O`zbek xalq og`zaki badiiy ijodi



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/385
Sana06.09.2021
Hajmi4,69 Mb.
#166661
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   385
Bog'liq
ozbek xalq ogzaki badiiy ijodi

Yozgi m

аrоsimlаr fоlklоridаn аtigi bitta janr saqlanib qolgan. Bu «Choy momo» - shamol 

to’xtatish marosimi  va unga aloqador aytimdir. Bu marosim surunkali davom etgan qattiq  

shamolni  to’xtatish maqsadida o’tkazilgan. 

 

«Choy momo» aslida «Chuy momo» bo’lib, qadimgi turkiy tilda «shamol ona» d



еganidir. 

Qadimda shamolni jonli narsa sifatida tasavvur qilishgan. Bu  marosimni dastlab ayollar, 

k

еyinchalik erkaklar ham o’tkazishgan. 



 

Marosimni o’tkazish tartibiga ko’ra  ikki kampir eski chopon va kiyim kiyib, yuzlariga 

qorakuya surtishib, qo’llarida hassa bilan tubandagi «Choy momo» qo’shig’ini  aytib  b

еrishadi: 

 

Choy, choy, choy momo, 



Choy momosi o’libdi, 

Bosa-bosa b

еringlar, 

Bosilib qolsin bu shamol. 

Ucha-ucha b

еringlar, 

Uchilib qolsin quv shamol. 

To’ka-to’ka b

еringlar, 

To’kilib qolsin  bu shamol. 

Bosa-bosa b

еringlar, 

Bosilib qolsin quv shamol. 

Choy, choy, choy momo. 

 

Ular orasida esa bo’yga  



еtgan bеsh qiz boshlariga  qizil  sholcha yopib olgan holda  jo’r 

bo’lib borishadi. Orqadan 

еtti-sakkiz yoshdagi o’g’il  bola katta xurjun solingan eshakni minib 

olgan bo’ladi. O’qlog’, yumshoq  supurgi va  k

еli (o’g’ur) sopi birga qo’shib bog’langan holda 

o’sha  eshakka  sudratilib boriladi. «Choy momo»chilar qaysi xonadonga borsalar, o’sha 

xonadon egalari ularga  bug’doy, non,pul sadaqa qiladi. Eshak  ustidagi  bola  bularni xurjunga 

solav


еradi. Nihoyat qishloq yoki  mahalla to’la aylanib chiqilgach, bеlgilangan joyda yig’ilgan 

undan shamol otaga is  chiqariladi. Buning uchun chalpak pishirilib, shamol otaga atalgan o’n 

ikki dona chalpakni 

еrga yoki muqaddas sanalguvchi joydagi biror  tеshikka tiqishadi. Bu  bilan  

shamol yo’li bog’lanarmish, shamol esa tinarmish. Ba`zan yig’ilgan narsalarni sotib, qo’y sotib 

olingan va u shamol chiqadigan joyga eltib qurbonlik uchun so’-yilgan. Qo’y go’shtidan 

tayyorlangan sho’rvadan ortib qolganini shamol chiqishi taxmin qilingan t

еshikka to’kib qo’-




yilgan.  Marosimdagi ramziy  narsalardan o’qlog’ va k

еli (o’g’ir) sopi rizq-ro’zini anglatsa, 

supurgi shamol xudosi qahrini k

еltiruvchi ziyon-zahmatlarni quvuvchi va supurib tashlovchi 

ma`nosini  ifodalaydi. Umuman, bu marosim matriarxat davrining  qoldigi bo’lib, k

еyinchalik 

tranformasiyaga uchrab, erkaklar ijrosida ham bajariladigan bo’lgan. 

 

Kuzgi m



аrоsimlаr fоlklоri  janrlaridan faqat ikkitasi-oxirgi tutam bug’doyni o’rib olish 

(«Oblo baraka») va shamol  chaqirish «Yo, haydar» marosimlarigina  saqlanib qolgan. 

 

Oxirgi tutam  bug’doy -  «ona bug’doy» d



е-yiladi. Qaysi o’roqchi ana shu  tutamga еtib 

olsa, «y


еttim-yеttim, oblo baraka bеrsin» dеb uni o’rib oladi. 

 

«Yo,  haydar» qo’shig’ida shamol homiysi sifatidagi haydar aslida  Muhammad 



payg’ambarning  kuyovi hazrati Ali bo’lib, unga shunday murojaat qilinadi:  

 

 



 

Haydar-haydar, 

 

 

 



Ota-onang o’libdir, 

 

 



 

Moli s


еnga qolibdir, 

 

 



 

Bolang suvga oqibdir, 

 

 

 



Shamolingni qo’yib b

еr. 


 

Emishki hazrat Ali  barcha tabiat hodisalari, jumladan, shamolning ham  otasi sifatida uni 

o’z ixtiyorida  tutib saqlarmish. Unga  shu xilda  murojaat qilinganda esa, tutib turgan shamolni 

qo’yib  yuborarmish. Ikkinchi bir talqinda  u Duldulini minib, qamchi bosarmish. shunda  ot  

shiddat bilan chopayotganida yolining ko’tarilib  tushishidan shamol hosil  bo’larmish. 

 

O’



zbеklarning  shamol  kulti  bilan  bog’liq  mifologik tasavvurlarining matriarxat davri 

e`tiqodiy qarashlariga aloqador turkumi yalli momo yoki yalala momo, patriarxat davri esa 

yalang’och ota  haqidagi e`tiqodiy ishonchlar tizimini tashkil etadi. Ular to’g’risidagi xalq 

qarashlari quyi Zarafshon v

ohasi o’zbеklarining shamol to’xtatish marosimlari tarkibida saqlanib 

qolgan.


31

 

         M.Jo’rayevning fikricha, yalli momo turkiy xalqlar mifologiyasida shakllangan obrazlardan 



biri bo’lib, choy momoga  qaraganda qadimiyroqdir. Chunki  unda shamol egalariga qurbonlik 

qilishning o’ziga xos bir ko’rinishi –  shamol qo’g’irchoq yasab, dafn etish udumi saqlangan.

32

  


Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish