-q//-k, -aq//-äk affikslari bilan fe’ldan yasalgan otlar harakat quroli nomini anglatadi: olt. taraq (taroq)<tara, qum. kürek (kurak)<küre, tat. uraq (o‘roq)< ur (o‘rmoq), turkm. gapaq (qopqoq)<gap (yopmoq, qoplamoq), qirg‘. yürek (yurak)<yür (yur), shor. qarbaq (qarmoq)<qarba (ilintirmoq), tat. yaotaq (yotoq) <ya°t;
-qaq//-käk affiksi -qї//-aq affikslarining qo‘shiluvidan yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. U otlarga harakat quroli yoki u yoki bu harakatni bajarish usuli ma’nosini ifodalaydi: tat. ishkäk (eshkak)<ish, qirg‘. sayg‘aq (so‘na)<say (sanchmoq), o‘zb. ilgak<il, tuv. dürgek (kalava)<dür (o‘ramoq), boshq. qaoyraq (qayroq)<qaoyra;
-qїch//-g‘їch, -qich//-gich: olt. asqїsh (uch oyoqli temir o‘choq)<as (osmoq), tat. sьzg‘ьch (chizg‘ich)<sьz, shor. süsküs (suzgich, cho‘mich)<süs (suzmoq), xak. pasxїs (narvon)<pas (yurmoq), qirg‘. keskich<kes, turkm. yang‘ їch<yan, o‘zb. chizg‘ich<chiz va hokazo.
3. Turkiy tillarda sifatlarning yasalishi. Turkiy tillar tarixiga bag‘ish-langan barcha ishlarda sifat yasovchi qo‘shimchalar faqat qayd qilinadi, ammo ularning kelib chiqishiga e’tibor berilmaydi. Shu asnoda ular quyidagi kategoriyadagi affikslarga ajratiladi: 1) qandaydir belgi yoki xususiyatga egalik ma’nosini ifodalaydigan affikslar; 2) kichraytirish ma’nosiga ega bo‘lgan affikslar; 3) modal ma’noga ega affikslar; 4) qadimgi sifatdosh affikslari.
3.1. Belgi va xususiyat ma’nosiga ega bo‘lgan affikslar bilan hosil qilingan sifatlar. -їg‘//-ig‘ affiksi eski turkiy tillarda ancha keng tarqalgan edi: q.tur. ayїg‘ (yovuz), arїg‘ (toza), yїlїg‘ (issiq), sarїg‘ (sariq) kabi. Ushbu affiks tuva, xakas va shor tillarida ham saqlangan: tur. arїg‘ (toza), chїlїg‘ (issiq), izig‘ (issiq), xak. xatїg‘ (qattiq), ajїg‘ (achchiq), chїlїg‘ (issiq), shor. qadїg‘ (qattiq), achїg‘ (achchiq), izig‘ (issiq), chїlїg‘ (issiq).
Uyg‘ur va o‘zbek tillarida ushbu qo‘shimchadagi q>g‘: uyg‘., o‘zb. qattьq(qattiq), ьssьq(issiq). g‘>q va g‘>k hodisasi sporadik holatda boshqa turkiy tillarda ham uchraydi: qirg‘. їsїq, ozarb. yїlїx (issiqroq)<yїlїq<yїlїg‘.
Ko‘pchilik turkiy tillarda so‘z oxiridagi g‘ tushib qoladi: no‘g‘. qatь, tat. qaotь, tur. katї, olt. qatu; tat., qum. issi, q.qalp. ьssь, tat. jolь, qum. jїlї, qoz. jьlь, tur. sarї, qoz. sarь. Bu holat o‘zbek tilining o‘g‘uz hamda qipchoq shevalarida ham kuzatiladi.
Bularda so‘z oxiridagi g‘>q bo‘lib, so‘ngra ular tushib qolgan: sarїg‘>sarїq>sarї.
Qaraim tilida so‘z oxiridagi g‘>w: aruw (toza)<arїg‘.
Do'stlaringiz bilan baham: |