Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Atamalar qanday yasaladi?
2. Atamalar necha guruhga bo‘linadi va ular qaysilar?
3. O‘z sohangizga oid atamalardan misollar keltiring va izohlab bering
6-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Matn va uning turlari.
Reja:
1. Mikromatn va makromatn
2. Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar
3. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi. Matn tuzilishi 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarningo‘zaro Grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan,mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Do'stlaringiz bilan baham: |