«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad va vazifalari. Reja: Qiyosiy tipologiya tushunchasi Bo’ronov nazariyasi «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»


читал книгу (Men bu vaqtda kitob o‘qiyotgan edim); Cейсас я читаю



Download 256,5 Kb.
bet32/43
Sana21.08.2021
Hajmi256,5 Kb.
#152836
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
Tipologiya

читал книгу (Men bu vaqtda kitob o‘qiyotgan edim); Cейсас я читаю книгу (Hozir men
kitob o‘qiyapman) kabi gaplarda читать fe’li haqiqatan ham tugallanmagan harakatni, Я
почитал книгу (Men kitob o‘qidim); Я прочитал книгу (Men kitobni o‘qib chiqdim) kabi gaplarda esa nihoyasiga yetgan harakatni ifodalamoqda. Ammo Ирода запела (Iroda
kuylab yubordi); Воробьи зачирикали (Chumchuqlar sayray boshladi) gaplaridagi петь,
чирикать fe’llarining совершенный вид shakli endi boshlanayotgan jarayonni anglatmoqda. Shuning uchun rus tilidagi fe’llar xususida so‘z yuritayotganda ruscha sovershenniy vid, nesovershenniy vid istilohlarini qo‘llash, bizningcha, maqsadga muvofiqdir. Odatda rus tilidagi fe’llarning aksariyati nesovershenniy vid shaklida bo‘ladi. Fe’llarning sovershenniy vid shakli, asosan, nesovershenniy vid fe’llari oldidan turli pristavkalar (при-,
про-, на-, с-, о-, по-, за-, в-, из-, от-, у-, до-, при-, пере-, раз- va h.k.)ni, ba’zan esa fe’l o‘zagiga –ну- suffiksini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Masalan, писать (yozmoq), написать
(yozib bo‘lmoq), записать (yozib olmoq) yoki толкать (itarmoq), толкнуть (itarib
yubormoq), кричать (baqirmoq), крикнуть (baqirib yubormoq). Bundan tashqari rus tilida fe’lning bu ikki shakli urg‘u yordamida ham bir-biridan farqlanishi mumkin: насып’ать – нас’ыпать. Fe’lning sovershenniy vid shaklini –ыва, -ива suffikslari yordamida yana nesovershenniy vid shakliga aylantirish mumkin: закончить – заканчивать, записать – записывать. Ba’zan nesovershenniy vid fe’lining sovershenniy vid shakli suppletiv yo‘l bilan ham hosil bo‘lishi mumkin. Nesovershenniy vid Sovershenniy vid
брать взять (olmoq)
говорить сказать (aytmoq, demoq)
класть положить (qo‘ymoq)
ловить поймать (tutmoq) O‘zbek tilida fe’llar odatda bu tarzda turlarga ajratilmaydi. Shuning uchun rus tilidagi sovershenniy va nesovershenniy vid fe’llari yordamida farqlanadigan ma’nolar o‘zbek tilida harakat tarzi shakllari orqali beriladi. Shuni ham e’tirof etish kerakki, harakat tarzi shakllari vid kategoriyasiga nisbatan semantik jihatdan boyroq hisoblanadi. Chunki ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari nafaqat tugallanganlik yoki takroriylik, balki davomiylik, qodirlik, sinash, kutilmaganlik, boshlanish, bir marta bajarish kabi bir qator qo‘shimcha ma’nolarni ham ifodalay olish xususiyatiga ega. Buni o‘zbek va rus tillarida birgina aytmoq fe’lini qiyoslash orqali isbotlash mumkin. Masalan: aytdi – сказал, aytib qo‘ydi – сказал,
ayta boshladi – начал говорить, ayta oldi – смог сказать, aytib berdi – рассказал, aytib
soldi – сказал, aytib ko‘rdi – сказал, aytib chiqdi – сказал, aytib o‘tdi – упомянул, aytib
turdi – пересказывал, aytib tashladi – сказал, aytib bo‘ldi – рассказал. Ko‘rib turganimizdek, ruscha fe’llardagi sovershenniy, nesovershenniy vid shakllari orqali yuqoridagi ma’nolarning hammasini ham yuzaga chiqarib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, biror matn o‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qilinganda tarjimon ushbu ma’nolarning barchasini imkon qadar ifodalashga harakat qiladi, ammo bunda vid kategoriyasining o‘zi yetarli bo‘lmaganligi uchun tilning boshqa turli vositalaridan foydalanadi. Rus tilida ham ko‘makchi va yetakchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari bor bo‘lsa-da, ular o‘zbek tilidagidek ko‘p emas. Ikki tilda mavjud bunday qo‘shilmalarning bir-biridan farqi shundaki, o‘zbek tilida odatda avval –b (-ib), -a (-y) shaklidagi yetakchi, so‘ngra ko‘makchi fe’l kelib, tuslovchi affikslar ana shu keyingisiga qo‘shiladi. Rus tilida esa tuslangan ko‘makchi fe’l oldin, yetakchi fe’l keyin keladi va u infinitiv (o‘zgarmas) shaklda bo‘ladi. Masalan: Рустам
стал изучать английский язык. – Rustam ingliz tilini o‘rgana boshladi; Гуля начала
заниматься спортом – Guli sport bilan shug‘ullana boshlad;i Мой друг продолжает
жить на Юге – Mening do‘stim haligacha Janubda yashab yuribdi. 31 Rus tilida ham nesovershenniy vid fe’llarini sovershenniy vidga aylantirish jarayonida hosil qilinadigan ayrim ma’nolar bor bo‘lib, o‘zbek tilida ularni ifodalash uchun tilning boshqa vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Masalan, подписать – ostiga yozmoq
(imzo qo‘ymoq ma’nosida ishlatiladi), надписать – ustiga (sirtiga) yozmoq, дописать –
oxirigacha yozib tugatmoq, недописать – oxirigacha yozishga ulgurolmay qolmoq.

Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish