O‘zbek orfografiyasining tamoyillari
Tamoyil (prinsip) – lotincha boshlanish demakdir. Imloviy tamoyillar yozuvning poydevoridir. Orfografiyaning uchta asosiy tamoyili bor: 1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy-an'anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, 4) differensial tamoyil va 5) grafik yoki etimologik tamoyillar ham mavjud. Lekin keyingi ikkalasi asosiy rol o‘ynamaydi. O‘zbek orfografiyasidagi mazkur tamoyillar o‘zaro bog‘liq holda ish ko‘radi. Yozuvda xilma-xillikka yo‘l qo‘ymaslik uchun bularga qat'iy rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |