O'rin-payt kelishgi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmet, ish-harakatning bajarilish o'mini, vaqtini bildiradi.O'rin -payt kelishigi -da qo'shimchasi bilan shakllanib, quyidagi ma'nolarni ifoidalaydi.
1 .Harakatning bajarilish o'rnini bildirib, qaerda? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi. Ko'chada tirik bir jon ko'rinmas, hammayoq jimjit. (O.Yo.) Besh yigit odamlarning ko'ziga tashlanmaslikka tirishib qishloqdan yakka-yakka chiqishdi-yu, to'qay ichida uchrashishdi. (P.Q.)
2. Harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda payt holi vasifasini bajaradi. Bobur bugun peshinda ishongan beklarini to'plab, mashvarat o'tkazdi. (P.Q.)U yolg'iz farzandim, qorong'u tunda dushman ko'payib ketgan shaharga chiqarislini istamas edi. (P. Q.) Harakatning bajarilishi uchun ob,yekt bo'lgan predmetnibildirib, nimada? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda to'ldiruvchibo'lib keladi.Shunga qaraganda yovning rejalarida qandaydir biro'zgarish yuz bergan edi. (P.Q.)
3. Harakatning bajarilishi holatini ifodalab. qanday? qayholatda? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi va gapda ravish holivazifasida keladi. Haydar apil-tapil kiyinib ariqdan liatlab o'tdi-da,paxsa devor bo'ylab o'sgan olchalar panasida cholning hovlisigaqaradi. (O.Yo.) O'rin- payt kelishigi predmet ma'nosini bildirib kimga? nimada? so'roqlaridan biriga javob bo'lsa, gapda to'ldiruvchi, ish- harakatning bajarilish o'rni, payt holatini bildirib, qaerda? qancha? qanday? so'roqlariga javob bo'lsa hol vazifasida keladi, Chiqish kelishgi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmet ish-harakatning yuzaga chiqish o'rnini, vaqtini, sababini bildiradi. Chiqish kelishigi -dan qo'shimchasi bilan shakllanadi. Chiqish kelishigi shaklidagi so'z quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Ish-harakatning boshlanish o'rnini bildirib, qaerdan?so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi. Derazamdan tushgan tola nur Somon yo'li kabi tovlanur. (E. V.) Klubdan chiqqan kishilar to'da-to'da bo'lib simyog'och tagida gaplashib turishibdi. (S.A.)
2. Ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?qachondan? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi va gapda payt holivazifasida keladi. Jannat hola kechadan beri supurgi tegmay ivirsibketgan uyni yig'ishtirayotgan edi. (S.A.)
3. Ish-harakatning bajarilishiga sabab bo'lgan vositani bildirib,kimdan? nimadan? so'roqlariga javob bo'ladi va gapdato'ldiruvchi vazifasida keladi. Ishlaydi. Bor kuchi bilan ishlaydi.Rohatidan kechadi, uyqusidan kechadi. (S.A.) Zuhrabegim xayolidan o'ziga tayanch izlar ekan yaqinda Buxoroni olib, endiSamarqandga qo'shin tortib kelishi kutilayotgan Shayboniyxonesiga tushdi. (P.Q.) Chiqish kelishigidagi so'z predmet ma'nosiga ega bo'lib, harakatning bajarilishiga sabab bo'Igan shaxsni. predmetni ifodalasa gapda to'ldiruvchi, o'rin-payt, holat ma'nolarini ifodalasa hol vazifasida keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |