O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari



Download 457,78 Kb.
bet13/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

Nazorat savollari

    1. O‘zbek terminlar tizimining o‘z boyliklari hisobiga kengayishining nechta yo‘li bor?

    2. Termin yasashning qanday usullaridan unmli foydalaniladi?

    3. Terminlar yasashda kalkaning o‘rniga baho bering.

    4. O‘zbek terminlar tizimida arabcha o‘zlashmalarning ahamiyati qanday?

    5. Terminologiya maslalarining mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishini izohlang.

    6. Istiqloldan keyin qanday terminlar jamiyat a’zolari uchun xizmat qila boshladi?

    7. Mustaqillik boshlarida noilmiy terminlarning paydo bo‘lishi qanday omillar bilan bog‘liq edi?

    8. Qaysi o‘zbek sporti turi terminlari jahon tillari tomonidan o‘zlashtirilgan?

    9. Qanday chet tili terminlari o‘zbekcha mutanosiblari bilan almashtirilmoqda?

10. Xorijiy o‘zlashmalarning o‘zbekcha tarjimalariga baho bering.
11. Qanday xorijiy o‘zlashma terminlar aynan, tayor qabul qilinadi?
12. O‘zbek milliy siyosati qaysi terminlarda ifodasini topgan?
13. Davlat boshqaruvi tizimi qanday terminlar hisobiga yanada boyidi?
Adabiyotlar:
1. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlami. -Toshkent: Fan, 1988.
2. Bektemirov H., Begmatov E. Mustaqillik davri atamalari. Toshkent: Fan, 2002.
3. Dadabayev X.A. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno-ekonomicheskaya terminologiya v tyurkoyazichnix pismennix pamyatnikax X1-X1U vv. -Tashkent: Yozuvchi, 1991.
4. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya.- M.: Nauka, 1977.
5. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. Toshkent: Fan, 1977.

10- 11-mavzular: O‘zbek terminologiyasida so‘z yasalishi masalalari.
Reja.
1.Terminologiyada so‘z yasalishi masalalari.
2.Terminologiyada so‘z yasalishi faol usullari.


Tayanch so‘z va iboralar: terminologiyada so‘z yasalishi, termin yasash modellari, motivlangan terminlar, motivlanmagan terminlar, metonimik ko‘chim, affiksal termin yasash, sermahsul affiks, kammahsul qo‘shimcha, mutaxassislik terminlari, zoonimlar, texnikaviy terminlar.

Hammaga ma’lumki, terminlar oddiy so‘zlar singari umumadabiy va maxsus leksikada bor bo‘lgan so‘z va o‘zaklardan yasaladi.


O‘zbek tili terminlari tizimi o‘zga qarindosh turkiy tillardagidek mavjud struktur turlar, ya’ni sodda, yasama, qo‘shma, qisqartma va so‘z birikmalarini qamrab oladi.
So‘z yasalishi o‘zbek tilshunosligida chuqur va atroflicha tadqiq etilgan masalalardan hisoblanadi. Mazkur muammoga oid bir qancha dissertatsiyalar himoya qilingan, talaygina monografiya hamda maqolalar e’lon qilingan. Termin yasalishi ham o‘zbek tilshunoslari diqqat markazidan o‘rin olgan sohalardandir.
O‘zbek tili termini yasalishida morfologik (affikslar yordamida so‘z yasalishi), sintaktik hamda semantik usullar o‘ta mahsuldor va faol bo‘lib, bularning ko‘magida leksik tarkib muttasil boyib, taraqqiy etmoqda.
O‘zbek tili terminlarining aksariyatini motivlangan, ya’ni so‘z-terminlar (qo‘shimchalar qo‘shishi bilan yasalgan), termin-qo‘shma so‘zlar hamda semantik (asosan metaforik) ko‘chim asosida hosil qilingan terminlar tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda terminlarning salmoqli qismi motivlanmagan, ya’ni o‘zbek tilining o‘z sodda so‘zlari, o‘zlashmalar, termin-kalkalar va antroponimlardan metonimik ko‘chim vositasida voqelangan istilohlardan tashkil topgan.
So‘z turkumlari nuqtai nazaridan o‘zbek tili terminologiyasi asosan ot, sifat, ravish va fe’l so‘z turkumlariga xos so‘zlardan iborat. Shak-shubhasiz, ot - termin lar o‘zbek terminlogiyasining poydevorini tashkil etadi. Ayni paytda, sifat turkumiga dahldor so‘zlarning terminologik leksika tarkibi taraqqiyotidagi o‘rni salmoqli ekanligini ham yoddan chiqarmaslik lozim.
O‘zbek tilida morfologik usul bilan termin yasalishi umumadabiy til leksik birliklarini hosil qiluvchi ayni so‘z yasovchi qo‘shimchalar hamda so‘z yasovchi qolip (model)lar yordamida amalga oshiriladi.
Affiksal termin yasalishi umumadabiy so‘zlarning hosil qilinishi singari juda qadimdan yetakchi va sermahsul usul hisoblanadi. O‘z vaqtida Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Ibn Muhanna lug‘atlarida, XSH-X1U asrlarda arab tilida yaratilgan grammatikaga doir risolalarda, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘zbek (turkiy) tili so‘z yasalishi vositalari va yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan edi.
Hozirgi paytda o‘zbek tili so‘z yasalishi maslasiga tegishli ilmiy adabiyotlarda so‘z yasovchi affikslarining to‘la tarkibi ma’lum darajada tartibga solingan.
Affiksal usul bilan yasalgan ot turkumli termin (turdosh ot)lar 1. Ot (sifat) turkumli so‘zlardan yasalgan terminlar chi affiksli so‘z yasovchi model
O‘ta sermahsul va turg‘un hisoblanmish –chi affiksli model hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida amaliy qo‘llanishda qolayotgan katta miqdordagi terminlar bilan ifodalangan. Mazkur model turdosh otlar yasovchi modellar qatorida eng mahsuldorligi va faolligi bilan ajralib turadi ( Gulyamov 1955; Shoabdurahmonov 1988;175-178; Begmatov 1985;132-133). Mazkur model ot so‘z turkumidan aksariyat shaxs oti, ish - harakatni bajaruvchi, biror kasb bilan shug‘ullanuvchi, ijtimoiy mansublik (SHerbak 1977;103; Sravnitelno-istoricheskaya grammatika 1988;144-146) kabi ma’nolarni ifodalovchi otlarni hosil qiladi.
-chi affiksining tarixiy taraqqiyoti jarayonida harakat-holat, kasb-hunar, mutaxassislik ma’nolarni ifodalashi ravshan namoyon bo‘ladi. UP-X1U asr qadimgi turkiy run hamda eski turkiy til yozma manbalarida ushbu affiks ishtirokida yasalgan bedizchi (« rezchik po derevu, kamnyu, vayatel») (DTS,90), bitkachi («pisets,pisar»)(DTS,10), ayg‘uchi («sovetnik»)(DTS,28), alimchi («zaimodavets, kreditor») (DTS,35), altunchi («zolotix del master»)(DTS,40) singari juda ko‘p terminlar qo‘llangan. Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub “Muqaddimat ul-adab” lug‘atida bu qo‘shimcha ishtirokida yasalgan, turli kasb va hunar egalarini anglatuvchi yigirmadan ortiq nomlar qayd etilgan: paxsachi («vozvodyashiy glinobitniye steni»), yag‘chi («maslodel»), chag‘irchi («vinodel»), bichaqchi («nojovnik») va h.k.( Dadabayev 1990; 80). O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida –chi affiksining funksiyasiga alohida diqqat qaratgan holda, uning qurchi, xizanachi, yarag‘chi, chavganchi, nayzachi, shukurchi, yurtchi, shilanchi, axtachi, takje professii: qushchi, barschi, qoruqchi, tamg‘achi, jibachi, yorg‘achi, halvachi, kemachi, qoychi singari turfa mansab va rutbalarni ifodalashdagi faolligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiyning yozishicha, qazchi, quvchi, turnachi, kiyikchi, tavushqanchi kabi qush ovi bilan bog‘liq ko‘pgina terminlar ham –chi affiksi ko‘magida yasalgan (Alisher Navoiy 1967;116-117).
Ilmiy-texnikaviy inqilob davrida, globallashuv va kompyuterlashtirish asrida –chi affiksli modelning so‘z yasash imkoniyatlari va doirasi bir necha barobar oshib ketdi.
Ushbu modelning so‘z yasalishdagi vazifasi o‘zbek tilining terminologik so‘z yasalish meyorlarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
-chi bilan yasalgan otlarning ma’noviy o‘ziga xosliklari u qo‘shilayotgan o‘zakka hamda uning o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiyatlar ta’sirida shakllanadi.
-chi affiksli ot – terminlar semantik strukturasiga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi.
Biror bir kasb-hunar, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi subyekt nomini ifodalovchi terminlar: traktorchi («traktorist»), sportchi («sportsmen»), vositachi («makler»), neftchi («neftyanik»), suvoqchi («shtukatur»), elektrchi («elektrotexnik; elektrik; elektramantyor»), ekskavatorchi («ekskavatorshik») va h.k.
Umumiy hodisalar hamda kasb-hunar, mutaxassislik terminlari qatori ularning o‘z terminologiyasiga ega bo‘lgan turli soha va yo‘nalishlari ham mavjuddir.
–chi affiksi kasb-hunar, mutaxassisliklarning umumiy ma’nosini bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, ushbu kasb-hunar va mutaxassisliklarga taalluqli ot-terminlarni yasaydi: xizmatchi («slujashiy, sotrudnik») , tilchi («lingvist»), jangchi («voin, boyets»), chorvachi («jivotnovod, skotovod») va h.k.;
muayyan kasb-hunar, mutaxassislikning aniq sohasida band bo‘lgan shaxsni anglatuvchi ot-terminlarni hosil qiladi: tankchi («tankist»), avtomatchi («avtomatchik»), dozimetrchi («dozimetrist»), zenitchi («zenitchik»), pontonchi («pontonyor») ( umumiy termin – jangchi), karatechi («karateist»), gimnastikachi («gimnast»), voleybolchi («voleybolist; voleybolistka»)( umumiy termin – sportchi), bo‘yoqchi («malyar»), betonchi («betonshik»), montajchi («montajnik»), payvandchi («svarshik»)( umumiy termin quruvchi), g‘ijjakchi («muzikant, igrayushiy na gidjake»), skripkachi («skripach; skripachka»), rubobchi («rubabist»), nog‘orachi («litavrist, udarnik») ( umumiy termin –san’atchi) va h.k.
-chi affiksli model kasb-hunar, faoliyatning aniq sohasini ifodalovchi nomlardan rang-barang mazmun-ma’noli otlarni yuzaga chiqaradi.Chunonchi:
a) qandaydir narsa-predmet, buyum, ashyo yaratuvchi subyekt nomini bildiruvchi terminlar yasaydi: taqachi («kuznets-gotovyashiy podkovi i kuyushiy loshadey»), gilamchi («kovrovshik, kovrovshitsa»), domnachi («stroitel domennogo pecha»), muqovachi («perepletchik»), beshikchi ( «plotnik, gotovyashiy derevyannuyu kolibel») va h.k.;
b) ayni kasb, hunar , mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs nomini anglatuvchi terminlarni hosil qiladi: ayg‘oqchi («lazutchik, shpion»), qo‘poruvchi («diversant»), ixtirochi («izobretatel»), arendachi («arendator»), auksionchi («auksionist»), surushtiruvchi («doznovatel»), taftishchi («revizor, kontrolyor») va h.k.;
v) muayyan kasb-hunar sohasida qo‘llanuvchi asbob-uskuna, jihoz, buyum, texnika vositalari nomlaridan ushbu texnika vositalarini boshqaruvchi shaxslar otini yasaydi: mototsiklchi («mototsiklist»), tankchi («tankist»), buldozerchi («buldozerist»), to‘pchi («artillerist»), granatamyotchi («granamyotchik»), mashinachi («portnoy; portnixa»), greyderchi («greyderist»), ekskavatorchi («ekskavatorshik») va h.k.;
g) qandaydir bir obyektga mas’ul, mutasaddi ishchi, xizmatchi, arbob nomini ifodalovchi terminlarni yuzaga keltiradi: omborchi («kladovshik»), do‘konchi («lavochnik»), korxonachi («soderjatel predpriyatiya»), dorixonachi («aptekar») va h.k.;
d) aniq faoliyat, kasb-hunar soha yo‘nalishini anglatuvchi asoslarga qo‘shilib, mazkur soha bilan band shaxslar nomini bildiruvchi terminlar yasaydi: dengizchi («matros, moryak»), yo‘lchi («dorojnik»), atomchi («atomshik»), kimyochi («ximik»), metallchi («metallist»), metrochi («rabochiy ili slujashiy metro»), domnachi (1.»stroitel domennoy pechi»; 2. «domenshik») va h .k.;
ye) fanning turli sohalarida xizmat qiluvchi mutaxassislar, xodimlar nomini ifodalovchi terminlar yasaydi: tarixchi («istorik»), adabiyotchi («literator»), folklorchi («folklorist»), lug‘atchi («leksikograf»), matnchi («tekstolog»), tilchi («lingvist») va h.k;
j) muayyan narsa-predmet, buyum, mahsulotni sotuvchi subyekt nomini bildiruvchi terminlarni voqelantiradi: morschi («prodavets napitka mors»), gazetachi («prodovets gazet»), holvachi («prodavets xalvi, torguyushiy xalvoy») va h.k.
Xuddi shunday yo‘l bilan yasalgan ba’zi bir yasama terminlar ham biror –bir mahsulotni tayyorlovchi, ham uni realizatsiya qiluvchi – sotuvchi shaxsni ifodalaydi: paxtachi (1.»xlopkovod»; 2. «skupshik xlopka»), pashmakchi (1.»izgotovitel pashmaka»; 2. «torguyushiy pashmak»), qalpoqchi (1.»master, shyushiy voylochniye golovniye ubori»; 2. «torguyushiy golovniye ubori, shapochki»), beshikchi ( 1. «master derevyannoy kolibeli»; 2. «torguyushiy derevyanniye kolibeli») va h. k.
Mehnat, hodisa, ish-harakat bilan mashg‘ul shaxslarni ifodalovchi ot-terminlarni yuzaga keltiradi : isyonchi («buntovshik»), bosqinchi («agressor»), navbatchi («dejurniy, dnevalniy»), jinoyatchi («prestupnik») va h.k.
Ma’lum bir ish - harakat ishtirokchisi nomini bildiruvchi terminlar yasaydi: namoyishchi («demonstrant»), himoyachi («zashitnik»), marofonchi («uchastnik, uchastnitsa marofona»), muzokarachi («peregovorshik, peregovarshitsa») va h.k.
Qaysidir oqim, yo‘nalish, yo‘l tarafdori, muxlisi nomini anglatuvchi terminlarni hosil qiladi: monarxiyachi («monarxist»), respublikachi («respublikanets»), separatchi («separatist»), oppozitsiyachi («oppozitsioner»), kantchi («priverjenets idei Kanta») va h.k.
Sport jamiyatlari va klublar nomlarini ifodalovchi so‘zlarga qo‘shilib, shu jamiyat yoki klublar a’zolarini anglatuvchi terminlar yasaydi: paxtakorchi («paxtakorevets»; «chlen sportivnogo kluba “Paxtakor”), dinamochi («dinamovets»; «chlen sportivnogo obshestvo “Dinamo”), navbahorchi («navbaxorevets»; «chlen sportivnogo kluba “Navbaxor”) va h.k.
Ekstralingvistik omillar ta’siri, chunonchi, so‘nggi vaqtlarda fan, texnika, axborot texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi natijasi o‘laroq o‘zbek tilida –chi affiksi ishtirokida narsa-predmet, buyum, apparatlar nomlarini atovchi terminlarning miqdori yana-da ortdi.
Bunday hodisa birinchilardan o‘zbek harbiy terminologiyasi tizimida qayd etigan bo‘lib (Yodgorov1996;20), bular jumlasiga bombardimonchi («bombardirovshik»), qiruvchi aviatsiya («istrebitelnaya aviatsiya»), shturmchi («shturmovik») , fotorazvedkachi samolyot («samolyot –fotorazvedchik») singari terminlar kiritiladi.
Zoologiya terminlari tarkibida esa nina («igla, igolka») so‘zidan yasalgan ninachi («strekoza»), baliq («riba») zoonimidan hosil qilingan baliqchi ( «chayka») yoki sutemizuvchilar («mlekopitayushiyesya») kabi leksemalarning qo‘llanayotganini kuzatamiz.
-lik affiksli so‘z yasovchi model Ushbu qolip o‘zbek tilidagi o‘ta sermahsul so‘z yasovchi modellardan biri bo‘lib, uning ko‘magida nafaqat sof o‘zbekcha (turkiycha), balki o‘zlashma so‘zlardan ham quyidagi turdagi ot-terminlar hosil qilinadi:

  1. 1.Holat, sifatning mavhumligi, umumiyligi ma’nosini ifodalovchi ot-terminlarni yuzaga chiqaradi. Mazkur ma’noli otlar asosan o‘zakdan anglashilgan holat-sifat, fazilat-sifat yoki muayyan belgiga ko‘ra voqelangan hodisani bildiruvchi ismlardan yasaladi. Ba’zi misollarni keltiramiz: liberallik («liberalizm»), safarbarlik («mobilizatsiya»), jangovorlik («boyeviye kachestva»), ishtahasizlik («giporeksiya») va h. k.;

. Belgi - xususiyat, sifat yoxud holatni ifodalovchi ot-terminlar yasaydi: zichlik («plotnost, uplotnyonnost»), suyuqlik («jidkost»), tenglik («ravenstvo»), ko‘rlik («ablepsiya»), sarosimalik («zameshatelstvo»), gomogenlik («gomogennost»), debillik («debilnost») va h.k.
. Qandaydir yumush, mashg‘ulot, vazifaga mo‘ljallangan narsa, buyum,ashyo nomini ifodalaydi: urug‘lik («semena, semennik»), qishlik («zimnaya odejda»), paxtalik («vatniy kamzyul»), taglik («podguznik») va h.k.;
onda-sonda –lik//-liq affiksli otlar qatnashchi nomini anglatadi: boshliq («nachalnik»);
ma’lum bir joy, yerni nomlovchi ot-terminlar yasaydi: tog‘lik («goristaya mestnost»), qirlik («xolmistaya step, vozvishennost»), jarlik («krutoy bereg, ovrag, obriv») , qumlik («peschanoye mesto, peski»), bo‘shliq («polost») va h.k.;
shaxsning yashash o‘rni, turar joyi, kasb-hunari, moyilligi, mashg‘ulot turi, xizmat joyi, maqomi kabi ma’nolarni ifodalovchi ot-terminlarni voqelantiradi: askarlik («voinskaya povinnost»), fuqarolik («grajdanstvo, poddanstvo»), prezidentlik («post prezidenta»), rektorlik («doljnos rektora»), jarrohlik («professiya ili zanyatiye xirurga»), mashinistlik («professiya mashinista»), kosmonavtlik («professiya kosmonavta»), radistlik («professiya radista»), shaharlik («gorojanin») va h.k. ;
hosil qiluvchi asosning ko‘lami, hajmi yoki sifati natijasi ma’nolarini ifodalovchi ot-terminlarni shakllantiradi: yettilik( «semyorka»), birlik (1. gram.» yedinstvennoye chislo»; 2. mat. «yedinitsa»), ko‘plik (gram. «mnojestvennoye chislo»), ikkilik («dvustishiye»), to‘rtlik («chetverostishiye») i t.p.;
pul birliklari nomlarini bildiruvchi terminlar yasaydi: so‘mlik ( «dostoinstvom v uzbekskix sumov»), dollarlik («dostoinstvom v amerikanskix dollarov»), markalik («dostoinstvom v nemetskix markax») va h.k;
texnika bilan band bo‘lgan soha yo‘nalishlari hamda korxonalar nomlarini atovchi terminlarni hosil qiladi: temirchilik («kuznechnoye remeslo»), payvandchilik («svarnoye remeslo»), aviasozlik («aviastroyeniye»), po‘latsozlik («staleliteynoye delo»), mashinasozlik («mashinostroyeniye») va h.k;
muayyan hodisa, voqea, ko‘rinishni anglatuvchi ot-terminlarni shakllantiradi: jinoyatchilik («prestupnost»), huquqbuzarlik («pravonarusheniye»), homiylik («popecheniye»), vasiylik («opekunstvo, opeka»), badihago‘ylik («improvizatorstvo»), maddohlik («apologiya») va h.k.
-lik//liq affiksi yasama so‘zlar bilan birikib, asl o‘zbekcha terminlarni voqelantiradi. Bunday holatlarda u tubandagi qo‘shimchalar ishtirokida turfa termin – derivatlar yasaydi:
-siz + lik: vaznsizlik («nevesomost»), uyqusizlik («agripniya»), shuursizlik («nevnemyayemost»), daxlsizlik («neprikosnovennost»), madorsizlik («bessiliye, istosheniye») va h.k.;
-dosh + lik : o‘rindoshlik («sovmestitelstvo»), quroldoshlik («drujba po orujiyu, odnopolchanstvo»), qarindoshlik («rodstvo») va h.k.;-mas+ lik: chanqamaslik («adipsiya»), suvo‘tmaslik («vodoneronitsayemost»), yurolmaslik («abaziya»), bitmaslik («nezarasheniye») va h.k.;
-chan+lik: eruvchanlik («rastvorimost»), zirhteshuvchanlik («broneprobivayemost»), sezuvchanlik («chuvstvitelnost»), cho‘ziluvchanlik («tyaguchest»), oquvchanlik («protochnost»), yashovchanlik («vijivayemost»), o‘zgaruvchanlik («izmenchivost») va h.k.;
-li+lik: chidamlilik («prochnost, krepost»), kalloriyalilik («kaloriynost»), daromadlilik («doxodnost, pribilnost»), chidamlilik («prochnost, krepost,noskost, iznosoustoychivost») va h.k.;
-qoq+lik: botqoqlik («tryasina, bolotistoye mesto»), yopishqoqlik («lepkost, kleykost»), chanqoqlik («jajda»), qayishqoqlik («elastichnost, uprugost, gipkost») va h.k. ;
-(i)sh+lik: yanglishlik («oshibka, zablujdeniye»), cheklanishlik («ogranichivost»), yemishlik («yeda, pisha, sned») va h.k.;
-roq+lik: yaltiroqlik («glyansevitost»), chinqiroqlik («pisklivost»), o‘troqlik («osedlost, osedliy obraz jizni»), baqiroqlik («kriklivost, shumlivost») va h.k..
-lik// -liq affiksi chet tillardan kirgan so‘z yasovchi morfemalar yordamida yuzaga chiqqan yasama so‘zlardan ot-terminlar hosil qiladi:
-don+ lik: bilimdonlik («znaniya, eruditsiya»);
-soz+lik: mashinasozlik («mashinostroyeniye»),avtomobilsozlik («avtomobilestroyeniye»), samolyotsozlik («samolyotostroyeniye»), kemasozlik («korablostroyeniye»), traktorsozlik («traktorostroyeniye»), shaharsozlik («gradostroitelstvo») va h.k.;
-dor+lik: chorvadorlik («jivotnovdstvo, skotovodstvo»), aybdorlik («vinovnost»), unumdorlik (1.»plodorodnost»; 2.»produktivnost»; 3. «proizvoditelnost»); quldorlik («rabovladeniye»), hosildorlik («plodorodiye»), gumondorlik («podazreniye»), homiladorlik («beremennost») va h.k.;
-vor+lik: ulug‘vorlik («velichiye, grandioznost»), tantanavorlik («torjestvennost, pompeznost») va h.k.;
-kor(-gor, -kar)+lik: sholikorlik («risovodstvo, risoseyaniye»), g‘allakorlik («xlebopashestvo, vozdelivaniye zernovix kultur»), gunohkorlik («vinovnost»), hamkorlik («sotrudnichestvo») va h.k.;
-boz+lik : miltiqbozlik («orujeynaya perestrelka»), fohishabozlik («rasputstvo»), guruhbozlik («gruppovshina»), qimorbozlik (1.»uvlecheniye azartnimi igrami»; 2. «azartniye igri») i t.p.;
-do‘z+lik: yelkando‘zlik («zanyatiye po izgotovleniyu parusov»), etikdo‘zlik («sapojnoye remeslo»), telpakdo‘zlik («zanyatiye shapochnika») va h.k.;
-kash+lik: chizmakashlik ( 1. «professiya ili zanyatiye chertejnika»; 2. «professiya ili zanyatiye risovalshika uzorov dlya vishivaniya»), pillakashlik ( 1. «zanyatiye ili professiya kokonometalshika»; 2. «kokonometaniye») va h.k.; -xo‘r+ lik: qonxo‘rlik («jestokost, krovojadnost»), odamxo‘rlik («kannibalizm»), tekinxo‘rlik (1. «darmoyedstvo», «tuneyadstvo»: 2.biol. «parazitizm»), poraxo‘rlik («vzyatnichestvo») i t.p.;
-paz+lik : somsapazlik («zanyatiye ili professiya pirojnika»), oshpazlik («professiya ili zanyatiye povara, kulinara») va h.k.;
-shunos+lik: o‘lkashunoslik («krayevedeniye»), tuproqshunoslik («pochvovedeniye»), metallshunoslik («metallovedeniye»), tilshunoslik («lingvistika, yazikoznaniye»), huquqshunoslik («yuridicheskaya nauka»), qonunshunoslik («zakonovedeniye») va h.k.;
-bon+lik: posbonlik («obyazannosti straja»), bog‘bonlik («sadovodstvo»), qo‘ychibonlik («zanyatiye pastuxa») va h.k.;
-parvar+lik: kambag‘alparvarlik («blagotvoritelnost»), insonparvarlik («gumannost»), vatanparvarlik («patriotizm»), xalqparvarlik («zabota o narode, lyubov k narodu») va h.k.;
-furush +lik: odamfurushlik («rabotorgovlya»), bangifurushlik («narkotorgovlya»), terifurushlik («torgovlya kojami ili shkurami») va h.k.;
-parast+lik: butparastlik («idolopoklonstvo, yazichestvo»), otashparastlik («ognepoklonnichestvo»), mansabparastlik («karyerizm»), shaxsiyatparastlik («egoizm; individualizm»), aqidaparastlik («dogmatizm») va h.k.;
-xon +lik: dostonxonlik («chteniye dastana, eposa»), gazetaxonlik («chteniye gazet»), navoiyxonlik («chteniye proizvedenii Navoi»), kitobxonlik («chteniye knig») va h.k.;
-gar +lik: da’vogarlik (1. «polojeniye istsa»; 2. «pred’yavleniye iska»; 3. «pretensioznost»), savdogarlik (1. «zanyatiye torgovley, kommersiya»; 2. «professiya torgovsa, kommersanta»), zargarlik (1. «professiya ili remeslo yuvelira»; 2. «yuvelirniy ryad na bazare») va h.k.
Yuqoridagi ashyoviy materiallarga asoslanib bildirilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda ta’kidlash joizki, ot (sifat) + lik//liq modeli mavhum ma’nosi bilan hozirgi o‘zbek tilida, xususan, termin yasashda juda sermahsul va faol qolip sifatida e’tirof etiladi.
Shu bilan bir qatorda, qilingan tahlil -lik//-liq affiksining: a) qurol, asbob, moslamalar nomlari; b) hosil qiluvchi so‘z asosida shakllangan joy, yer nomlari; v) pul birliklari nomlarini yasashda kammahsulligini
Murakkab tarkibga ega –chilik (-chi+lik) qo‘shimchali model termin yasalish jarayonida faol qatnashadi. Ushbu qolip quyidagi terminlarni hosil qiladi:
kasb,hunar, mashg‘ulot va soha nomlari: uzumchilik (“vinogradarstvo”), qorako‘lchilik (“karakulevodstvo”), me’morchilik (“zodchestvo”), tutchilik (“razvedeniye shelkovitsi”) va h.k.;
umumlashtiruvchi nomlar: qurg‘oqchilik (“zasuxa”), mo‘lchilik (“izobiliye, obiliye”), mahaliychilik (“mestnichestvo”), partizanchilik (“partizanshina”) va h.k.;
narsa, buyum yoxud hodisa, voqea oti: so‘lchilik (“levachestvo”), ozchilik (“menshenstvo”), neokantchilik (“neokantstvo”), ma’muriyatchilik (“administrirovaniye”) va h.k.

Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish