1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Dastur hozirgi o‘zbek tilidagi lisoniy va nutqiy sathlarni izchil farqlab, lisoniy sistema sathlari va birliklari, bu birliklarning o‘zaro munosabatlarini til imkoniyatlari sifatida tavsiflaydi, bu imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini lisoniy va nolisoniy omillar yaxlitligida talqin qilish masalalari ta’limini sistemalashtiradi.
“Hozirgi o‘zbek tili” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-2-va 3-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr hozirgi o‘zbek tilining shakllanish tarixi, shevalarga munosabati, lisoniy sathlari, lisoniy paradigmalari, lisoniy birliklarining substansial imkoniyatlari, lisoniy munosabatlar, lisoniy tasnif asoslari, lisoniy birliklari substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, imlo qoidalari va talaffuz me’yorlari, fonetikasi, leksikasi, morfemikasi, so‘z yasalishi, morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, hozirgi o‘zbek tili sathlari va ularning birliklarini farqlash tamoyillarini, lisoniy munosabat hamda uning turlarining ilmiy asoslarini, lisoniy birliklar substansial imkoniyatlarini aniqlash usullarini, fonetik, leksik, grammatik imkoniyatlarini aniqlash asoslarini, substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishida lisoniy, shaxsiy va pragmatik omillar roli va hamkorligining ilmiy asoslarini, imlo, talaffuz va punktuatsiyasi me’yorlarining ilmiy mezonlarini bilishi va ulardan foydalana olishi malakasini egallashlari ta’limning hal qiluvchi vazifalaridir. Pirovardida hozirgi o‘zbek tilida lison, nutq hamda ular birliklarini farqlash asoslarini sharhlay olish, lisoniy va nutqiy birliklarini ajratish mezonlarini tushuntira olish, birliklar orasidagi lisoniy munosabatlarni tavsiflay olish, lisoniy imkoniyatlarini nutqiy vaziyat va sharoitga bog‘liq ravishda samarali ishga solish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun “Hozirgi o‘zbek tili” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, fanga doir muammolarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba:
“Hozirgi o‘zbek tili” kursini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish katta ahamiyatga egadir. Kursni o‘qitishda ta’limning darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari kabi asosiy, lug‘atlar, qomuslar, tarqatma, elektron materiallar, ko‘rgazmali vositalardan, ma’ruza, seminar va amaliy va mashg‘ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda fan haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
“Hozirgi o‘zbek tili” kursi ta’limi davomida talaba Davlat ta’lim standartlari asosida hozirgi o‘zbek tilining lisoniy qurilishi va imkoniyatlari hamda ularning nutqiy qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha sistemali ilmiy–nazariy ma’lumot olishdan tashqari, ta’lim oluvchilarda qayd etilgan masalalar bo‘yicha bilishi va amaliyotda ushbu bilimlardan foydalana olishi;
talaba hozirgi o‘zbek tili fanining nazariy masalalarini yoritish, substansial yo‘nalish muammolari ustida ishlash malakasi va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanga ajratilgan soatlarning semestrlarga taqsimlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |