O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari


Ruscha-baynalmilal murakkab qo‘shma terminlarning o‘zlashishi



Download 457,78 Kb.
bet74/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

Ruscha-baynalmilal murakkab qo‘shma terminlarning o‘zlashishi
Hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida haddan ziyod miqdordagi ruscha-baynalmilal murakkab qo‘shma terminlar qo‘llanmoqda. Ushbu murakkab qo‘shma terminlarning ma’lum qismi o‘zbek tili tomonidan tayyor, asl holda o‘zlashtiriladi: general–mayor, unter – ofitser, shtab – kvartira, samolyot – snaryad, pistolet–pulemyot, marsh–parad, radiometr–rengenometr, shtab-kvartira va h.k. Bunday o‘zlashmalar o‘zbek terminologiyasining salmoqli ulushini tashkil etadi.
Boshqa bir guruh murakkab qo‘shma terminlarning so‘z tartibi o‘zbek tiliga o‘zlashish asnosida o‘zgaradi: uchuvchi –inspektor (lyotchik-inspektor), kosmonavt- uchuvchi (lyotchik – kosmonavt), mexanik - injener (injener – mexanik), amfibiya - tank (tank –amfibiya), buldozer – tank (tank-buldozer), urolog- vrach (shifokor) (vrach –urolog) va h.k .
Ruscha-baynalmilal murakkab qo‘shma terminlarning uchinchi bo‘lagi o‘zlashish jarayonida qisman yoki to‘la o‘zbekcha leksik birliklar bilan almashtiriladi:
Murakkab qo‘shma terminning komponentlaridan biri o‘zbekcha so‘z bilan almashtiriladi ( yoxud kalkalanadi): shlem-niqob (shlem-kaska), samolyot – nishon (samolyot –mishen), havo desanti (vozdushno-desantniy), o‘qchi –radist (strelok –radist), mina – tuzoq (mina-lovushka), odam-amfibiya (chelovek-amfibiya), kilovatt-soat (kilovatt-chas), maktab-internat (shkola – internat), alfa-nurlar (alfa-luchi), alfa-yemirilish (alfa –raspad), gamma-nurlar (gamma – luchi) va h.k. Bunga o‘xshash terminlar o‘zbek tiliga o‘zlashish chog‘ida so‘z tartibini saqlanib qoladi.
Murakkab qo‘shma terminlarning komponentlaridan biri o‘zbek tilidagi mutanosib so‘z bilan almashtiriladi ( yoki kalka yo‘li bilan tarjima qilinadi). Bunday holatda murakkab qo‘shma terminlarning so‘z tartibi o‘zbek tilida o‘zgaradi: tutuvchi – samolyot (samolyot-perexvatchik), buzg‘unchi – samolyot(samolyot-narushitel),raketaeltar-samolyot (samolyot-raketanosets), demokrat-shoir (poet-demokrat) va h.k.
Murakkab qo‘shma terminlarning har ikki komponenti o‘zbekcha ekvivalenti bilan almashtiriladi (yoxud kalkalanadi). Bunday vaziyatda o‘zlashma terminning so‘z tartibi o‘zgarishga uchramaydi: o‘ra-tuzoq (yama-lovushka), uchish – qo‘nish (vzlyotno-posadochniy), harbiy-havo (voyenno-vozdushniy), harbiy-dengiz (voyenno-morskoy), harbiy-dala (voyenno-polevoy), ijtimoiy-iqtisodiy (obshestvenno-ekonomicheskiy) va h.k
O‘zlashma murakkab qo‘shma terminlarning har ikki komponenti o‘zbekcha mutanosibi bilan almashtiriladi (yoxud kalkalanadi), bunda murakkab qo‘shma terminlarning so‘z tartibi o‘zgaradi: mutaxassis – askar (soldat-spetsialist), mo‘ljalchi-o‘qchi (strelok-navodchik), qiruvchi-uchuvchi (lyotchik-istrebitel), kuzatuvchi–uchuvchi (lyotchik-nablyudatel), sinovchi – uchuvchi (lyotchik-ispitatel) va h.k
Hozirgi o‘zbek tili terminologiyasida kalkalash yo‘li bilan yangi termin yasash masalasiga alohida diqqat qaratiladi. Ruscha-baynalmilal terminlarni to‘la yoki qisman tarjima qilish usuli bilan hosil qilingan o‘zbek tili terminlari mavjud terminologiya tizimining yana ham kengayishi va boyishida muhim ahamiyat kasb etadi.
X1X asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshida ruscha-baynalmilal leksikaning o‘zbek tili so‘z boyligi tarkibiga shiddat bilan kirishi kuzatiladi. O‘zbek adabiy tili xorijiy so‘z va terminlarni o‘zlashtirish jarayonida ularni nafaqat tayyor, asl holda qabul qildi, balki kalkalash usuliga tayangan tarzda to‘laligicha yoxud qisman tarjama qilish yo‘lidan bordi. XX asrning boshlarida ko‘pgina ruscha-baynalmilal terminlar o‘zbek tiliga o‘girilgan edi. Chunonchi: uchuvchi (aviator), tintuv (obisk), ot quvvati, ot kuchi (loshadiynaya sila), otashxona (parovoz), otash kema (paroxod, korabl), davlat dumasi (gosudarstvennaya duma), dunyo ilmi (svetskiye nauki), erkinlik (svoboda), jadidchi (novator), spirtlik ichkuliklar (spirtniye napitki) shular jumlasidandir (Usmonov 1981). Bunga o‘xshash ancha erta yasalgan terminlarning aksariyati bugungi til qonuniyatlariga bo‘ysungan holda hozirgi o‘zbek tilida faol qo‘llanishda davom etmoqda.
Xullas, hozirgi zamon o‘zbek tili terminologiyasi ruscha-baynalmilal elementlarni struktur (so‘z yasovchi) hamda semantik kalkalash orqali sezilarli tarzda boyib bormoqda.
Struktur kalkalash yasama so‘zlar, qo‘shma so‘zlar va so‘z birikmalari chegarasida sodir bo‘ladi.

Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish