MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Topishmoq istilohi nimani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari bor?
2. Topishmoqlar qanday paydo bo`ladi? Asosiy omillari nimadan iborat?
3. Topishmoqlarda epitetning ijtimoiy-estetik va kompozitsion vazifasi nimadan iborat?
4. Topishmoqlar tuzilishiga ko`ra qanday tarkibga ega?
5. Topishmoqlar yashiringan predmet soniga ko`ra qanday ko`rinishlarga ega?
6. Topishmoqlar yaratilish davri va mazmuniga ko`ra qanday tasniflanadi?
7. Topishmoqlar shaklan qanaqa ichki turlarga ega? Chaldirmoq nima?
8. Topishmoqlarning yozma adabiyot bilan munosabati qanaqa?
9. Maqol istilohi nimani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari bor?
10. Maqollar qanday paydo bo`ladi? Asosiy omillari nimadan iborat?
11. Maqollarda hayotiy tajriba va sinovlarning axloqiy bahosi qanday ifodalanadi?
12. Maqollarning tashviqiy mohiyati nimada?
13. Maqolning kompozitsion tuzilishi va unda saj’ san’ati qanday rol’ o`ynaydi?
14. Maqollar qaysi usulda tasnif qilinadi?
15. Paremiologiya nima? O`zbek maqolshunosligi tarixiga oid nimalar deya olasiz?
16. Maqollarning nutqdagi ahamiyati nimada ko`rinadi?
17. Tubandagi tayanch tushunchalarni izohlang: topishmoq, cho`pchak, cho`rchak, chiston,
masala, topishmoq, yangi topishmoq, she`riy topishmoq, nasriy topishmoq, chaldirmoq,
maqol, masal, matal, zarbulmasal, hikmat, otalar so`zi, paremiologiya, aforizm.
18. Tubandagi testlardan to`g`ri javoblarni aniqlang:
1. Topishmoqlarni o`rganishda o`zbek fol’klorshunosligida kimning xizmatini alohida ta`kidlash
mumkin?
A) A.Musaqulov E) B.Karimov
B) B.Sarimsoqov F) T.Mirzaev
D) Z.Husainova
D) Muvashshah
2. Qanaqa topishmoqlarning javobi sanash va hisob-kitob qilish asosida topiladi?
A) Masala-topishmoqning E) Topishmoq qo`shiqning
B) So`roq topishmoqning F) Topishmoq ertakning
D) Topishmoq o`yinning
3. “Abdulloxon-beustixon” topishmog`ining javobi va asosiy g`oyasi qaysi qatorda to`g`ri
ko`rsatilgan?
A) Zuluk, ijtimoiy g`oya
E) Qurt, axloqiy g`oya
B) Burga, sotsial g`oya F) Chumoli, siyosiy g`oya
D) Bit, sinfiy g`oya
4. Topishmoq aytishuvida javob topilmaganda nima qilanadi?
A) Topuvchiga tanbeh beriladi.
B) Topuvchiga jarima solinadi.
D) Topuvchi “shahar” beradi.
E) Topuvchi o`yindan haydab yuboriladi.
F) Hamma javoblar to`g`ri.
5. Topishmoq aytishuvida “shahar” olish aytimi kim tomonidan aytiladi?
A) Topishmoq aytuvchi tomonidan
B) Topishmoqni topa olmagan kishi tomonidan
D) Keksa chol tomonidan
E) Oqsoqol tomonidan
F) Tomoshabin –tinglovchi tomonidan
6. “Jumboq, jumoq va jummoq” istilohlari qaysi fol’klor janriga nisbatan qo`llanadi?
A) Topishmoqqa E) Naqlga
B) Maqolga F) To`g`ri javob yo`q
D)
Еrtakka
7. Ko`p predmetli topishmoqlarning eng murakkab turi qanday nom bilan yuritiladi?
A) Chiston E) Chaldirmoq
B) Masala-topishmoq F) Muammo
D) Jumboq
8. “Tom ustida qo`shchiroq” –topishmog`ining javobi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni belgilang.
A) Bosh E) Oy va qiz
B) Ko`z F) Qosh
D) Oy
9.Xalq maqollarini qaysi jihatlariga ko`ra tasnif qilish mumkin?
A) Mazmuniga ko`ra
E) Poetik tabiatiga ko`ra
B) Tuzilishiga ko`ra
F) Barcha javoblar to`g`ri
D) Y
аratilgan davriga ko`ra
10. Xalq maqollarida qaysi badiiy-tasvir vositasi ko`p uchraydi?
A) Metafora
E) Tazod
B) Metanimiya
F) Tarse`
D) O`xshatish
11. Maqollar fol’klorshunoslikda qaysi turga kiritiladi?
A) Lirik turga E) Liro-epik turga
B) Nasriy turga F) Dramatik turga
D) Paremik turga
12. Xalqning axloqiy qarashlari va turmush tajribalaridan tug`ilgan saboqlarni ifoda etuvchi
janrlarni belgilang:
A) Maqol va naql E) Latifa va lof
B)
Еrtak, askiya F) Doston, topishmoq
D) Afsona, lof
13. “Rohatning onasi.....” maqoldan qaysi so`z tushib qolgan?
A) Farog`at E) Maishat
B) Boylik F) Ishrat
D) Mehnat
14. Maqol janri namunalari el orasida qanday nomlar bilan yuritilgan?
A) Otalar so`zi E) Zarbulmasal
B) Hikmatli so`z F) Barcha javoblar to`g`ri
D) Oqillar so`zi
15. O`zbek xalq maqollarini ilk bor yozib olish va kitobat qilish kimning nomi bilan bog`liq?
A) M.Koshg`ariy E) Gulxaniy
B) H.Vamberi F) Zamaxshariy
D) Z.Husainova
Do'stlaringiz bilan baham: |