( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
bo'yicha vakil (ombudsman) instituti xalqaro amaliyotni o'rganish asosida ishlab chiqilgan
va Oliy Majlis Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib boradi. Oliy
Majlis vakili huzurida 1995- yilda tuzilgan Fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va
erkinliklariga rioya etilishi bo'yicha maxsus komissiyasi faoliyat yuritmoqda. Parlamentning
sakkizinchi sessiyasida 1997- yil 24- aprelda qabul qilingan ,,Oliy Majlisning Inson
huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida" gi Qonun muhim hujjatlardan bin. U
respublikada insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, fuqarolarning ijtimoiy huquqlari
himoya qilinishini huquqiy jihatdan ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Qonun loyihasini tayyorlash va qabul qilish tamoyillari
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83- moddasida qonunchilik
tashabbusi huquqiga ega bo'lgan subyektlar aniq belgilab qo'yilgan. Qonunchilik tashabbusi
huquqiga O'zbekiston Respublikasining Prezidenti, o'z davlat hokimiyatining oliy organi
orqali Qoraqalpog'iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi,
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo'jalik sudi va Bosh
prokurori egadirlar.
Qonunlar loyihalarini ko'rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va
deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegislili qo'mita va komissiyalarining butun tarkibi faol
qatnashadilar. Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko'rish qanday borayotganligi ommaviy
axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy
jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar
va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro
tashkilot larning ekspertizasidan o'tkaziladi.
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalari bo'yicha bildirilgan
takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert xulosalarini Oliy Majlis Raisi va uning o'rinbosarlari
huzurida tegishli qo'mitalar, partiya fraksiyalari rahbarlari va ekspertlar ishtirokida puxta va
atroflicha muhokama etish yo'lga qo'yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday
yondashuv, ularning puxta va sifatli bo'lishiga ijobiy ta'sir etmoqda.
Sessiyalar ishida O'zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni
ishlab chiqish jarayonini yanada yaxshilashga muttasil e'tibor berishi O'zbekiston
parlamenti faoliyatining takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonunlarning
samaraligini oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995—1999- yillarda 15 ta
sessiya o'tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul
qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo'shimcha va o'zgarishlar kiritildi. Shuningdek,
Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro
konvensiyalarga qo'shilish to'g'risida 58 ta qaror qabul qildi.
Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV
sessiyasida Prezident Islom Karimov ma'ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi:
Do'stlaringiz bilan baham: