O'ZBEK TILSHUNOSLIGI TARAQQIYOTINING EMPIRIK, NAZARIY VA METANAZARIY BOSQICHLARI
Hozirgi kunda bayondan talqinga, tahlildan tadqiqqa otilganligi, obektga sistema sifatida yondashuv, sistemaviy-struktural tadqiqotlar, lisoniy hodisaning formal-funktsional talqini, til birliklarining serqirraliligi va kop paradigmaga mansubligini nazarda tutgan hodda tadqiqotlarning amalga oshirilayottanligi ozbek tilshunosligi fanining nazariy va metanazariy bosqichlarda taraqqiy etayotganini korsatadi.
Tilshunoslikning dolzarb masalalari Bizningcha, uzbek tilshunosligi uchun istiqlol bergan ulkan nemat «megodologik plyuralizm»dir. Chunki XX asrning 70 - 80-yillariga qadar ozbek tilshunosligida metodologik monizm hukm surdi. Yani bu davrda tilshunoslik fani sobiq sovet mafkurasining tazyiqi ostida boldi. Bu esa ozbek tilshunosligining turli aspektlarda erkin rivojlanishiga tosqinlik qildi.
Istiqlolga erishganimizdan song ozbek tilshunosligi uchun har jihatdan yangi davr - metodologik yangilanish davri boshlandi. Birinchidan, ozbektili hech bir tilning prizmasiga asoslanmay, balki oz ildiziga va oz tabiatiga tayangan holda tadqiq etila boshlandi. Ikkinchidan, ozbek tilshunosligi marrizm, marksizm, leninizm kabi soxta talimotlar asoratidan qutuldi, mustaqil rivojlana boshladi. Uchinchidan, ozbek tilshunosligi yagona mafkuraga va tayyor belgilangan metodologik korsatmalarga suyanmay, balki turli paradigmalar va metodlarga asoslangan holda taraqqiy eta boshladi.
Shu jihatdan ozbek tilshunosligining XXI asrdagi holati bosib otilgan yol, undagi tahlil metodlari va usullari, ilmiy tadqiqotlarda tayanilgan metodologiyani baholash va malum manoda tanqidiy idrok etish, zamonaviy paraditalarning tilshunoslik uchun ahamiyatini belgilash, til hodisalarini monoparadigmal yondashuv asosida emas, balki poliparadigmal yondashuv asosida tadqiq etish lozimligini taqozo kil ad i. XXI asrda tilshunoslik metodologik jihatdan yangilanish va evrilishlarga ehtiyoj sezmokda.
Abstraktsiya ilmiy bilishning oliy bosqichi sanaladi, lekin u tushuntirish va talqin etish bosqichiga ehtiyoj sezadi. Shu nuqtai nazardan frantsuz olimi O.Kont fanlarni ikki guruhga bolishni tavsiya etgan: 1) tavsiflovchi (empirik, aniq) fanlar; 2) tushuntiruvchi (nazariy, mavhum) fanlar. «Nima» va «qanday» savollariga tavsiflovchi fanlar javob bersa, «nega» degan savolga javob berish, yani ichki sababiy aloqalarni ochish vazifasini tushuntiruvchi fanlar bajaradi.
Ozbek tilshunosligi taraqqiyotiga nazar tashlasak, dastlab uning tavsifiy va nazariy bosqichlarda rivojlanganini takidlash mumkin. Bugungi ozbek tilshunosligi esa nazariy bosqichdan ham yuqoriroq bolgan tushuntirish (eksplanator) hamda metanazariy bosqichlarda taraqqiy etmoeda. Shu asosda ozbek tilshunosligi fanining taraqqiyotini shartli ravishda 3 bosqichga bolib organish maqsadga muvofiq: 1. Ozbek tilshunosligining empirik bosqichi eng qadimgi davrlardan to XX asrning 50-yillarigacha bolgan davrni o`z ichiga oladi
Bu davr oraligida yaratilgan boy ilmiy meros, xususan, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Koshgariy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Bobur, A.Fitrat, Q.Ramazon, A.Zohiriy kabi olimlarning tilshunoslikka oid monumental asarlari «ozbek mumtoz tilshunosligi»ning magzini tashkil etadi. Bunda ozbek tilshunosligining barcha sohalarida til hodisalarini, grammatikani organish barobarida boy faktik material toplangan.
2. Ozbek tilshunosligining nazariy bosqichi XX asrning 60-yillaridan to XX asr oxirlariga qadar bolgan davrni oz ichiga oladi. Bu davr oraligida ozbektili fonetikasi, leksikologiyasi, frazeologiyasi, dialektologiyasi, morfologiyasi va sintaksisi nazariy jihatdan chuqur taxdil va talqin etildi, ozbek tili grammatikasi va til hodisalarini organishda yangicha yondashuvlar, xususan, sistemaviy, struktural va funktsional yondashuvlar tatbiq etildi.
E'TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |