6.1. Otli gaplar. Turkiy tillarda otli gaplar tahlili murakkab, sababi otli gaplar fe’l-bog‘lamalarniñ tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Hozirgi ayrim turkiy tillardagi istagan grammatik sathdagi kesim o‘zining muayyan shakliga ega emas: olt. Men altay kiji (Men oltoylikman). Sler altay ulus (Sizlar oltoyliksizlar).
Boshqird tilida kesim affikslari, umuman, ishlatilmasligi mumkin. Shaxs va sonni ko‘rsatish gap tarkibida ishtirok etishi zarur bo‘lgan kishilik olmoshlari orqali ifodalangan subyektda bo‘ladi: Men yaz‘ьwsь (Men yozuvchiman), Hin uqьwsь (sen o‘quvchisan) kabi.
Ko‘pchilik turkiy tillarda kesim affiksining bo‘lmasligi uchala shaxsda ko‘rinadi: qar. Men tüvül kїz (Men qiz emasman), turkm. Bu men kabi.
Barcha turkiy tillarda istagan grammatik sathda ot kesim 3-shaxs birlik va ko‘plikda shaxs ko‘rsatilmasligi mumkin: qirg‘. Kenen düynödö jaz (Keng dunyoda yoz), tuv. A. S. Pushkin–ulug‘ orus chog‘a:lchї (A. S. Pushkin–ulug‘ rus yozuvchisi), chuv. kiper vъrъm (ko‘prik uzun), yoq. kini saxa (u yoqut), og‘o qїra (bola kichik).
Ot kesimning 3-shaxs birlikdagi ko‘rsatkichi kelishik shakllarida yoki yordamchi so‘z bilan birga kelganda yo‘q bo‘lishi mumkin: tat. Bizniñ polk okopta (Bizning polk okopda), tuv. Bo nom bashqїnїñ (Bu kitob o‘qituvchiniki), turkm. Täze yїlїñ bosagasїnda (Yangi yil bo‘sag‘asida), Shaxsning ot kesimda ko‘rsatilmasligi turkiy tillarning qadimgi yodgorliklarida qayd qilingan: o‘rx.en. Bän bilgä Tonyuquq (Men, dono To‘nyuquq).
Ammo ko‘pchilik turkiy tillarda ot kesimlar 1-kategoriya ko‘rsatichi yoki kesimlik affiksiga ega. Kesimlik affikslarining fe’l-bog‘lama - “bo‘lmoq” o‘rnida qo‘llanishi hozirgi paytda ko‘pchilik turkiy tillarda ancha keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi: ozarb. Sän mänim gardashїmsan (Sen mening birodarimsan), tuv. Men studentmen (Men studentman).
Kishilik olmoshlarining kesimlik affiksi sifatida kelishi barcha turkiy yodgorliklarda qayd qilingan. Chuvash tilida kesimlik va egalik affikslari o‘zaro farqlanmaydi.
Yoqut tilida birinchi va ikkinchi shaxs ko‘plikda kesimlik affiksi egalik affiksi bilan bir xil bo‘lib, ular faqat matnda o‘zaro farqlanadi: Bihigi og‘olorbut kellilär (Bizning bolalar keldilar). Bihigi qїrї og‘olorbut (Biz kichkina bolalarmiz). Birinchi misolda egalik, ikkinchi misolda kesimlik farqlangan.
Uchinchi shaxs birlikda ham kesimlik affiksi sifatida kishilik olmoshlari ishlatilish holatlari mavjud. Bu qadimgi turkiy yodnomalar, shuningdek, hozirgi turkiy tillarda ham saqlangan: boshq. Xasan ya°zьwsь ul (Hasan yozuvchi), tat. Xasan ya°zushь ul. Bu holat tuva tilida ham kuzatiladi.
3-shaxs birlikda ko‘pgina turkiy tillarda ot kesimda -dїr(kesimlik affiksi qo‘llaniladi. Qadimgi turkiy yodnomalarda uning ancha ertagi shakli turur saqlangan: esk.o‘zb. Tashvish bänihoyatdurur (Tashvish juda ko‘pdir).
Do'stlaringiz bilan baham: |