Э va e. Rus tilidagi э fonemasi nutqda so'z boshida yoki so'z o’rtasida urg'uli bo'g'inda qattiq undoshlardan keyin kelgandagina aniqlik kasb etadi: эхо, эра, это, шест, жест, цех. Ushbu tovushni talaffuz qilishda til и unlisini talaffuz qilish holatidagidek darajada yuqoriga ko'tarilmaydi, til uchi esa pastki qator tishlarga tegib turadi. Bu tovush o’zbek tilidagi e ga nisbatan ochiqroq, qattiqroq va cho'ziqroq aytiladi.
У va u . Bu fonema har ikkala tilda ham yuqori tor, labo’langan unlidir. U bo'g'inning barcha tiplarida uchraydi. Urg'uli bo'g'inda rus tilidagi у o’zbek tilidagi u ga qaraganda ancha orqaroqda hosil bo'ladi va cho'ziq talaffuz qilinadi, bunda til bilan tanglay o’rtasidagi bo'shliq ham kengroq bo'ladi. Shuning uchun rus tilidagi u bunday holatda qattiqroq eshitiladi: Ульяна,уважать, уклад. O’zbek tilida so'z oxirida v undoshidan oldin kelgan u tovushi artikulyatsiyasi va cho'ziqligi jihatidan rus tilidagi у ga juda ham o'xshab ketadi. Masalan: quv,quvnoq, suv, g’uv-g’uv. Urg'usiz bo'g'inda у tovushi har ikkala tilda ham qisqaroq talaffuz qilinadi, biroq o’zbek tilida u o'ta qisqa bo'ladi: supurgi- супруг, dushman-душа, tushuncha-тушёнка.
Do'stlaringiz bilan baham: |