«Mardikor dostoni». Mardikor dostoni 1927 yilda Muhammadqul Jomrot o`g`li Po`lkandan yozib olingan. Bu dostonda ham revolyutsiyadan avvalgi o`tmish voqealari tasvirlanadi.
Doston mardikor olish munosabati bilan yuz bergan xalq g`alayonlarining tasviri bilan boshlanib, o`zbek mehnatkashlarining mardikorlikka yuborilishi, ular boshidan kechirgan mashaqqatlari tasviri va ular o`z vatanlariga qaytishi bilan yakunlanadi.
Po`lkan dostonida so`zalagan voqealarning shaxsan ishtirokchisidir. Chunki, Po`lkan ham mardikorlikka olinib, Rossiyadagi mashaqqatlarini boshidan kechirgan. Shunga asoslanib, dostonni ma’lum darajada avtobiografik asar deb aytish mumkin.
Dostonda traditsion dostonlarga xos ko`p xususiyatlarni ko`rmaymiz. Unga traditsion dostonlarga xos izchil syujet yo`q. Bu asarda mardikorlikka olingan o`n minglab kambag`allarning his-tuyg`ulari, ularni chorizmga qarshi g`azab va nafrati mujassamlashganini quyidagi misralardan bilish mumkin:
Dod faryod Nikolayning dastidan
Turkistonni hammasini voy-voylatdi
Har besh uyga bir odam sop bo`zlatdi.
Odamlarning yurak bag`rin bo`zlatdi.
Dostonda Rossiyaga jo`natilgan mardikorlarning azob uqubatlar chekib, oqu qorani taniganligi haqqoniy ravishda aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |