O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchi nutq madaniyati fanidan o’quv- uslubiy majmua



Download 1,46 Mb.
bet45/49
Sana29.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#77299
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
nutq.mad.majmua akbarjon

MUHABBAT ULUG’ NE’MAT

Muhabbat – ilohiy tuyg’u. U inson qalbining yadrosi.

Insonning jismida bir parcha go’sht mavjud. Agar mana shu go’sht bo’lmasa insonning bu dunyoda yashashidan ma’no yo’q. Bu go’sht – qalbdir. Muhabbatsiz kishi qalbsizdir!

Men muhabbatni keksayib qolgan mevali daraxtga o’xshatdim. Agar uning mevasidan qalbi pok insonlar totib ko’rsalar, uning naqadar totli, naqadar buyukligini his qiladilar va uni ardoqlaydilar. Xudo ko’rsatmasin, muhabbat daraxtining mevasidan qalbi kir, qabix insonlar totib ko’rsalar bormi... Bundan Allohning o’zi asrasin!



Muhabbat – bu, ta’riflab bo’lmas,

Uning bag’ri osmondan kengdir.

Muhabbat – bu, ta’riflab bo’lmas,

Uning yoshi Odamga tengdir.
Muhabbat – bu, sevmoq degani

Bor dunyoni, butun olamni.

Muhabbat – bu, sevmoq degani

Visol – hijron, shodlikni, g’amni.
Muhabbat – bu, tuymoq degani

Lazzatli bir sog’inch, ozorni.

Muhabbat – bu, suymoq degani

Tengsiz go’zal, malak, dildorni.
Muhabbat – bu..., ta’riflar ojiz,

Ota-ona mehri – muhabbat.

Muhabbat – bu..., ta’riflar ojiz,

Alloh ishqi buyukdir faqat.

Muhabbat o’zi birgina tuyg’u bo’lsa-da, lekin uning har xil ko’rinishlari mavjud. Vatanga muhabbat, ota-onaga muhabbat, yaqin kishilarga muhabbat, yorga muhabbat va bularning ichida eng oliysi bo’lmish Allohga muhabbat.

Qalbida muhabbati bor inson – eng go’zal insondir!

Sevgi bilan muhabbatni egizaklar deb atashimiz mumkin. Sevgi – eskirmas tuyg’u. Zero, tatar shoiri ta’kidlaganidek, “Sevgi o’zi eski narsa, lekin har bir yurak uni yangilaydi”.

Bugungi kunda sevgi-muhabbat tuyg’ulari sayoz tushunchaga aylanib bormoqda. Ko’pgina yoshlarimiz sevgini “niqob” qilib olib: “Yoshlik beboshlik, odam dunyoga bir marta keladi, uynab qolish kerak, yoshligingda kayf-u safo surib qol, qariganingda nima bor!” deb shunday buyuk tuyg’uning qadrsizlanib ketishiga sababchi bo’lishmoqda.

Muhabbat bobida qancha gapirsak oz. Afsuski, muhabbatning bugungi kundagi ko’rinishi judayam achinarli holda. So’zimni muxtasar qilgan holda, hammamiz bu buyuk tuyg’uni chin qalbdan his qilib, uni osmonlarga ko’taraylik deb qolaman.



Samo sahnasida mangu hilpirab,

Qanotlarin yoyib uchsin muhabbat.

Beg’ubor ko’zlardan nur bo’lib yog’ib,

Har bir toza qalbni quchsin muhabbat.
Yel bo’lib olamni kezib betinim,

Insonlarni shunday qilsinki sehr.

Muhabbat tufayli inson qalbida

Paydo bo’lsin deyman tuganmas mehr.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish