Grafik mustaqil topshiriqlar:
– Ularga ya’ni talabalarga turli loyihalarni tayyorlash, notalarni to’g’ri yozish, chizmachilik ishlarini eskizlashtirish, fraza va taktlarni tasvirlash, (ayrim detal va belgilarni chizib ko’rsatish va x.z) nota yozish usuli va uslublari, interval va akkordlar tuzish, kuzatish natijalarini tasvirlash va shunga o’xshash vazifalarni o’z ichiga oladi.
Amaliy xarakterdagi mustaqil topshiriqlar:
– Talabalar o’qituvchi topshirig’i asosida mustaqil ishni bajarish jarayonida nota davtari va ijro etish uchun maxsus pultalarni tayyorlash, cholg’u asboblarni sozlash, ta’mirlash, musiqiy asarga ishlov berish, sayqallashtirish, yangi asarlarni ijro etish, turli xalq kuylaridan va qo’shiqlaridan namunalar ijro etish, hamda ularni o’quvga moslashtirib tayyorlash kabi ishlarni amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |