O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi



Download 20,63 Kb.
Sana04.07.2022
Hajmi20,63 Kb.
#738455
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu:“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Tayanch so‘z va iboralar: bilim,ko’nikma, malaka, zamonaviy pedogogik texnologiyalar.
SAVOLLAR
1. “O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi” fanining maqsadlari haqida gapiring.
2. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fani qaysi fanlar bilan aloqador
hisoblanadi?
3. Fanni o‘zlashtirish uchun qaysi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish o’rinli?
4. O‘zbek tilida nechta uslub bor va ular qaysilar?
5. Fanni o’zlashtirishda bakalavrlarga qanday malakaviy talablar qo’yilgan?

“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini о‘qitishdan maqsadixtisoslik bo‘yicha bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxassislik tili bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni tо‘g`ri hamda mantiqli tuzish, nutqiy etiketni va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.


“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fani doirasida talabalarga o‘z sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, ilmiy matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarini yozishga о‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ xususiyatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullari o‘rgatiladi.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanini o‘qitishdan maqsad:
- turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish;
-mutaxassislikka oid matn, maqola va kurs ishlarini mazmunli va xatosiz yozish;
- matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilish;
- mavzular bо‘yicha dastlabki ilmiy ishlar va hujjatlarni savodli yozish haqida malakaga ega bо‘lish;
- ilmiy, rasmiy, publitsistik, sо‘zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish;
- nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bо‘lish;
-aniq va tо‘g`ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish;
-nutqning kommunikativ sifatlarini tо‘g`ri qо‘llay olish;
- taqdimot tayyorlashda nutq vositalari bо‘yicha kо‘nikmalarga ega bо‘lishi;
- mutaxassisligiga oid mavzularda bog‘lanishli matn tuza olish va bunday matnlarni tarjima qilish;
- ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni to‘g‘ri o‘qish, ma’nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzishni bilishi va amalda qo‘llay olishi;
- o‘z ixtisosligi bo‘yicha lug‘atlardan foydalangan holda maqola, turli rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilish;
- mustaqil ta‘lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar
Bakalavr “O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi” fani bo‘yicha:
-bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o‘zbek tilining yozma ilmiy nutq shakllarini to‘liq o‘zlashtirishi, ilmiy uslubning terminlaridan to‘g‘ri foydalana bilishi zarur. Shunga ko‘ra, talabalar “O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi” fanidan:
- o‘zbek tili ilmiy uslubining qonuniyatlarini;
- o‘zbek tilining gap stilistikasini;
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak;
- annotatsiya matnining tuzilishini;
- referatning zaruriy qismlarini;
- ilmiy maqolaga taqriz yozishni bilishi lozim ;
- ilmiy uslubda sintaktik jihatdanto‘g‘rigaptuzaolishni;
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish ko‘nikmalarini o‘quv faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashi, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi;
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi;
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fani, avvalo, til fani bilan bog‘liq bo‘lib, ilmiy nutq ilmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslub tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan holda ishlatiladi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalariga rioya qiladi.
Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo‘lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi fanini o‘qitish va o‘rgatish jarayonida kompyuter orqali mustaqil ishlarni internet tarmoqlaridan olib o‘rganishda yaxshi samara beradi.
Ta’limning oliy bosqichida til fanini o‘qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Litsey va kollejda egallangan bilimlar asosida olinadigan ixtisosliklar doirasida ilmiy uslubni qo‘llash uchun yozma nutqni o‘stirish ko‘zda tutiladi. Ilmiy uslubga moslashtirilgan matnlarni o‘rganish va o‘qish faoliyatida ishlatiladigan ilmiy matnlarni tuza olish ko‘nikmalarini xos il qilish ko‘zda tutiladi. Bunda ilmiy uslubga doir adabiyotlarni o‘qib o‘rganish, ba’zi mavzularni multimedia usulini tashkil qilib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘z navbatida talabalarning ilmiy uslubda matn tuzish imkoniyatlaridan qanchalik to‘g‘ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o‘rinli foydalanishni qanchalik puxta o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida ilmiy - ommabop uslubni o‘zlashtirishda tavsiya etilayotgan bilimning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, o‘qitilish usulining zamonaviyligi, audio-vizual vositalarning samarali qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. Bu fanni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning quyidagi shakllari keng qo‘llaniladi:
Tushunchalar tаhlili texnologiyasi, moslashtirish texnologiyasi, aqliy hujum, sinkveyn texnologiyalari, klaster, grafik organazeylar: insert va konseptual jadval, T-jadval, Venn diagrammasi, ishchan o‘yinlar texnologiyasi hamda kichik guruhlarda ishlash texnologiyalari.
O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
“O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi” fani yozma nutq, tilning stilistik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili va nutq uslublari, soha lug‘atlarini o‘rganish, ular yordamida ilmiy, ommabop maqolalar tayyorlash masalalarini qamrab oladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba:
- o‘zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini;
- o‘zbek tilining gap stilistikasini;
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak;
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
-o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – ommabop uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi;
- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi;
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur.


Download 20,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish