Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. O‘zbek tilining leksik qatlamlari haqida so‘zlab bering.
2. So‘z – leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida. Sohangiz bo‘yicha bir va ko‘p ma’noli so‘zlarga misollar keltiring
3. Ijtimoiy leksika. Sohaviy leksika haqida gapiring
4-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Til va terminologiya
Reja:
1.O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari.
2.Tilning lug‘at tarkibi. O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari.
3.Sohaviy lug‘atlarda terminlar.
4.Tezaurus haqida ma’lumot.
Respublikamiz o‘z mustaqilligiga, ona tilimiz esa Davlat tili maqomiga erishgan bugungi kunda turli fanlar, jumladan, o‘zbek tilshunosligi oldida yangidan-yangi vazifalar ko‘ndalang bo‘lmoqda.Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiytexnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda.
Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi. So‘nggi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya bo‘yicha terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtayi nazardan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmetlar va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning, asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Alohida ta’kidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal yetish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun yemas, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli:
1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi. Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshladi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilgan.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.
Terminologik lug‘atlarni strukturalash va ularni ma’lumotlar bazasida loyihalash ahamiyatga ega. Mashina tarjimasida terminografiya alohida o‘rganilishi uning lingvistik ta’minotda asosiy qism ekanligini ko‘rsatadi. Mashina tarjimasida terminlarning alohida sohaviy lug‘atlari yaratilishi, tarjimaning sifatini oshiradi. Terminologiya hamisha o‘zgarib boruvchi soha bo‘lgani uchun rivojlangan davlatlarda bu yo‘nalish jiddiy tadqiq etilgan. Ammo o‘zbek tilshunosligida kompyuter terminografiyasi deyarli o‘rganilmagan. Terminografiyada quyidagi masalalar o‘rganiladi:
1) u yoki bu terminning ikkinchi bir tilda aynan mavjud bo‘lmasligi;
2) terminlarning so‘z birikmalari tarzida ifodalanishi;
3) matnning uslubini aniqlash va ilmiy terminlarning ma’nolarini uslubga ko‘ra o‘zgarishi;
4) muayyan soha doirasida bir leksemaning turli ma’noda qo‘llanilishi.
5) muayyan terminning bir necha sohada turli shaklda ifodalanishi Masalan, texnika sohasida qo‘llaniladigan inglizcha pin termini ot so‘z turkumi sifatida quyidagi ma’nolarga ega: barmoq, shtift, shpilka, shplint va h.k., shuningdek, ushbu leksema boshqa so‘z turkumi sifatida ham turli ma’nolar kasb etadi: hayotini buzmoq, so‘zidan ilib olmoq va h.k. Olimlar fan va texnikaga oid terminlarni standartlashtirishga oid fikrlarni beradilar. Muayyan terminning iste’molga kirib kelishida uning yaratuvchisi yoki ijtimoiy hodisalari ta’sirida ba’zi terminlarning o‘rniga boshqa birining qo‘llanish holatlarini inkor etib bo‘lmaydi. Lingvistik ta’minotda terminlar lug‘atining nisbatan to‘liq berilishi tarjima sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Tezaurus (yun. thesauros — xazina, boylik) — 1) muayyan tildagi barcha soʻzlarni qamrab oladigan, ularning matnda qoʻllanish holatlarini toʻlatoʻkis aks ettiradigan lugʻat. Jonli tilning lugʻat tarkibi doimo oʻzgarib turishi sababli Tezaurus faqat oʻlik tillar materiallari asosida yoki oldindan belgilab olingan yozma yedgorliklar uchun tuzilishi mumkin. Muayyan yozuv yodgorliklaridan leksikani yoppasiga terib olishga asoslangan lugʻatlar (mas., yunon, lotin tillariga tuzilgan lugʻatlar) shunday lugʻatlardan hisoblanadi. Turkiyshunoslikda A. K. Borovkov, E. I. Fozilov, A. Najiblarning 13—14-a. lar turkiy yozma yedgorliklari asosida tuzilgan lugʻatlari ham glossariy, ham Tezaurus belgilariga ega. Soʻz tanlash prinsipiga koʻra yozuvchilar yoki ular ijodiga mansub ayrim asar tili boʻyicha tuzilgan lugʻatlar ham Tezaurus hisoblanadi;
2) bironbir ilmfan sohasiga oid lugʻaviy birlik (soʻz) lar mavzu tartibida joylashtirilgan va ana shu birliklar oʻrtasidagi semantik (turjins, sinonimik va b.) munosabatlar aks ettirilgan ideografik lugʻat. Bunda soʻzlar alifbo tartibida emas, balki bir mavzu, bir tushunchaga aloqador soʻzlarning barchasi bir joyda beriladi: kerakli soʻzlar tushunchaga qarab qidiriladi. Nazariy jihatdan Tezaurus leksika semantik tizimining ehtimoliy modellaridan biridir. Amadda undan yozuvchi individual lugʻatini boyitish vositasi sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |