ORFOGRAFIYA. ORFOGRAFIK TAMOYILLAR
Orfografiya grekcha to‘g‘ri yozmoq demakdir. So‘z o‘zak-negizlari va qo‘shimchalarini yagona tarzda yozish haqidagi qoidalar yig‘indisi orfogra-fiya deyiladi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xosdir. Orfografiya o‘z navbatida orfoepiya va alifbo (grafika) bilan uzviy bog‘liqdir. Lekin o‘zbek orfografiyasida hali anchagina kamchiliklar va ba'zi chalkashliklar uchraydi. Bunga sabab: 1) o‘zbek alifbosidagi kamchiliklar: 2) orfoepiya-ning ishlanmaganligi; 3) qo‘shma so‘zlar imlosining bo‘sh ishlaganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |