O’zbek tilshunos olimlari G’ulomov Ayub G’ulomovich



Download 61,29 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2022
Hajmi61,29 Kb.
#497735
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbek tilshunos olimlari


O’zbek tilshunos olimlari

  1. G’ulomov Ayub G’ulomovich (1914-1984)

A.G’. G’ulomovich o’zbek ilmiy tilshunosligining asoschisidir.U 1914-yil Toshkent shahrida tug’ilgan. A.G’. G’ulomovich “O’zbek tilida aniqlovchilar” (1940), “O’zbek tilida kelishiklar”(1940), “O’zbek tilida ko’plik kategotiyasi”(1944), “O’zbek tilida urg’u”(1947), “Sodda gap sintaksis”(1948), “Sodda gap”(1955), ), “O’zbek tilida tarixiy so’z yasalish muammolari”,(1955), “Fe’l”(1957) kabi qator asarlari bila o’zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qildi. O’rta maktabning 5-6-9-sinflari uchun uning rahbarligida yozilgan “Ona tili” darsligi 20 yillga yaqin yosh avlodga til ta’limini singdirishga xizmat qildi.
2. ALIBEK RUSTAMOV (1931-2013)
Atoqli tilshunos va adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, akademik Alibek Rustamov 1931 yili Toshkent viloyatida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1955- yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini tamomlagan.
Bo‘lg‘usi olim o‘z mehnat faoliyatini 1955 yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim sifatida boshladi, dastlab nomzodlik, keyinchalik esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. O‘zbek tili va adabiyotini har tomonlama o‘rganish va tadqiq etish borasidagi ilmiy faoliyati uchun 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.
A.Rustamov o‘zining qariyb 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining ilmiy kotibi, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining kafedra mudiri va professori kabi vazifalarda samarali mehnat qilib, ilm-fanimizni rivojlantirish, yuksak malakali filolog kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shdi.
Taniqli olimning o‘zbek filologiyasi, sharqshunoslik, matnshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalariga oid monografiya va risolalari, ko‘plab ilmiy-publitsistik maqolalari keng jamoatchilikka yaxshi ma’lum. Ayniqsa, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning bebaho merosini chuqur o‘rganish, uning ijodidagi yuksak gumanistik g‘oyalarni el-yurtimiz o‘rtasida keng targ‘ib etish borasida A.Rustamovning xizmatlari alohida e’tiborga loyiq. Ustoz olim qalamiga mansub “Navoiy tilining grammatik xususiyatlari”, “Navoiyning badiiy mahorati”, “So‘z haqida so‘z” singari kitoblar, ommaviy axborot vositalaridagi ko‘plab ma’rifiy chiqishlari o‘zining ilmiy teranligi va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi.
Yorqin iste’dod va tafakkur egasi bo‘lgan zahmatkash olim o‘z faoliyati mobaynida ko‘plab yoshlarga ustozlik qildi. Uning bevosita rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.
Akademik A.Rustamovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.


  1. Download 61,29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish