirish  yuzasidan
o'z  hududida  joylashgan  korxona,  muassasa  va  tashkilotlar  rahbarlarining  hisobotlarini
eshitish huquqlari berildi.


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga saylovlar aholining ijtimoiy faolligi,
siyosiy  ongi  tobora  yuksalib  borayotganligidan  guvohlik  beradi.  1998-yil  noyabr-dekabr
oylarida bo'lib o'tgan saylovlar bilan bog'liq bo'lgan fuqarolar yig'inlarida 8,4 mln kishi yoki
respublikadagi  katta  yoshdagi  aholining  70  foizi  ishtirok  etdi.  Fuqarolarning  o'zini  o'zi
boshqarish  organlariga  7574  nafar  rais  va  71034  nafar  maslahatchi  saylandi.  O'zini  o'zi
boshqarish  organlari  rahbarlarining  ma'lumot  darajasi  ham  oshib  bormoqda.  1998-  yilda
saylangan  rais  (oqsoqol)larning  65,5  foizi  oliy  ma'lumotli  mutaxassislar  ekanligi  buning
guvohidir.
2001-  yil  iyun-iyul  oylarida  Samarqand  viloyatidagi  1042  ta  fuqarolarning  o'zini
o'zi  boshqarish  organlariga  bo'lgan  saylovlarga  1  mln.  120  mingdan  ortiq  fuqaro  vakillari
ishtirok etdi. 1042 nafar rais (oqsoqol) saylandi, ularning 68 nafari xotin-qizlardir.
2001-  yilda  respublikamizda  6289  ta  mahalla  fuqarolar  yig'ini,  108  ta  shaharcha,
1320  ta  qishloq  va  131  ta  ovul  fuqarolar  yig'ini,  ular  tomonidan  saylangan  o'zini  o'zi
boshqarish  or ganlari  faoliyat  ko'rsatdi.  Ular  qonunchilikni  ta'minlash,  Prezident
farmonlarini,  hukumatning,  hokimiyat  vakillik  organlari  va  hokimlarning  qarorlarini  ijro
etish borasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ko'maklashmoqda.
Hududlarni  obodonlashtirish,  kichik  korxonalar,  fermer  va  dehqon  xo'jaliklarini
tashkil  etish,  tomorqa  uchastkalaridan  samarali  foydalanish  masalalarini  hal  qilish  o'zini
o'zi  boshqarish  organlarining  diqqat  markazida  turibdi.  Bu  organlar  barqarorlikni  saqlab
turish,  diniy  mutaassiblik  kayfiyatidagi  ko'rinishlarning  oldini  olish, o'zingni,  o'z  oilangni

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish